Mavzu: Qishloq xo’jaligiga zarar keltiradigan shilimshiqlar va zamburug’larning tarqalishi va ularni oldini olish chora tadbirlari


Bakteriyalarning klassifikatsiyasi


Download 0.74 Mb.
bet6/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1106418
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bakteriyalarning klassifikatsiyasi. Bakteriyalar hujayrasida haqiqiy yadro, yadro membranasi, yadrocha bo'lmaganligi tufayli ular sodda hayvonlar, suv o'tlari, zam burug'lar va yuksak o'sim liklar guruhiga mansub haqiqiy yadrolilardan (Eucaryotae) farqli o'laroq, bu organizmlar ko'kyashil suvo'tlari gumhiga oid prokariot (Proearyotae) yoki yadrosi bo'lmagan guruhga kiritilgan. Ko'pincha prokariotlar olamiga mustaqil status berilib, ular ikki bo'limga: sianobakteriyalar (ko'k-yashil suvo'tlar) va bakteriyalarga ajratiladi. Bakteriyalar bo'limi bir xil organizmlar bo'lmaganligi tufayli ularni quyidagi kenja guruhlarga: eubakteriyalar,yoki haqiqiy bakteriyalar (Eubacteria)\ eubakteriya va ko'k-yashil suvo‘tlarga o ‘xshash fitotrof bakteriyalar hamda eubakteriyalar hujayra struktura tuzilishidan farqlanadigan miksobakteriyalar, spiroxetalar,' aktinomitsetlar, mikoplazmalar va rikketsiyalarga bo‘linadi. O'simliklar biologik himoyasida eubakteriyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, rikketsiyalar ham biologik himoyada ma’lum bir qiziqish uyg‘otishi mumkin.
Eubakteriyalar (Eubacteria) tabiatda juda keng tarqalgan mikroorganizmlar bo‘lib, ular 3 ta: Pseudomonadaceae, Enterobacteriaceae va Bacil/aceae oilalariga ajratiladi. Psevdomoncidcilar (Pseudomonadaceae) oilasi tarkibiga tayoqchasimon, grammsalbiy, spora hosil qilmaydigan, xivchinchalari qutb tomonlarida joylashgan bakteriyalar kiritilgan. Ularning ko'pchiligi organik substratlarda, ayrim turlari esa mineral muhitda rivojlanadi. Psevdomonada (Pseudomonas) turkumiga hasharotlarda potensial kasallik qo‘zg‘atuvchi P. aeruginosa, P. chlororaphis, P. fluorescens kabi ayrim turlar kiradi. Ichak bakteriyalari (Enterobacteriaceae) oilasiga tayoqchasimon, grammsalbiy, fakultativ anaerob va aerob sharoitda yashovchi, p.eritrix xivchinchali, ya'ni xivchinchalari butun hujayra sirtiga joylashgan bakteriyalar kiradi va ular spora hosil qilmaydi, oddiy muhitda yaxshi o'sadi. Bu oila tarkibiga 12 turkumga mansub bakteriyalar kirib, ular orasida obligat va fakultativ patogenlar hamda saprotroflar uchraydi. Fakultativ kasallik qo‘zg‘atuvchi patogenlarga Serratia turkumi bakteriyalari kiradi va ular boshqa bakteriyalardan qonsimon qizil pigment — prodiogizin hosil qilishi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham u ajoyib qon tayoqchasi nomini olgan. Bu turkumning S. marcessens turi hasharotlarda fakultativ patogenlik qilish qobiliyatiga ega. Obligat patogen bakteriyalar qatoriga salmonellalar (Salmonella) turkumiga mansub, jumladan, sichqonsimon kemiruvchilarda qorin tifini qo'zg'atuvchi S. enterilidis turini ko'rsatish mumkin. Bular asosida sichqonsimon kemimvchilarga (sichqon. dala sichqoni va b.) qarshi keng qo‘llaniladigan bakterodensid bakterial preparati ishlab chiqariladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling