Mavzu: “qiyshiq burchakli frontal dimetrik va to`G`ri burchakli izometrik proeksiyalash usullari’’


Download 351.53 Kb.

bet1/3
Sana26.05.2018
Hajmi351.53 Kb.
  1   2   3

O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI 

NAVOIY DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI 

 

 

PEDAGOGIKA FAKULTЕTI 



“TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI” 

KAFЕDRASI 

 

 

 



 

MAVZU: QIYSHIQ BURCHAKLI FRONTAL DIMETRIK 

VA TO`G`RI BURCHAKLI  IZOMETRIK 

PROEKSIYALASH USULLARI’’.  

 

 

 

 

 

lmiy rahbar:    t.f.n. A.X. Abdullayev   

Bajardi:    “Tasviriy san`at va muhandislik 

grafikasi” ta`lim yo`nalishi 

 4-“T”  kurs  bitiruvchi  talabasi  

Xalilova Dilbar

 

 

 

 

 


 

2

MUNDARIJA: 



 

KIRISH……………………………………………………………………... 

 

 

I-BOB. CHIZMA GEOMETRIYA TARIXI VA RIVOJI………. 

 

1.1.  Proeksiyalas usullarining yaratilish tarixi…………………………….. 

 

 

II-BOB  QIYSHIQ  BURCHAKLI  FRONTAL  DIMETRIK  VA 

TO`G’RI  BURCHAKLI    IZOMETRIK  PROEKSIYALASH 

USULLARI  

2.1.  To`g`burchakli  izometrik proeksiyalar………………………… 

 

2.2.  Qeshiq burchakli frotal dimetrik proeksiyalar………………… 

 

2.3  Qeshiq  burchakli  frotal  dimetrik  va  To`g`burchakli    izometrik 

proeksiyalar  proeksiyalash  asosida  metrik  va    pozitsion 

masalalar echish…………………………………………………….. 

 

 

Umumiy xulosa……………………………………………………….. 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………….. 



 

 

 

 

 

 

 



 

 


 

3

KIRISH. 



Texnik bilimlarlarni mukammal egallashning asosiy vazifalaridan biri grafik 

savodxonlikni  o`stirish,  ya`ni  chizmalarni  o`qish  va  bajarishni  bilishdir.  Shu 

boisdan  chizmalar  chizishning  asosi  bo`lgan  chizma  geometriya  fanini  chuqur 

o`rganish talab etiladi. 

Fanning moxiyatini asosan ikki narsa tashkil etadi: 

a)

  geometrik shaklining biror sirt yoki tekislik ustida tasvirlash usullari. 



b)

  Jisimlarning hosil qilingan tasvirlari bo`icha ular orasidagi  

pozitsion (o`zaro tegishlilik) va metrik munosabatlarni tekshirish. 

Yuqorida  aytilganlardan  shuni  xulosa  qilib  ayitish  mumkinki  chizma 

geometriya fani qo`yidagilarni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi: 

1.

  O`quvchilarni proeksiyalash prinsiplari va uning turlari bilan tanishtirish. 



2.

  Metrik va pozitsion masalalar yechishning umumiyi va maxsus usullarini 

o`rganish. 

3.

  Nazariyi va amaliy materiallarni injinerlik praktikasi bilan bog`lay olish. 



4.

  O`quvchilarda  fazoviyi  tasovvurlarni  o`stirish  va  tafakkurni 

rivojlantirish. 

5.

  Muommoli vaziyatlar yaratish vositasi bilan o`quvchilarning ixtirochilik 



tafakkurini  rivojlantirish  va  har  bir  masalani  chuqur  tahlil  qilib,  unga  ilmiy 

yondoshishni o`rgatish, shuningdek ijodiy qobiliyatini shakillantirish.   

Islab chiqarishning asosiy texnik hujjatlaridan biri chizmalardir. Mashina va 

mexanizimlarning  detallarini  yasash  hamda  ularning  yig`ish,  shuningdek,  bino  va 

inshoatlarni  qurish  uchun  ularning  chizmalari  bo`lishi  shart.  Chunki  chizmalar 

bo`yicha buyumning shakli va o`lchamlarini, qanday materialdan yasalganligi yoki 

yasalisi kerakligi, buyum detallarining bir-biriga nisbatan bog`lanishlariga tegishli 

bo`lgan  talablarni  va  shunga  o`xshash  boshqa  ma’lumotlarni  aniqlash  mumkin. 

Bundan  tashqari  chizmalardan  tayyor  buyumlarning  to`g`ri  ishlashini  aniqlash  va 

ularni remont qilish mumkin. 

Islab chiqarishning turiga qarab, unda foydalanadigan chizmalar har xil nom 

bilan yoritiladi, masalan, turli mashina va mexanizimlarning detallar yasash hamda 



 

4

ularni  yig`ish  uchun  tuzilgan  chizmalar  mashinasozlik  chizmalari  deb  ataladi. 



Chizmachilik  fanining  mashinasozlik  chizmalarini  chizish  usullarini  o`rgatadigan 

qismi  mashinasozlik  chizmachiligi  deyiladi.  Bino  va  inshoatlarning  qurishda 

ishlatiladigan chizmalar qurilish chizmalari deb ataladi. Mashinasozlik va qurilish 

chizmalari birgalikda texnik chizmalar deb yoritiladi. 

Diplom ishi  kirish, ikki  bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 

Kirishda  grafik  tasvirning  ibtidoiy  jamoa  davridan  hozirgi  kunga  takomillasha 

borishining qisqacha tarixi va uning inson amaliy faoliyatidagi ahamiyati qisqacha 

bayon  qilindi.  Diplom  ishing  birinchi  bobi  ikki  qismdan  iborat  bo`lib,  birinchi 

qismida chizmachilik fanining tarixi haqida yetarli ma’lumot berildi.  

Ikkinchi  bobda  aksonometrik  proyeksiya,  uning  to`g`ri  burchakli  izometriya 

va  dimmetriya,  qiyshiq  burchakli  frontal  dimmetriya  va  izometriya,  qiyshiq 

burchakli gorizontal izometriya turlari qaraldi hamda ularga doir misollar yechish 

ko`rsatildi. 

Malakaviy bitiruv ishining maqsadi  

Mеn  o`z  malakaviy  bitiruv  ishimda  qiyshiq  burchakli  frontal  dimetrik  va 

to’g’ri  burchakli  izometrik  proeksiyalash  usullari  to`g`risida  ma`lumot  birishni 

o`z oldimga maqsad qilib oldim.  



Malakaviy bitiruv ishining vazifalari: Yuqori sinf chizmachilik darslarida 

qurilish  va  mashinasozlik  chizmachiligini  o`rgatishda  maktab  o`quvchilari  uchun 

yеngil usullardan foydalanib bilim bеrish. 

Malakaviy  bitiruv  ishi  tuzilishi:  kirish,  ikki  bob,  umumiy  xulosalar  va 

tavsiyalar,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro`yxatidan  iborat  bo`lib,  jami    sahifani 

tashkil etadi. 

Malakaviy  bitiruv  ishining  ilmiy  yangiligi:  Yuqori  sinf  o`quvchilarida 

aksonametrik  proyiksiyalashni  yaxshi  o`zlashtirishlari  uchun    ilmiy-nazariy  jihatdan 

mеtodlar ishlab chiqildi; 

–  Umumiy  o`rta  ta`lim  maktab  o`quvchilarida  “Qurilish  va  mashinasozlik 

chizmachilik” fanining imkoniyatlari aniqlandi va tahlil etildi;  

Tadqiqot  ishimizni  yozishda  qo`yidagi:  Analitik  tahlil,  qiyosiy  tahlil  – 

pеdagogik kuzatuv, tajriba-sinov, mеtodlaridan unumli foydalana oldik. 



 

5

I-BOB.  CHIZMA GEOMETRIYA TARIXI VA RIVOJI 

Chizma  geometriya  tekisliklardagi  narsalarni  tasvirlash  usullari  yordamida 

ularning  shakllari,  o`lchamlari  va  o`zaro  joylashishlariga  tegishli  pozitsion  va  metrik 

masalalarni  yechishni  o`rganadi.  Chizma  geometriya  matematika  fanlari  bilan 

uzviy  bog`liq  bo`lib,  umumtexnika  fanlaridan  hisoblanadi.  Chizma 

geometriya  boshqa  geometriyalardan  o`zining  asosiy  usuli,  ya'ni  tasvirlash  usuli 

bilan  farq  qiladi.  U  tasvirlash  usullari  yordamida  o`quvchining  fazoviy 

tasavvurini  kengaytiradi,  tasvirlarni  yasash  va  oldindan  yasalgan  tasvirlarni  o`qiy 

bilish  hamda  amaliyotdagi  turli  muhandislik  masalalarini  yechishga  yordam  beradi. 

Chizma geometriya qonun-qoidalari bilan nafaqat mavjud narsalarni, balki tasavvur 

qilinadigan narsalarni ham tasvirlash mumkin. 

Fazodagi  shakllarning  tekislikdagi  chizmalari  chizma  geometriya  usullari 

bilan  ma’lum  qonun-qoidalar  asosida  hosil  qilinadi.  Bu  chizmalar  orqali 

buyumning  fazoviy  shaklini  chizish  va  o`lchamlarini  aniqlash  mumkin.  

Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo`lmaydi. Arxitektor va 

muhandislar  ijodiy  fikrlarini  faqat  chizmalar  yordamida  to`liq  bayon  eta  oladilar. 

Chizmalar  asosida  barcha  muhandislik  inshootlari  quriladi,  mashinalar,  mashina 

qismlari, meditsina asboblari va hokazolar ishlab chiqariladi. 

Shakllarning  bizga  ma’lum  bo`lgan  barcha  geometrik  xossalarini  ularning 

chizmalaridan  olingan  ma’lumotlardan  ham  aniqlasa  bo`ladi.  Shuning  uchun  ham 

buyumlarning chizmalarini ularning geometrik xususiyatlarini o`zida aks ettiruvchi 

tekis geometrik modellar deb atash mumkin. Chizma geometriya fani qo`yidagilarni 

o`rganadi: 

  fazoviy  shakllarning  tekislikdagi  tasvirlari,  ya'ni  tekis  modellari 



(chizmalari)ni yasash; 

  tekis chizmada geometrik masalalarni grafik yo`l bilan yechish; 



• shakllarning  berilgan  tekis  chizmalari  bo`yicha  ularning  fazoviy  urinishi 

va vaziyatini tasavvur qilish hamda yaqqol tasvirlarini yasash; 

• geometrik  shakllarning  chizmalarini  bajarish  va  o`qish  orqali 

o`quvchining fazoviy tasavvurini rivojlantirish. 



 

6

Ma'lumki,  geometrik  shaklining  xossalarini  analitik  va  grafik  usullarda 



tekshirish  mumkin.  Shakllarning  grafik  modeliga  asosan  ularning  analitik  usulda 

berilishini  va  aksincha,  shakllarning  analitik  ko`rinishidan  ularning  chizmalarini 

yasash usullarini chizma geometriyada ham ko`rish mumkin. 

Loyihalanadigan buyumlarni faqatgina grafik usulda tasvirlash hozirgi zamon ishlab 

chiqarish  talablarini  qanoatlantirmaydi.  Shuning  uchun  chizmalarni  bajarishda 

grafik usullar bilan birga analitik usullardan ham foydalaniladi. 

Keyingi  yillarda  buyumlarning  chizmalarini  kompyuter  grafikasi  vositalari 

yordamida tayyorlashda avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalarining kirib kelishi chizma 

geometriya fanining rivojlanishida yangicha mazmun kasb etmoqda. 

Islab  chiqarishning  asosiy  texnik  hujjatlaridan  biri  chizmalardir.  Mashina  va 

mexanizimlarning  detallarini  yasash  hamda  ularning  yig`ish,  shuningdek,  bino  va 

inshootlarni  qurish  uchun  ularning  chizmalari  bo`lishi  shart.  Chunki  chizmalar 

bo`yicha buyumning shakli va o`lchamlarini, qanday materialdan yasalganligi yoki 

yasalisi kerakligi, buyum detallarining bir-biriga nisbatan bog`lanishlariga tegishli 

bo`lgan  talablarni  va  shunga  o`xshash  boshqa  malumotlarni  aniqlash  mumkin. 

Bundan  tashqari  chizmalardan  tayyor  buyumlarning  to`g`ri  ishlashini  aniqlash  va 

ularni remont qilish mumkin. 

Islab  chiqarishning  turiga  qarab,  unda  foyidalanadigan  chizmalar  har  xil  nom 

bilan  yoritiladi,  masalan,  turli  mashina  va  mexanizimlarning  detallari  yasash 

hamda  ularni  yig`ish  uchun  tuzilgan  chizmalar  mashinasozlik  chizmalari  deb 

ataladi.  Chizmachilik  fanining  mashinasozlik  chizmalarini  chizish  usullarini 

o`rgatadigan  qismi    mashinasozlik  chizmachiligi  deyiladi.  Bino  va  inshoatlarning 

qurishda ishlatiladigan chizmalar qurilish chizmalari deb ataladi. Mashinasozlik va 

qurilish chizmalari birgalikda texnik chizmalar deb yoritiladi. 

Chizma  giometriya  boshqa  fanlar  singari  inson  mehnati  faoliyati  natijasida 

vujudga  kelgan.  Qadimgi  inshoatlar  qoldiqlaridan  ma`lum  bo`lishicha  milloddan 

avval  ham  tasvirlar  asosida  bajarilgan  chizmalardan  foedalanilgan.  Sanoat  va 

texnika tarmoqlarining rinojlanishi bilan tasvirlar yasash usullari ham takomillashib 

borgan. 


 

7

Uyg`onish davrida arxitektura va tasviriy san`atning jadal rivojlanishi natijasida 



G`arbiy Evropada geometrik asosda tasvirlash usullari haqidagi ma`lumotlar paydo 

bo`la boshladi. Bu sohadagi nazariyotchi olimlardan biri italyan olimi Leon Alberti  

(1404-1472)  bulib,  u  o`zining  «Rassomchilik  haqida»  va  «Me`morchilik  haqida» 

nomli asarlarida perspektivaning kinematik asoslarini ishlab chiqqan. 

Grafik  yasash  usullarning  kengi  rivoji  italyan  rassomi,  olimi  va  muxandisi 

Leonardo Da Vinchi (1452-1519) nomi bilan bog`liq. U uzining amaliy faoliyatida 

perspektiv  tasvirlar,  shu  jumladan,  «kuzatish»  perspektivasi  qonunlarini  qo`llash 

doirasini kengaytirgan.  

Taniqli  nemis  rassomi  Alberet  Dyurer  (1471-1528)  o`zining  “Qo`llanma” 

asarida tekis va fazoviy egri chiziqlarni yasashining bir qancha usullarini keltirdi. U 

“Dyurer  usuli”  deb  nomlangan  persektiv  yasashlarining  yangi  o`ziga  xos  usulini 

yaratgan. 

Italyan  olimi  Gvido  Ubaldning  (1545-1607)  “Prespektiva  bo`yicha  haqiqiy 

o`lchamlarni aniqlashga asos solgan”. 

Fransuz  matematigi  Jirar  Dezarg  (1593-1662)  “Narsalarni  perspektivada 

tasvirlashning    umumiy  usuli”  nomli  asarida  persektiv  yasashlardan  koordinatlar 

usulini qo`llash bilan chizma geometriya faniga katta xissa qo`shdi. 

Nemis  geometriya  Lambert  (1723-1777)  elementlar  geometriya  masalalarini 

perspektiva yasashlar asosida grafik uslida yechishni tavsiya qildi. 

XVIII  asr  oxirlariga  kelib  proeksiyalash  usullari  bo`yicha  yetarli  tajriba 

to`plandi.  Ammo  bu  usullar  tarqoq  bo`lib,  yaxlit  nazariyaga  birlashtirilmagan  edi. 

Fransuz  geometriy  Gaspar  Monj  (1746-1818)  o`zining  “Geometriya  deseriptiva” 

(“Chizma  geometriya”)  asarida  tasvirlash  usullari  sohasidagi  bilimlarini 

umumlashtirdi va sistemaga soldi. U bu bilan chizma geometriyaga fan sifatida asos 

soldi.  

 

Temuriy davrida Movarounnahr xududida muxtasham binolar, masjid va 



madrasalar qad ko`tardi. Barpo etilgan binolar albatta, aniq chizmalar asosida 

ko`rilgan.  Chizmalar      esa  maxsus  chizmachilik  asboblari  vosetasida 

bajarilganligi haqida ko`pgina ma’lumotlar bor. 


 

8

 



Bunga misol qilib Samarqand, Buxoro, Xorazim va Respublikamizning 

boshqa 


qator 

shaharlaridagi 

qadimiy 

obidalarini 

misol 

qilish 


mumkin.bularning  maxobatli  qilib  qo’rilganligi  va  ularga  har  –  xil  naqishlar 

bilan  ishlov  berilganini  uziyoq  o’sha  davrda  chizmalarga  juda  katta  etibor 

qaratilganligidan dalolat beradi. Shu asosida chizmachilik fanlar o’rta osiyoda 

jumladan  respublikamizda  ham  juda  qadimdan  rivojlanib  kelgan  degan 

xulosaga kelish mumkin. 

Chizmachilik  fanlariga  mamlakatimizning  birqancha  olimlari  uz 

hissalarini  qushganlar.  Jumladan  Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037),  Mirzo 

Ulug’bek(1394-1449),  buyuk  musavvir  Kamiliddin  Behzod  (1455-1535)  va 

boshqalar shular sirasiga kiradilar.  

.  Demak  bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki  O’rta  Osiyoda 

chizmachilik  o’ziga  xos  handasa  fani  bilan  birga  rivojlangan.  Qadimgi 

chizmalarning  juda  oz  qismigina  bizgacha  saqlanib  qolgan.  Buning  asosiy 

sababi  qurilgan  saroy,  istehkom,  masjid  va  madrasalar  aynan  qayta 

qurilmasligi uchun chizmalar yoqib tashlangan.  

Kiyinchalik ham respublikamizda chizmachilik fanlariga bulga ehtiyoj yanada 

kuchayib bordi va bu borada birinchilardan bulib R.Xorunov, 

Yusuf 

Qirg`izboyev,  E.Sobirov,  L.Hakimov, I.Raximov va  Sh.K.Murodovlar    ish 



olib borganlar.   

 

Respublikamiz  mustaqilikni  qulga  kiritga  dardan  boshlab  hozirgi  kunga 



qadar  har  sohada  Jadal  rivojlanmoqda.shaharlarimiz  va  qishloqlarimi  tanib 

bulmas  darajada  o’zgarmoqda.bunday  bunyotkorlik  islirini  amalgam 

oshirishda  chizmachilik  fanlarining  ahamiyati  juda  katta.demak  insoniyat 

rivojlanishda  davom  etar  ekan  chizmachilik  fanlari  ham  uz-uzidan  rivojlanib 

takomillashb boraviradi. 

 

 



 

 

 

9

1.1 PROEKSIYALASH USULLARINING YARATILISH TARIXI. 

 

Grafik  tasvirga  bo`lgan  ehtiyoj  ibtidoiy  jamoa  davrida  paydo  bo`la 



boshlagan.  Ibtidoiy  odamlarning  bizgacha  saqlangan  mehnat  qurollari  va 

buyumlarida  qo`llanilgan  bezaklar  hamda  qoya  toshga  o`yib  ishlangan  ko`plab 

tasvirlar bundan guvohlik beradi. 

Markaziy Osiyo, jumladan O`zbekiston hududidagi arxeologik qazish ishlari 

bu  erda  yashagan  ibtidoiy  xalqlarning  tasviriy  san`ati  ancha  yuksak  bo`lganini 

ko`rsatadi.  Ular  ish  faoliyatlarini  qoyatoshlarga  o`yilgan  tasvirlarda  aks  etganlar. 

Masalan,  Jizzax  yaqinidagi  qoyatoshga  o`yilgan  (ishlangan)  ov  manzarasi  (1-

shakil),  Soymalitosh  (Farg`ona  vodiysi)da  topilgan  qoyatoshdagi  tasvir  (2-

shakil)da quyosh va dehqonning, shudgor qilish jarayoni aks ettirilgan. Bu tasvirlar 

miloddan 2-3 ming yil ilgari toshga o`yib ishlangan.

1

 

                            



 

Ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq dastlabki arxitektura-qurilish paydo bo`la 

boshlagan.  Ibtidoiy  arxitektura  namunalari  yerto`la,  kulba,  kapa  (chayla)lardan 

iborat  bo`lgan;  suvga  yaqin  joylarda  esa  xarsangtosh,  loy,  suyak,  yog`och,  shox-

shabalardan qurilgan. Bunday ibtidoiy arxitektura namunalaridan 30ga yaqin turar 

joy  qoldiqlari  Markaziy  Qozog`iston  hududidan  topilgan.  3-shaklda  Markaziy 

Qozog`istondagi  Bug`ili  tog`idan  topilgan  ibtidoiy  binolardan  (rekonstruksiya 

qilingan) birining tasviri ko`rsatilgan. 

Ibtidoiy jamoa davridagi binolarning qoldiqlaridan ko`rinib turibdiki, ular 

                                                           

1

 O

`



zSE, IV tom, 523-bet. XIV tom, 581-bet. 

 

10

to`g`ri  to`rtburchak  qilib,  yerto`la  va  yarim  yertola  tarzida  qurilgan. 



Respublikamiz 

hududida  miloddan  oldingi  IV  asrda  har  qaysi  xalqlar  o`zini  chetki 

dushmanlardan  himoya  qilish  uchun  qalin  va  baland  devorlar,  qo`rg`onlar  va 

istehkomlar  qurishgan  (Jonbos  qal`a,  Dalvarzin  tepa,  Tuproq  qal`a,  Buxoro 

yaqinidagi  Varaxsha,  Termiz  yaqinidagi Bolalik tepa,  Farg`ona  vodiysidagi  Quva 

qal


`

a  va  b.).  Istehkomlarni  qurishdan  oldin  albatta  ularning  tarixi  (plani)  chizib 

olingan.  Shunday  qilib,  O`zbekiston  hududida  asta-sekin  arxitektura-qurilish 

chizmalarini bajarish takomillasha borgan va shu chizmalar asosida binolar qurish 

shunday  yuqori  darajaga  ko`tarilganki,  so

`

ngi  o`n  asrdan  ortiq  vaqt  davomida 



Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlarda avlodlarimiz tomonidan bunyod etilgan 

tarixiy  obidalar  hozirgi  kunga,  kelib  jahon  arxitektura  san`atining  durdonalariga 

aylangan.  Shu  sababli  ham  bu  shaharlarni  «ochiq  osmon  ostidagi  muzey  shahar» 

deb bekorga aytmaydilar. 

Ajdodlarlmiz  qurilishda  ishlatiladigan  turli  shakldagi  g`ishtlar  tayyorlashda 

o`ziga  xos  standartlardan,  ya`ni  g`isht  quyish  qolip  (yog`ochdan  tayyorlangan 

moslama)  lardan  foydalanganlar.  Bu  esa  O`zbekiston  hududida  ayrim  standart 

turlaridan ming yillar oldin foydalanganlaridan dalolat beradi. Keyinchalik olimlar 

o`zlarining  ilmiy  ishlarida`  yozuv  bilan  bir  qatorda  grafik  tasvirlardan  keng 

foydalanganlar  (O`rta  Osiyo  mutafakkir  olimlari  ishlarida  grafik  tasvirlardan 

foydalanish  tarixi  ming  yillardan  oshadi.  Ular  o

`

z  asarlarida  o`ziga  xos 



chizmalardan  mohirona  foydalangan.  Bunga  dalil  sifatida  Ibn  Sinoning 

«Donishnoma»  (Ibn  Sino,  Donishnoma,  Tehron,  1952)  asaridagi  grafik 

tasvirlarning ayrimlarini olib qaraylik. Asarning geometriya oid bobida, jumladan 

chizmachilik asboblardan sirkul (pargar) hamda chizg`ich yordamida bajariladigan 

masalalarning  bajarilish  tartibi  tushuntirib  beriladi.  Mexanikaga  bag`ishlangan 

boblarda esa chig`iriq, blok, richag vint, pona kabi oddiy moslamalarning tuzilishi-

bayon  qilinadi  hamda  ular  grafik  tasvirlarda  yaqqol  ko`rsatib  beriladi.  Shunisi 

diqqatga  sazovorki,  chig`iriq,  vint,  pona  kabilarning  yaqqol  tasviri  aksonometrik 

proyeksiyalarda  balarilgan.  4-shaklda  pona  aksonometrik  proyeksiyalarda 


 

11

ko`rsatilgan. 



Blok, 

ustun  kabilar  esa  aksonometrik 

proyeksiya 

bilan 


omixtalashtirilgan holda perspektivada kursatilgan(5-shakl).  

               

 

 

 



Ibn  Sino  bu  asarida  mexanizmlarning  yaqqol  tasviri  bilan  bir  qatorda, 

ularning chizmasini sxemada ham tasvirlaydi. Chunonchi, g`ildirak bilan vintlarni, 

shuningdek  g`ildirak,  vint  va  bloklarni  birlashtirishni  tasvirlar  ekan,  ayni  paytda 

ularni  grafik  tasvirlarda  ko`rsatadi.  Bular  yig`ma  chizmalar  bo`lib,  kinematik 

sxemalarni  eslatadi.  Masalan,  chig`iriq  bilan  vintning  ilashishini  aks  ettiruvchi 

grafik tasvirni olib qaraylik (6-shakl). Tasvirdan ma’lum bo`ladiki, AB va CD ikki 

vertikal ustun bo`lib,  ularga qo`yidagilar biriktirilgan:  ER,  FJ,  MN  lar  o`q bo`lib, 

ularning  birinchisiga  H  tishli  g`ildirak,  ikkinchisiga  P  va  L  tishli  g`ildiraklar, 

uchinchisiga  X  va  O  tishli  g`ildiraklar  o`tkazilgan.  Tishli  g`ildiraklar  vertikal 

joylashgan  bo`lib,  O  g`ildirakka  vertikal  holda  vint  biriktirilgan.  G`ildiraklarning 

o`qi, va l va ustunlar esa to`g`ri chiziqlar bilan tasvirlangan. H va P hamda L va X 

g`ildiraklarning vazifasi tishli uzatishdan iborat. O g`ildirak bilan vintning ilashishi 

esa  chervyakli  uzatishga  asoslangan.  Alloma  foydalangan  bu  grafik  tasvir 

kinematik  sxemaning  shartli  belgilari  asosida  7-shakldagi,  b  ko`rinishni  oladi. 



 

12

Uning  ishlashi  qo`yidagi  tartibda  bo`ladi:  harakat  manbai  bo`lgan  vint  (1)  tishli 



g`ildirakka  (2)  biriktirilgan;  2  va  3  g`ildiraklar  esa  harakatni  I  valdan  II  valga 

uzatadi;  5-g`ildirak  III  valga  o`rnatilgan  S-g`ildirak  bilan  ilashib,  harakatni  unga 

uzatadi.  Olimning  ko`rsatishicha  III  valga  yuk  ortiladi  va  moslama  harakatga 

keltirilganda yuk yuqoriga ko`tariladi.  Bunday chizmalarni Abu Rayhon Beruniy, 

Al-Xorazmiy,  Ali  Qushchi  kabi  allomalarning  ishlarida  ham  ko`plab  uchratish 

mumkin. 


Odamlarning  ishlab  chiqarish  faoliyatining  rivojlana  borishi  ular  oldiga 

buyumlarni  tekislikka  aniq  tasvirlash  va  tasvir  asosida  buyum  o`lchamlarini 

aniqlash bilan bog`liq bo`lgan tasvirlash vazifasini qo`ya boshladi. 

XVIII  asr  oxirida  frantsuz  olimi  Caspar  Monj  o`zidan  oldin  yashab  o`tgan 

olimlarning ilmiy asarlarini o`rganib chizmachilik fanini nazariy asosi hisoblangan 

«Tasviriy geometriya» («Chizma geometriya») kitobini yozdi. Bu kitob 1798 yilda 

nashrdan chiqib, tez orada butun Evropaga yoyildi va texnikada keng tadbiq qilina 

boshlandi.  G.Monj  o`zaro  perpendikulyar  bo`lgan  ikki  tekislikka  to`g`ri  burchak 

ostida  (ortogonal)  proyeksiyalashning  asoschisi  hisoblanib,  bu  usul  hozirgacha 

«Monj  usuli»  deb  yuritiladi.  Amalda  foydalaniladigan  va  o`lchash  bilan  bog`liq  

bo`lgan  proyeksion,  mashinasozlik  va  arxitektura-qurilish  va  boshqa  barcha 

chizmalar Monj usulida bajariladi. 

Respublikamizda  tasvirlari  o`rganish  «Chizmachilik»  va  «Chizma 

geometriya»  nomlar  bilan  1931  yildan  boshlab  maktab  va  oliy  o

`

quv  yurtlarida 



o`qitila  boshlandi.  Bu  soha  bo`yicha  elikka  yaqin  fan  doktori  va  fan  nomzodlari 

yetishib chiqdi. Bu fanlarni rivojlantirish hamda o`qitish va uni takomiilashtirishda 

o`zbek pedagog olimlardan R.Xorunov, Yu.Qirg`izboyev, E.Sobitov, I.Rahmonov, 

S.Murodov,  A.Akbarov,  J.Yodgorov,  L.Hakimov,  A.Ismatullayev,  P.Odilov  va 

metodist  olimlardan  A.Umronxo`jayev,  E.Rovziyev  kabilarning  hissalari  katta 

bo`ldi. 


Yuqorida  aytilganlardan,  mamlakatimiz  hududida  qoyatoshga  o`yib 

ishlangan  grafik  tasvir  (chizma)lar  hozirgi  kunga  kelib  mutaxassislar  tomonidan 

qanchalik mukammal darajada tayyorlanayotganligi ayon bo`ladi. 


 

13

Yuqorida  aytganimizdek,  tasvirga  bo`lgan  ehtiyoj  ibtidoiy  jamoa  tuzumi 



davridan paydo bo`la boshlagan. Bu davrda, dastlab, kishilar bir-birlari; bilan faqat 

og`zaki  nutq  yordamida  fikr  almashgan.  Keyinchalik  yirik  urug`  va  qabila 

jamoalarining  tarkib  topishi  bilan  og`zaki  nutqni  uzoqqa  yetkazish  ehtiyoji 

tug`ilgan. Bunday ehtiyojni tasvirlar bajargan. Kishilar tasvir vositasida o`zaro fikr 

almashgan.  Insonning  uncha  murakkab  bo`lmagan  grafik  tasvirlarni  qoya  toshga 

o`yib ishlay olishi birinchi bor xat yozishni yaratishga imkoniyat bo’ldi. Qadimgi 

xatlarda  so`z  va  harflar  bo`lmagan.  Narsa  haqidagi  fikrlar  o`sha  narsaning  tasviri 

orqali  uzatilgan,  Bunday  «rasm»  xat  yordamida  jang,  harbiy  yurishlar  va 

hayvonlarni ovlash haqida hikoyalar yozilgan. 

Masalan  8-shaklda  ko`rsatilgan  suyakdan  kesib  ishlash  usulida,  «yozilgan» 

ov jarayoni haqidagi hikoyaning mazmuni qo`yidagicha: 

1  -  hikoya  aytuvchi  bir  qo`li  bilan  o`zini  ko`rsatib  turibdi,  bu  «men», 

ikkinchi qoli uzoqqa yo`naltirilgan - «jo`nayapman» degani; 

2 - eshkak ko`targan shakl «qayiqda ketayapman» degani;    

3  -  boshni  ushlab  turgan  qo`li  «tunayman  bir  barmog`ini  ko`tarib  turgan 

qo`li “bir kecha” degani;          

4  –  “orol  o`rtasidagi  o`tovda»,  o

`

tov  (ko`za,  yasash  joy)  nuqta  bilan 



tasvirlangan;  

5 – “yurishni davom ettiraman”;    

6 – 



odam yashaydigan joyda” (yashash • joyini ko`rsatadigan..nuqta yo`q); 



7  –  “u  yerda  ikki  kecha  tunayman”  (ikkita  ko`tarilgan  qo`l  bosh  yonida  va 

ikki barmoq ko`tarilgan qo`llarda);  

8 – “nayza bilan ov qilaman” (uzun arqonga bog`lab dengiz hayvonlariga -   

otiladigan nayza);  

9-“tyulenlar” ovlayman; 

10- “kamondan o`q uzib” ov qilaman;  

11 –“qayiqda boshqa kishi bilan qaytaman” (eshkakli qayiqda ikki kishi 

orqaga qaytamiz); 

12-“yashaydigan o`tovga etib boraman” 


 

14

Ibtidoiy  odamlar  grafik  tasvirlarni  daraxt  po`stlog`i,  tosh,  suyak,  teri  va 



boshqa ashyolarga chizganlar. 

Yuqoridagi grafik tasvirlar Markaziy Osiyo va Rossiyaning Oltoy o`lkasidan 

topilgan. 

Hozirgi  kunda  yozuvdan  tashqari  zamonaviy  tasvir  va  undan  kundalik 

turmushimizda foydalanishning ahamiyati har bir oddiy inson uchun yanada oshib 

bormoqda.  Chunki  hozirgi  kunda  biror  bir  oilani  radiopriyomnik,  magnitafon, 

televizor,  videomagnitafon,  telefon,  uy-ro`zg`or  textikasi,  mebel  yoki  bolalar 

o`yinchog`larisiz  tasavvur  qilib  bolmaydi.  Bu  qurilmalar  uchun  uning  pasportiga 

chizmasi  yoki  sxemalari  ilova  qilinadi.  Ilovadagi  tasvir  (chizma,  rasm,  sxema  va 

h.k.)larni o`qiy bilish va tushunish har bir kishi uchun muhim hisoblanadi. 

Uyda oddiy kiyim yoki ayrim mayda-chuyda narsalarni o`z kuchingiz bilan 

tayyorlash  uchun  narsaning  yoyilma-andozasini  tayyorlab  bilishingiz  kerak 

bo`ladi. 

Oilada bolalarni texnik ijodiyotini o`stirishda oddiy chizma, eskiz, rasm yoki 

sxemalarni  bajarish  va  uni  o`qish  malakasiga  ega  bo`lish  ota-ona  uchun  muhim 

ahamiyatga ega, bolangizga biror bir o`yinchoq (mexanik, elektron shu kabi) sotib 

oldingiz,  o`yinchoqni  yig`ish  va  foydalanish  uchun  bolaga  yordam  bermoqchi 

bo`lsangiz,  albatta,  o`yinchoq  pasportiga  ilova  qilib  berilgan  tasvirlardan 

foydalanasiz. Ilovadagi tasvir (chizma yoki sxema)ni bola o`qiy olishi uchun unga 

yordamlashasiz va bu bilan bolani texnik ijodiyotga bo`lgan qiziqishini oshirasiz. 

Kundalik 

turmushimizda 

yo`l 

harakati 



qoidalarining 

belgilar 

(piktogrammalar)ni bilish va ularni bolalarga o`rgatish hamda ularga rioya qilishga 

o`rgatish;  bola  hayoti  uchun  xavfli  bo`lgan  turli  ko`ngilsiz  hodisalarni  oldini 

olishda muhim ahamiyatga ega. 

Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  tasvirni  tushunish,  tuzish  va  undan 

foydalanish  nafaqat  mutaxassis  uchun,  balki  har`bir  inson  faoliyati  uchun  muhim 

ahamiyatga ega. 

 

                           . 



 

15



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling