Yalpi mahsulot va unig taqsimlanishini hisoblash usuli Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklar hisoboti ma’lumotlari (2014 yil) asosida ko’rsatilgan:
Yalpi daromad miqdori yalpi mahsulot hajmi bilan to’g’ri bog’langan va moddiy xarajatlar miqdori bilan teskari bog’langan.
Yalpi mahsulot miqdori qancha ko’p bo’lib, moddiy xarajatlar shuncha oz bo’lsa, yalpi daromad summasi shuncha ko’p bo’ladi.
Yalpi hamda sof daromad barcha turdagi harajatlar hisobiga tashkil topadi. Yalpi daromadning tarkibi quyidagi keltirilgan formulada ko’rsatilgan:
Moddiy xarajatlar va mehnat haqi fondi mahsulot tannarxini tashkil etishini bilgan holda, sof daromadni yalpi mahsulot qiymati va tannarx o’rtasidagi farq shaklida ham aniqlash mumkin:
Sof daromadni yalpi daromad va mehnat haqi fondi o’rtasidagi farq sifatida ham aniqlash mumkin:
Sof daromad davlatning markazlashgan daromadiga (DMD), noishlab chiqarish sferasi xarajatlarini qoplashga ketadigan, ijtimoiy iste’mol, fondlariga (IIF) va jamg’arish fondiga (JF) bo’linadi(bu raqam har bir ishlab chiqaruvchining faoliyatidan va hukumat tomonidan belgilangan miqdorlar asosida turlicha bo’lishi mumkin):
Jamg’arish fondi qishloq xo’jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy manbai va zaruriy rezervlar yaratish manbai hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur’atlari va imkoniyati jamg’arishning absolyut miqdoriga hamda uning sof daromaddagi hissasiga bog’liq. Jamg’arishning nisbiy miqdorini aniqlash uchun uning normasi (JN) hisoblaniladi. U sof daromadning jamg’arishga yo’naltirilgan qismining jami sofdaromad summasiga nisbati bilan aniqlanadi:
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining taqsimlanishi quyidagi sxemada ko’rsatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |