Mavzu: Qishloq xo’jaligiga zarar keltiradigan shilimshiqlar va zamburug’larning tarqalishi va ularni oldini olish chora tadbirlari


Download 0.74 Mb.
bet3/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1106418
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fitoparazitizmparazitizm shakli bolib, bunda hujum qiluvchi organizm o’simliklar dunyosiga mansub boladi.
Zooparazitizm — hujum qiluvchi organizm hayvonot dunyosiga xos bokladi.
Parazitlik endo hamda ektoparazitizm ko‘rinishida amalga oshiriladi. Xo'jayin tanasi ichida rivojlanib, lining ichki a’zolari hisobiga oziqlanadigan parazitlar endoparazitlardir. Masalan, trixogramma g‘o‘za va boshqa tunlamlarning tuxumlari ichida rivojlanadi. Apanteles avlodiga mansub hasharotlar tunlamlarning qurtlari ichida parazitlik qiladi.

Zararli xasva va boshqa qandalalarning tuxumlarida parazitlik qiluvchi trisolkus:
a — imago; b — tuxum qo'yayolgan imago; d — zararlangan xasva tuxumlari
3.
O'simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda biologik vositalardan foydalanishga oid dastlabki m a’lum otlar oldingi eraning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda qadimgi Arabistonda bog‘bonlar xurmo palmalariga tushadigan zararkunandalarni yo‘qotishda yirtqich chumolilardan foydalanishgan. 1762-yili qizil chigirtkalarga qarshi kurashda Mavrikiy oroliga Hindistondan mayna qushlari keltirilgan. Turli mamlakatlarda zararkunandalar tushgan o‘simliklarga xonqizi qo‘ng4zlarini tarqatishga ham bir necha bor urinib ko‘rilgan. 1840-yili Fransiyada Buajiro terakdagi ipakchi qurtlarga qarshi ilk bor vizildoq qo‘ng‘izlarni qoilagan. 1843-yili bir necha maqola e’lon qilib, o ‘tkazilgan ishlarining muvaffaqiyatlarini ta’riflagan. Bu olimning tadqiqotlari Italiyadagi «San’at va hunam i rag‘batlantirish jamiyati» ning e’tiborini o‘ziga jalb etgan. 1845-yilda shu jamiyat o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashishda yirtqich hasharotlarni sun’iy urchitishga oid muvaffaqiyatli tajribalar uchun oltin medal ta’sis etgan. 1844-yilda Antonio Villa Italiya bog‘lariga yirtqich qo‘ngizlar chiqarib, tarqatifh yuzasidan tavsiyanomalar chop etdi. 0 ‘sha yili zararli hasharotlarga qarshi kurash olib borish uchun Barbados oroliga Yamaykadan «bufa marinus» nomli qurbaqalar keltirildi. 1602-yilda Aldrovandi hasharotlarda ro‘y beradigan parazitizm hodisasini birinchi bo‘lib ochgan. U sholg‘om oqkapalagi qurtidan apanteles glomeratus parazitining lichinkalari chiqishini kuzatgan. Lekin bu hodisani ilmiy jihatdan faqat 1700-yilda Vallisneri izohlab bergan. 1800-yilda Erazm Darvin bunday yozgandi: «Agar karam oqkapalagi qurtining yarmi har yili ularning orqasiga tuxum qo‘yadigan m itti yaydoqchi vositasida yo‘qotib turilmasa, bu zararkunanda halokatli ko‘rinishda ko‘payib ketgan bo‘lardi». 16 Bunday ma’lumotlar Yevropa, so'ngra esa AQSH olimlarning maqolalarida tez-tez namoyon boia boshladi. Jumladan, nemis tabiatshunosi V. Koller entomofaglar zararkunandalar miqdoriga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini yozgan edi. 1837-yilda Avstriyada uning entomofaglardan foydalanish borasidagi fermerlar, o‘rmonchilar va bog‘bonlarga maslahatlari chop etilgan. U shunday yozgandi: «Hasharotlarning bir-birlariga bo'lgan o'zaro munosabatlarini yaxshi o‘rgangandan keyingina biz ularning zararli ta’siridan himoyalana olamiz, bunga erishmoq uchun inson bevosita yoki bilvosita zararli turlarni, ularning turli rivojlanish stadiyalarini, ko‘payishi, qancha hayot kechirishi va nihoyat, ularning tabiiy entomofaglarini bilishi zarurdir». Koksinellid yoki xonqizi qo‘ng‘izlariga qiziqish Yevropalik buyuk biolog Karl Linneyga oid bo'lib, u o'simlik bitlariga qarshi xonqizi qo‘ng‘izlarini va oltinko‘zni tavsiya etgan. Erazm Darvin esa issiqxonalarni o ‘simlik bitlaridan tozalash maqsadida xonqizi qo‘ng‘izlaridan foydalanishni maslahat bergan. Angliyada o‘simlik bitlarini yo'qotish maqsadida dalada va issiqxonalarda zararkunandaga qarshi xonqizi qo’ngizlarini tarqatish taklif etilgan. 1888-yilda Kaliforniyada tarnovchasimon iseriya qurtiga qarshi Avstraliyadan Rodolia cardinalis xonqizi qo'ng'izini keltirib (introduksiya qilib), sitrus o'simliklarida qo‘llashda olingan nihoyat da yuqori va ijobiy samara o ‘simliklar biologik himoyasiga tubdan o‘zgartirish kiritdi.

0 ‘zbekistonda mevali bog‘lardagi olma qurtiga qarshi ilk bor 1910-yili I.V. Vasilyev va A.F. Radeskiylar Rossiyaning Astraxan guberniyasidan Toshkent va Samarqandga tuxum xo‘r trixogrammani keltirishgan. 1932— 1935-yillari olmada qonli bitga qarshi afelinus mali yaydoqchisini ilk bor Toshkentda N.A. Telenga va V.V.Yaxontovlar qo‘llashgan. Taxminan o‘sha vaqtda V.I. Pospelov trixogrammani sun’iy urchitish va uni qo‘llash borasida keng ko‘lamda tajribalar o‘tkazgan. Butunittifoq o‘simliklami himoya qilish instituti (V1ZR) biometod va mikrobiometod laboratoriyalari tashkil qilinganidan keyin sobiq SSSR da o'simliklarni biologik usulda himoyalash sohasida rejali va muayyan maqsadga qaratilgan tadqiqotlar boshlandi. Bu laboratoriyalar karantin obyektlari boim ish qonli bit, tarnovchasimon hamda komstok qurtlariga qarshi biologik kurashda afelinus, rodoliy'a, kriptolemus, psevdafikus kabi bir qator samarali entomofaglarni sobiq SSSR ga keltirish, shuningdek, kuzgi tunlam va boshqa kapalak tuxumlariga qarshi trixogramma qo‘llash, mikrobiologik preparatlar yaratish maqsadida entomopatogen shtammlar ajratish borasida birtalay muhim ishlarni amalga oshirdi. Bu davrda N.F. Meyer, N.A.Telenga, A.F. Alekseyev, B.A. Shepetilnikova, V.P. Pospelov, O.I.Shvetsova, A.A. Evlaxova, N.F. Fedorinchik va N.V. Kandibinlar biologik usulni rivojlantirishga munosib hissa qo'shdilar. Respublikamizda 1945-yilda tutning asosiy zararkunandasi komstok qurtiga qarshi uning paraziti psevdafikusni qo‘llashgan. Parazitning keng maydonlarga tarqatilishi 50-yillarga to‘g‘ri keldi. Shu bilan Yaponiyadan kelib qolgan zararkunandaning populatsiyalar soni to‘liq boshqarib borildi (Lujesskiy, 1945). Shuningdek, komstok qurtiga qarshi kurash uchun 1962-yilda Koreya XDR dan allatropa paraziti olib kelingan.


4.
Yuqorida keltirilgan m a’lum otlardan kelib chiqqan holda o'simliklarni zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlardan biologik himoya qilishning asosi — tabiatda evolutsion shakllangan turlararo munosabatlardan to'g‘ri foydalanishdir. O'simliklar biologik himoyasida makro va mikrobiologik atamalardan foydalaniladi. Mikrobiologik usul — mikroorganizmlar va ular hayot faoliyati natijasida hosil bo'lgan mahsulotlardan, makrobiologik usul — makroorganizmlar (hasharotlar, qushlar, baliqlar, umurtqali hayvonlar, o'simliklar) dan foydalanishdir. Bu usullar o'simliklar biologik himoyasining tarkibiy qismi bo'lib, ularning mazmuni bir muncha kengdir. M.S. Sokolovning (2000) ta ’rificha, o'sim liklar biologik himoyasi — fundamental-amaliy fanlar sohasi bo‘lib, uning tadqiqot predmeti bioagentlar va bioregulator organizmlar, tabiiy yoki genetik o'zgarishlar va ularning genetik mahsulotlaridir. Bu soha ekologiya, entomologiya, fitopatologiya va mikrobiologiya singari ko'plab mustaqil fanlar vakillarini birlashtiradi. Biologik himoyaga quyidagi agentlar tegishli: — hasharotlarga qarshi yirtqichlar, parazitlar va entomopatogenlar; — begona o'tlarga qarshi o'sim likxo'r jonivorlar va fitopatogenlar; — kasalliklarga qarshi antagonistik mikroorganizmlar, ularning metobolitlari va o'simliklar chidamliligi induktorlari. O'simliklar biologik himoyasining bosh maqsadi — biosenozlardagi bioxilma-xillikni saqlagan holda yuqori sifatli (ekologik xavfsiz) mahsulot olishdir. Biologik himoya — birinchi navbatda zararli turlarni tagtubi bilan yo'q qilish emas, balki ularning miqdorini biologik 21 kurash vositasida boshqarish bo‘lib, u to'rtta asosiy strategiyaga asoslanadi:
1) fitofaglar, fitopatogenlar va begona o‘tlar sonini muntazam boshqarib turish maqsadida, zararli turlar populatsiyasiga uzoqda joylashgan arealdah biologik agentni introduksiya qilish va bu agent populatsiyada uzoq muddatga o‘mashishini ta’minlash. Bu strategiya ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida Kaliforniyada (AQSH) Avstraliyadan keltirilgan rodoliya qo‘ng‘izi vositasida Avstraliya tarnovchasimon qurtini bartaraf qilishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan. Shuning uchun bu strategiyani ko'pincha klassik (mukammal) strategiya deb atashadi;
2) zararli organizmlar miqdorini uzoq muddat davomida (ammo doimiy emas) boshqarib turish, keyinchalik ko'payishi va rivojlanishini ta’minlash maqsadida agrosenozga biologik agentni bir rnarta tarqatish (yoki kiritish);

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling