Mavzu. Qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish reja


Qishloq xo‘jaligining yalpi va tovar mahsuloti xaqida tushuncha, ularning ahamiyati


Download 141.29 Kb.
bet2/9
Sana31.01.2024
Hajmi141.29 Kb.
#1829512
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
52936 2

2.Qishloq xo‘jaligining yalpi va tovar mahsuloti xaqida tushuncha, ularning ahamiyati.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi yalpi mahsulotdir. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma’lum birdavr ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorining yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kiradi.


Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti natura va qiymat ko’rsatkichlarda hisobga olinadi. Natural ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligida yaratilgan iste’mol qiymatlarning tarkibi va miqdorini aks ettiradi. Sentner, tonna va boshqa o’lchovlarda hisoblanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichiga, dehqonchilikda – alohida ekinlar yoki bir xil tipdagi qishloq xo’jaligi ekinlari asosiy mahsulotlari, yosh ko’p yillik daraxtlarning va dehqkonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va kelgusi yil hosili uchun xarajatlar) o’sishidagi o’zgarishlar, shuningdek tarmoqning boshqa (qo’shimcha) mahsulotlari (somon, pohol va boshqalar); chorvachilikda – tayyor mahsulotning alohida turlari bo’yicha (sut, jun, tuxum va boshqalar) yalpi tushum: bola, mollar va parrrandalarning tirik vaznining o’sishi, shuningdek, tarmoqning boshqa qoldiq mahsulotlari (go’ng va boshqalar) kiradi.
Yalpi mahsulot – bu tarmoqda ma‘lum davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning barcha hajmini bildiradi. U o’simlikchilikning yalpi mahsuloti va chorvachilikning yalpi mahsulotidan iborat bo’ladi. O’simlikchilikning yalpi mahsuloti qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini, ko’p yillik ko’chatlarni ekish, ularni parvarishlab o’stirish va tugallanmagan ishlab chiqarishning o’sib borish qiymatlarini hisobga olgan holda yalpi yig’imini qamrab oladi.
Chorvachilikdagi yalpi mahsulot – bu hayvonlarni so’yish bilan bog’liq bo’lmagan tayyor mahsulotlar (sut, jun, tuxum) nasl olish, yosh buzoqlar va katta yoshli qoramollarni o’sishidan vazn ortishi, shuningdek, qo’shimchamahsulotlardir.
Qishloq xo’jaligida yalpi mahsulot natural va qiymat baholarda ifodalanadi va hisobga olinadi. Natural ko’rsatkic hlarda u mahsulotning alohida turlari bo’yicha aniqlanadi. Yalpi mahsulot qiymati taqqoslama va amaldagi haqiqiy joriy baholar (uning tovar qismi-realizatsiya bahosida, tovar bo’lmagani- tannarxi bo’yicha) shuningdek, tannarxlar bo’yicha ham hisoblab chiq iladi.
Mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmini, unig yillar bo’yicha o’zgarishini, shuningdek yerdan, moddiy va mehnat resurslaridan (yerning
unumdorligi, fondlaridan foyda, mehnat unumdorligi va boshqalar) va boshqa maqsadlarda foydalanishning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun yalpi mahsulotlarni taqqoslama baholarda baholanadi. Hozir qishloq xo’jalik mahsulotlari uchun ularning pul qiymatining o’zgarishini hisobga olgan holda 2000 va 2015 yilgi taqqoslama narxlar amal qiladi.
Masalan, 1 t. bug’doyning narxi 405,5 ming so’mga, paxta – 1057,1 so’mga, sut – 600 ming so’mga teng. Amaldagi (joriy) narxlardan yalpi mahsulotlarni baholashda yalpi va sof daromadni hisoblab chiqishda foydalaniladi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotlarining narxi amaldagi baholarda inqiroz tufayli narx oshishi hisobiga keskin ko’tarildi. Natural ifodadagi taqqoslama narxlarda qisqardi.
Hozirgi davrda agrar-iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o’zgarishlar va diversifikatsiyalash natijasida qishloq xo’jalik mahsulotlari yildan yilga o’sib bormoqda .

Download 141.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling