- MAVZU: Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug ‘orish rejimini aniqlash.
Parvarish qilinayotgan ekinlarni suvga bo’lgan talabi, rejalashtirilgan hosildorligi, iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda ularni sug’orish sonini, muddatlarini va me’yorlarini aniqlashga qishloq xujalik ekinlarini sug’orish rejimi deyiladi. - Parvarish qilinayotgan ekinlarni suvga bo’lgan talabi, rejalashtirilgan hosildorligi, iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda ularni sug’orish sonini, muddatlarini va me’yorlarini aniqlashga qishloq xujalik ekinlarini sug’orish rejimi deyiladi.
- O’simliklar talabiga va o’tkazilayotgan agrotexnikaga ko’ra sug’orish rejimini to’g’ri tashkil etish suvdan tejamli va samarali foydalanishga, tuproq unumdorligini oshirishga, hamda muntazam yuqori hosil olishga imkon beradi.
- Ekinlarni sug’orish rejimini to’g’ri belgilash uchun ularni suvga bo’lgan umumiy ehtiyojini bilish zarur. Suvga bo’lgan umumiy ehtiyojni ehtiyoj koyeffisiyenti va rejalashtirilgan hosilga ko’ra aniqlanadi va u 1 s hosilni etishtirish uchun sarflanadigan suv miqdorini bildiradi (m3/s).
Ekinlarni suvga bo’lgan umumiy ehtiyoji quyidagi formula bilan aniqlanadi: - Ekinlarni suvga bo’lgan umumiy ehtiyoji quyidagi formula bilan aniqlanadi:
EUKt - bu yerda: E – suvga bo’lgan umumiy ehtiyoj, m3/ga;
Kt – suvga bo’lgan ehtiyoj koyeffisiyenti, m3/s. - Masalan, rejalashtirilgan hosildorlik (X) 35 s/ga, suvga bo’lgan ehtiyoj koyeffisiyenti (Kt) 200 m3/s bo’lsa, suvga bo’lgan umumiy ehtiyojini hisoblang:
Sugʻorish usullari va turlari. - Sugʻorish tuproqqa meʼyorlangan (belgilangan) miqdorda suv berishini taʼminlaydigan, gidrotexnika qoidalariga asoslangan texnikaviy, agrotexnik va tashkiliy xoʻjalik tadbirlari majmuidan iborat.
- Sugʻorish oʻtkaziladigan vaqtiga qarab muntazam va davriy turlarga boʻlinadi. Sugʻorish maqsadiga qarab ehtiyot (yaxob), shoʻr yuvish, vegetatsion, oziqlantiruvchi (sharbat) va boshqa turga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |