- XIX asrning oxirida va XX asrning o‘rtalarida fan va texnikaning barcha sohalarida juda ko‘plab kashfiyotlar va ixtirolar qilindi. Buning natijasida ko‘p mexnat talab kiladigan mashinalarni yaratishga zarurati paydo bo‘ldi. CH.Beybidjning loyihasi asosida ko‘plab olimlar hisoblash mashinalarini yaratishga harakat kilgan. 1988 yilda amerikalik injener German Xollerit birinchi elektromexanik hisoblash mashinani - TABULYATORni yaratdi. Ushbu mashina rele asosida ishlaydigan bo‘lib perfokartalarda yozilgan malumotlar asosida ishlay olar edi.(1-rasm)
1-rasm. Ma`lum buyruqlar kiritilgan perfokarta EHM avlodlari. I avlod (1945 - 1956 yillar) II avlod (1957 - 1968 yillar) III avlod (1969 - 1980 yillar) IV avlod (1981 - 1990 yillar) V avlod (1990 yillardan boshlangan) Axborotlarning nazariy asoslari. "Axborot" (information) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, biron-bir voqea, hodisa, jarayon yoki faoliyat haqida xabar qilish ma’nosini bildiradi. Axborot tushunchasi real voqealikning amaliy holatini to‘la mazmunda aks ettirishdan iboratdir. Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Axborot turlari. - Matn – bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir.
- Tasvir – bu biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan rasm bo‘laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Rasm, manzara, matematik funksiyalar grafigi va shunga o‘xshash ma’lumotlar hisoblanadi.
- Animatsiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma’lum vaqt oralig‘ida, ma’lum sondagi bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |