Mavzu. Qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish reja
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini taqsimlash sotish va ularning tovarlilik darajasi
Download 141.29 Kb.
|
52936 2
4. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini taqsimlash sotish va ularning tovarlilik darajasi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti qiymat shaklida qoplash fondini (QF) yoki material xarajatlarni (MX) va sof mahsulotni (SM) yoki yalpi daromad(YaD)ni o’z ichiga oladi. Misollarni, Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarning 2014 yil ma’lumotlari asosida ko’rib chiqamiz: SM yangidan yaratilgan qiymatdir, ya’ni qishloq xo’jaligi korxonalari xodimlarining o’z mehnatlari bilan real yaratilgan qiymatdir. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligining rivojlanishida sof mahsulot ko’rsatkichi xo’jalik ishlab chiqarish faoliyati natijalarini baholashda va ishlab chiqarish hajmini o’lchashda instrument sifatida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, sof mahsulot mehnat predmetlarining takroriy hisobini o’z ichiga olmaydi, u xarajatlarni tejash mexanizmining muhim elementi sifatida ham ko’rinadi. Sof mahsulot va yalpi daromatd o’rtasidagi farq shundan iboratki, sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatning miqdorini bevosita ishlab chiqarish jarayonida xarakterlaydi, yalpi daromad esa sotish jarayonini hisobga olib, ya’ni ayirboshlash vositasidan keyin aks ettiradi. Amaliyotda bu ikki ko’rsatkich ham yalpi mahsulot qiymatidan moddiy xarajatlarni ayirib tashlab topiladi, shuning uchun ularning miqdori o’rtasida aytarli darajada keskin farq bo’lmaydi. Sof mahsulot ko’proq o’zgarmas baholarda hisoblash zarur bo’lganda, ya’ni ishlab chiqarishning fizik hajmining, mehnat unumdorligining, fond qaytimining dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi. Joriy xo’jalik faoliyatida ko’pincha yalpi daromaddan foydalaniladi, chunki u yangidan yaratilgan qiymatning sotilgan qismini aks ettirib, mahsulot sotishdan kelgan tushum va foyda ko’rsatkichlari bilan aloqadordir. Qishloq xo’jaligida yalpi daromadni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Tannarx bo’yicha hisoblangan qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti qiymatiga, mahsulot sotishdan olingan foyda qo’shiladi. Hosil bo’lgan yalpi mahsulot qiymatidan joriy yildagi barcha moddiy xarajatlarni ayirib tashlab, yalpi daromad topiladi(2-jadval): 2-jadval Download 141.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling