Mavzu: Qishloq xo’jaligiga zarar keltiradigan shilimshiqlar va zamburug’larning tarqalishi va ularni oldini olish chora tadbirlari


Spora hosil qiluvchi bakteriyalar, yoki basillalar (Bacillaceae)


Download 0.74 Mb.
bet7/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1106418
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Spora hosil qiluvchi bakteriyalar, yoki basillalar (Bacillaceae) oilasiga issiqlikka chidamli (termotolerant), endosporalarga ega bo‘lgan bakteriyalar kiradi. Bu oila vakillarining barchasi tayoqchasimon va grammusbatdir.
Biologik kurashda Basillyus (Bacillus) va Klostridium (Clostridium) turkumlari muhim ahamiyat kasb etadi. Basillyus turkumiga aerob sharoitda yashaydigan grammusbat tayoqchasimon bakteriyalar kiradi. Sporalar ko‘pincha hujayra markazida hosil bo‘ladi. Bunda hujayra o‘zining asl shakli va hajmini saqlab qoladi. Basilla hujayrasida, zaxira ozuqa sifatida yog‘ tomchisi bo‘ladi. Hasharotlardagi kristall hosil qilmaydigan obligat patogenlar guruhiga B. lentimorbus va B. popilliae kiradi. Bu turlar yapon qo‘ng‘izi lichinkalarida va boshqa ayrim plastinka mo'ylablilarda sut kasalligini qo‘zg‘atadi. B. fribourgensis esa may qo‘ng‘izida sut kasalligini qokzg‘atadi. Bakteriyaga moyil xo'jayin ularni yutgach, oshqozonda sporalar o'sadi. O’sayotgan sporalardan hosil bo'lgan vegetativ hujayralar tana bo‘shlig‘iga o'tadi, tezda ko'payib, to'qimalarni yemiradi va tezda tana bo'shlig'ining ko‘p qismini to'ldiradi. Kristall hosil qiluvchi bakteriyalardan bu oilaga basillyus tyuringiyenzis (B. thuringiensis) kiradi (6—7-rasmlar). Bu bakteriyaning xilma-xil shtammlari hasharotlarga qarshi kurashda mikrobiologik preparatlar tayyorlashda keng qo'llaniladi. Bu guruh bakteriyalarining xarakterli xususiyatlaridan biri, tanasida kristall shaklli oqsil aralashmasi yoki paraspora tanachalar hosil bo'lib, ular asosan tangachaqanotlilar qurtlariga toksik ta’sir ko'rsatishidir.
Bacillus turkumiga mansub bo'lgan ayrim fakultativ patogen turlar (B. cereus) hasharotlar uchun toksik hisoblangan fosfolipaza S moddasini, hasharotlar ichagini zararlash uchun yetarli miqdorda ishlab chiqaradi va natijada bakteriyalar tana bo'shlig'iga o'tishiga imkon yaratiladi. Klostridium (Clostridium) turkumiga obligat parazit, anaerob, spora hosil qiluvchi bakteriyalar kiradi.

6.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling