Mavzu. Qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish reja


Download 141.29 Kb.
bet1/9
Sana31.01.2024
Hajmi141.29 Kb.
#1829512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
52936 2


3.6.-MAVZU. QISHLOQ XO’JALIGI YALPI VA TOVAR MAHSULOTLARINI KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH


Reja:
3.6.1.Qishloq xo‘jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
3.6.2.Qishloq xo‘jaligining yalpi va tovar mahsuloti xaqida tushuncha, ularning ahamiyati.
3.6.3.Qishloq xo‘jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning uzluksizligini
ta’minlashda yalpi va tovar mahsulotining o‘rni. Qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti tarkibi.
3.6.4. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini taqsimlash sotish va ularning tovarlilik darajasi.
3.6.5.Yalpi mahsulotni ko‘paytirish uning tovarlilik darajasini oshirish yo‘llari.
Kalit so’zlar: Iqtisodiy samaradorlik, jonli mehnat, buyumlashgan mehnat, xarajat, samara, mezon, mahsulot miqdori, bozor tizimi, bozor mexanizmi, yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof daromad, rentabellik.
1.Qishloq xo‘jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.

Insoniyat jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishning muhim shartlari-moddiy boyliklar ishlab chiqarishning uzluksiz jarayonidir.


Takror ishlab chiqarish jarayoni – bu doimiy aloqadorligi ko’rib chiqiladigan va muntazam yangidan boshlanib turadigan ishlab chiqarish jarayonidir.
Jamiyat mahsulotlari yig„indisini takror ishlab chiqarish – o’ziga ishlab chiqarishning muntazam jarayonini, taqsimlash, almashish va iste‘mol qismini qamrab oladi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hozirgi zamon ishchisi - ijodiy, ilmiy-texnika taraqqiyotini o’zlashtirishga qodir xo’jalik ishlab chiqarish tashkilotchisi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishidan iqtisodiy manfaatdor bo’la oladigan ishchilarni tayyorlashda ifodalanadi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish – ko’p ukladlilik, demokratiya, bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiy mexanizmlarni yangilash asosida mulk egaligi munosabatlarini takror ishlab chiqarishni bildiradi.
Takror ishlab chiqarishning uchta turi mavjud.
Takror ishlab chiqarishning har bir turi miqdorigina emas, balki sifat tomonlariga ham ega. Toraygan takror ishlab chiqarishda son ko’rsatkichlari kamayishi bilan bir qatorda sifat parametrlarining tanazzulga yuz tutishi va iqtisodda inqiroz paydo bo’lish tahlili bilan ham izohlanadi. Bunday takror ishlab chiqarish noiqtisodiy tomondan kelib chiqqan (urushlar, siyosiy silsilalar) omillarga ham, iqtisodiy faoliyatining noto’g’ri tanlangan maqsadlari yo tabiiy yoki boshqaruvdagi xato natijasida kelib chiqqan nomutanosiblik omillariga ham birdek bog’liq bo’ladi. Toraygan takror ishlab chiqarish alohida tarmoqlarda, hududlarda va yaxlitligicha iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud bo’lishi mumkin.
Oddiy takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni avvalgi son va sifat ko’rsatkichlarida qoldirilgan holda qayta tuzishni bildiradi. Oddiy takror ishlab chiqarish barqarorlikning iqtisodiy asosi-ishlab chiqarishning kelgusi
rivojlanishi shartlari sifatida chiqadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, avvalgi davrdagiga taqqoslanganda katta miqdorda mahsulot yaratish va ijtimoiy ishlab chiqarishda sifat o’zgarishlari bilan izohlanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida birinchi navbatda, ishlab chiqarish vositalari, ilmiy -texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida mukammallashtiriladi.
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish quyidagi o’ziga xos
xususiyatlariga ega:
1. Iqtisodiy takror ishlab chiqarish tabiiylik bilan bog’liq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning iqtisodiy jarayonlari o’simliklar va hayvonlar rivojlanishi bo’ysunadigan tabiiy takror ishlab chiqarish bilan chatishib ketgan. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini olish muddatlari o’simlik va hayvonlarning ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq.
2. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish jarayoniga tabiiy sharoit katta ta‘sir o’tkazadi. Tuproq - iqlim sharoiti korxona xo’jaligi faoliyati natijalarini belgilaydi va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
3. Yer qishloq xo’jaligidagi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida o’z moddiy shaklida takror ishlab chiqarilmaydi. Tuproq unumdordigini oshirish -tarmoqdagi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning so’zsiz shartidir.
4. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning mavsumiylik xarakteri unda ishchi davri va ishlab chiqarish davrining bir-biriga muvofiq kelmasligi bilan bog’liq.
5. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish jarayoniga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish muddatlariga mos keluvchi yillik siklning davomiyligi o’ziga xos bo’ladi.
6. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida ham, iste‘mol predmeti sifatida ham foydalaniladigan mahsulotlar yaratiladi, shuning uchun qator mahsulotlar navbatdagi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi (ozuqa, urug’lik, chorva, xom-ashyo).
Qishloq xo’jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun ma‘lum sharoitlar zarur. Ulardan eng muhimi - to’g’ri iqtisodiy mexanizmni yaratish, qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlar orasida tovar almashishida narx paritetini o’rnatish, inqiroz sur‘atini pasaytirishdir.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishda qo’llanilgan (iste‘mol qilingan) mablag’larning natural va qiymat shaklida doimiy qoplab borish va qo’shimcha resurslar sotib olish uchun jamg’armalar ta‘minlanishi talab qilinadi.
Qishloq xo’jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning so’zsiz sharti-izchillik bilan ishlab chiqarishni taqsimlash, almashish va iste‘mol
jarayonlari o’tadigan vositalarning to’xtovsiz doirasimon aylanishi. Buning
uchun kooperatsiya va agrosanoat integratsiyasi asosida qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining ta‘minotchi, savdo, moliya tashkilotlarining o’zaro uyg’unlikdagi ishlari zarur.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tarmoqda ilmiy-texnika taraqqiyoti
yutuqlari, modernizatsiyalashni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradigan ishlab chiqarish vositalari bilan ta‘minlashni talab etadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chqarishning manbalari asosiy va aylanma mablag’larni to’ldirish uchun foydalaniladigan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar bo’lishi mumkin. O’z mablag’lari manbalariga - daromad, qishloq xo’jalik mahsulotlarining bir qismi (ozuqa, urug’lik, chorva, xom-ashyo), qarzga banklarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari, tovar krediti, jalb etilganiga esa -pay badallari, dotatsiyalar kompensatsiyalar kiradi.
Iqtisodiy samaradorlik kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta‘minlagan holda ishlab chiqarish munosabatlarini amalga oshirishdagi ma‘lum bir samaradorlikni tavsiflaydi. Qishloq xo’jaligida innovatsiyalarni o’zlashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun qo’shimcha foyda, qo’shimchayalpi daromad, xarajatlarni tejash, qo’shimcha tushum,
mahsulotlarning tannarxi (mahsulotlar turi bo’yicha), ishlab chiqarish rentabelligi (mahsulotlar turi bo’yicha) kabi ko’rsatkichlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Alohida ekin turlari yoki chorva hayvonlari (parranda) turlari bo’yicha iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda, xo’jaliklarda mahsulot ishlab chiqarish samardorligini nisbiy baholash imkoniyatini beruvchi bir gektar ekin maydoni yoki bir bosh chorva hayvoni (parranda) hisobiga olinad igan yalpi daromad va foyda kabi ko’rsatkichlardan foydalanish lozimdir.
Ilmiy tahlillar natijasida, agrar sohada innovatsiyalarning va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini rivojlantirishning samaradorlik ko’rsatkichlari ishlab
chiqildi, (1.3.2 – rasm.)
Qishloq xo’jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ko’rsatkichlari o’ta ko’p sonli, ammo asosiysi yalpi mahsulotning o’sishi
(YAMU) hisoblanadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning bilvosita ko’rsatkichlari sifatida ishlab chiqarish fondlarining o’sishi, ishlab chiqarish quvvati, ekin maydonlarining kengayishi, chorva mollari bosh sonining ortishi, ishchilar
malakasining oshishi kabilardan foydalanish mumkin.

Download 141.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling