MAVZU:QIMMATBAHO QOG'OZLAR ASOSIY TUSHUNCHALAR VA TURLARI REJA: 1. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 2. Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shakli 3. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestri XULOSA Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilish shakliga ko‘ra blankalar tarzida hujjatli va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shakli qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilanadi. Aksiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi. Obligatsiyalar yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar uchun chiqariladi. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrida qimmatli qog‘ozlarning nomi, soni va emitenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborot bo‘lishi lozim. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |