Mavzu: Qiymat o’lchovining mohiyati
Pulning yaratilish tarixi
Download 147,88 Kb.
|
Mustaqil ish buxgalteriya
3.Pulning yaratilish tarixi.
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi. Turli tarixiy davrlarda va turli xalqlar orasida turli xil tovarlar va narsalar pul (ya'ni vositachilik tovarlari): qoramol, don, tuz, choy, tamaki, zargarlik buyumlari, o'q uchlari va nayza uchlari, shuningdek, "ekzotik" narsalar ham bo'lgan. kovri qobiqlari va boshqalar. Tsivilizatsiyamiz rivojlanishining yuqori bosqichida yuqoridagi narsalar qimmatbaho metallar - asosan oltin va kumush bilan almashtirildi. Pul (fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan. Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita. Pul ayirboshlash, toʻlov, qiymat oʻlchovi, jamgʻarish (boylik toʻplash) kabi vazifalarni bajaradi. Qiymat oʻlchovi — tovarlar qiymati miqdori Pul orqali oʻlchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboshlash vositasi — Pul vositasida tovarlar oldisotdi qilinadi; jamgʻarish vositasi — pul oʻzida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, Pulga boshqa tovar sotib olmasa, u Pulni jamgʻaradi. Pul jamgʻarish uchun, ayniqsa, Pil qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; toʻlov vositasi — tovarga uni sotib olingan vaqtda emas, balki maʼlum muddatdan soʻng haq toʻlanadigan tovar muomalasi jarayonida yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi toʻlanganda, qarz qaytarilganda P. toʻlov vositasi rolini bajaradi. P.ning bu vazifasi muomalaning turli kredit vositalari — veksel, chek, banknotlarnp keltirib chiqaradi. Pul shakliga koʻra, naqd pul (aniq moddiy shaklga, yaʼni qogʻoz, tanga yoli chet el valyutasi) va naqd boʻlmagan P. (aniq moddiy shaklga ega boʻlmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga koʻchirib yozib qoʻyish orqali harakat qiluvchi pul) koʻrinishida buladi. Muomala doirasi darajasiga koʻra, milliy P. (asosan, mamlakat hududidagina amalda boʻladigan), xalqaro yoki mamlakatlararo (baynalmilal) pulga boʻlinadi. Download 147,88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling