Mavzu: Qiyosiy pedagogika fani tarqqiyotining davriy xususiyatlari, mazmuni
Download 109.5 Kb.
|
1-amaliy topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar bog‘chalari
- Boshlang‘ich maktab
Ta’lim tizimi tarkibi
Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: -bolalar bog‘chalari; -boshlang‘ich maktab; -kichik o‘rta maktab (Chugakko); -yuqori o‘rta maktab; -oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlari. Bolalar bog‘chalari Ta’limning bu bosqichiga 3-5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9 foizi xususiydir. 40,8 foizi esa munitsipial (tuman) kengashlari tasarrufida, qolgan 0,3 foizi davlatnikidir. Bog‘cha davrida bolalarga o‘qituvchilar sodda hisob-kitoblarni, shuningdek, xiragana va katakana alifbolarini o‘qishni o‘rgatishadi. Boshlang‘ich maktab (Кокоро) (1-6 sinflar, 6-12 yosh). O‘qish muddati 6 yil. Ta’limning bu pog‘onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang‘ich maktabni tugatadilar. O‘quv oxirida 1-1.8 ming ieroglifni bilish gazeta va jurnallarni erkin mutoala qila olish talab qilinadi. Boshlang‘ich maktablarda odatda bir kunda 3 ta dars bo‘ladi. Kamdan kam hollarda 4 ta dars bo‘lishi mumkin. Maktabda darslar odatda 8:30da boshlanadi. Har dushanba kuni “lineyka” bo‘ladi. Boshlang‘ich maktablarda darslar 45 daqiqadan iborat. Ushbu maktablarda o‘quvchilar uchun uyga vazifalar berilmaydi. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ona tili, matematika, biologiya, fizika, kimyo, tarix, etika, musiqa, rasm, jismoniy tarbiya, uy xo‘jaligi kabi darslarni o‘qishadi. Boshlang‘ich maktabni tugatganga qadar bolalar 1006 ta kanjini yod olishlari talab etiladi. Muhtoj oilalarning bolalari mahalliy va milliy boshqaruv tashkilotlari tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobiga bepul nonushta qilish, o‘quv qurollari olish, tibbiy xizmatdan bepul foydalanish imtiyoziga egadirlar. Bundan tashqari, ularga bepul sayohatlar va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi. Zarur bo‘lib qolgan taqdirda kam ta’minlangan oila farzandlari uchun moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu bosqichdagi maktablarga qabul uchun maxsus qonun yoki cheklashlar yo‘q. Faqat jismonan, ruhan nosog‘lom bolalar unga qabul qilinmaydi. Ota - onalar o‘z bolalarini xususiy maktablarga berish huquqiga ega. Lekin xususiy maktablarning o‘ziga xos shart-sharoitlari va talablari mavjud. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling