Mavzu. Qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish reja
Download 141.29 Kb.
|
52936 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpi mahsulot
Diversifikatsiya – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorini kengaytirish maqsadida qishloq xo’jalikkorxonalari faoliyatini kengaytirish, mahsulot va xizmatlarning assortimentini ko’paytirishdir.
Tarkibiy o’zgarishlar – qishloq xo’jaligida yangi tarmoqlarni barpo etish, ba‘zilarini kengaytirish, ayrim samarasiz, istiqbolga ega bo’lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Yalpi mahsulot – bu ma‘lum davrda korxonaning hamma tarmoqlari tomonidan ushbu mahsulot korxona ichida foydalaniladimi yoki kelgusi ishlab chiqarilishi uchunmi yoki boshqa tomonga realizatsiya qilinishidan qat‘iy nazar ishlab chiqarilgan mahsulot. Mahsulotlar hajmining qiymati yalpi mahsulotni aniqlashda oraliq mahsulotlarni hisobga olishda – urug’liklar, ozuqa va boshqa yo’lga qo’yiladi. Yalpi mahsulot – qishloq xo’jaligini birlashtirilgan ijtimoiy mahsulotlaridagi ulushining ishlab chiqarishning tarmoq strukturalari ishlab chiqarilgan mahsulotlardagi xo’jalikning alohida tarmoqlari bo’yicha aniqlash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish miqyosini xarakterlovchi muhim iqtisodiy ko’rsatkichdir. Shu bilan birga ushbu ko’rsatkich uning yordamida korxona xo’jaligi faoliyatining natijalarini obyektiv baholashga imkon bermaydigan qator kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, yalpi mahsulot o’zida jonli mehnatni qanday bo’lsa, moddiylashgan mehnatni ham shunday qo’llanganlik natijalarini aks ettiradi, buning oqibatida yalpi mahsulot bo’yicha hisoblab chiqilgan ko’rsatkichlar, jonli mehnatning roli haqida aniq tasavvur bera olmaydi, chunki uning hajmi moddiy resurslar miqdori bilan bog’liq. Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining uning o’simlikchilik va chorvachilik bo’yicha summasi sifatida hisoblangan va u qayta hisoblashga yo’l qo’yadi (korxonada ishlab chiqilgan va o’sha yilning o’zidayoq iste‘mol qilingan ozuqa ikki marta hisobga olinadi: o’simlikchilik mahsulotlarining bir qismi va chorvalik mahsulotlari tannarxiga qilingan xarajatlarning tarkibiy elementi sifatida). Uchinchidan, yalpi mahsulotlarni joriy narxlarda baholashda uning haqiqiy bahosi pasayib yoki ko’tarilib ketadi, chunki mahsulotning tovar bo’lmagan qismi bozor narxidan past yoki baland bo’lishi mumkin bo’lgan tannarx bo’yicha baholanadi. To’rtinchidan, taqqoslangan baholarda hisoblab chiqilgan yalpi mahsulot ko’rsatkichi mahsulot sifatini aks ettirmaydi. Tovar mahsulotlar – bu yalpi mahsulotning realizatsiyaga mo’ljallangan bir qismidir. Qishloq xo’jalik korxonasining tashqarisiga chiqarilgan hamda iste‘molchi yoki savdolashuvc hi tashkilot tomonidan haqi to’langan tovar mahsulotining qismi realizatsiya qilingan mahsulot deyiladi. Biroq, amaliyotda va qishloq xo’jalik adabiyotlarida bu tushuncha sinonim sifatida ishlatiladi va tovar mahsuloti deganda realizatsiya qilingan pul tus humi sifatida ko’rinadigan mahsulotlar tushuniladi. Qishloq xo’jalik korxonalarining hisobot-statistik materiallaridan tovar mahsulotlari o’tkazilmaydi. Tovar va realizatsiya qilinadigan mahsulotlar amaldagi narxlarda hisoblab chiqiladi. Qishloq xo’jalik korxonasi va ular tarmoqlarining tovar mahsulotlarini farqlash lozim. Qishloq xo’jalik tarmoqlarining alohida turdagi mahsulotlarining tovarliligini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar - yer maydoni birligiga yoki chorva moli bosh soni hisobiga tovarlilik da rajasi, tovar mahsulotlarining umumiy hajmi, tovar mahsulotining hajmi hisoblanadi. Tovar (realizatsiya qilingan) mahsulotining (TM) yalpi mahsulotga nisbatini anglatuvchi muhim ko’rsatkich - tovarlilik darajasi deyiladi, %: Alohida turdagi mahsulotlarning tovarlilik darajasini aniqlashda (g’alla, paxta, sut va hokazo) yalpi va realizatsiya hajmini natural ifoda etish uchun tarmoqlar yoki korxonalar bo’yicha bir butun-qiymat ko’rsatkichlarida hisoblab chiqishi mumkin. Bu holda yalpi va realizatsiya qilingan mahsulot yagona narxda masalan, taqqoslama baholarda hisoblab chiqilishi muhim. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi xo’jaligi toifalari bo’yicha keskin farqlanadi. Tovarlilikning eng yuqori darajasifermer, eng pasti-dehqonxo’jaliklaridir. Bu qishloq xo’jaligini yuritish maqsadlariga bog’liq. Qishloq xo’jalik korxonalarining maqsadi sotish uchun mahsulot ishlab chiqarish, aholi xo’jaliginiki esa - oilasining oziq- ovqat mahsulotlariga bo’lganehtiyojlarini qondirishdan iborat. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tovarlilik darajasini oshirishning zamonaviy sharoitdagi asosiy yo’nalishlari quyidagilar: qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining ortishi va chorva mollarining mahsuldorligi hisobiga (masalan, qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan navlarning va gibridlarning hosildorligi, faqat 30-50 %) yalpi mahsulotning ortishi; mahsulotlarni xo’jalik ichidagi ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflashni qisqartirish (urug’lik, ozuqa, xom-ashyo va boshqalar); urug’lik va ozuqalar sifatini yaxshilash, ularni sarflashda tejamkorlik; ishlab chiqarishni saqlash va yuklab -tushirish jarayonida yo’qotishlarni kamaytirish; mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish; qishloq xo’jalik korxonalarida marketing xizmatini tashkil etish. Download 141.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling