Mavzu: Qobiliyat individual psixologik xususiyst sifatida Reja: Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyatlar tuzulishi


Download 15.2 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi15.2 Kb.
#1128820
  1   2   3
Bog'liq
15.Mavzu


Mavzu:Qobiliyat individual psixologik xususiyst sifatida
Reja:
1.Qobiliyat haqida tushuncha.
2.Qobiliyatlar tuzulishi.
3.Talantning paydo bo’lishi va tuzilishi.

Shaxsning muhim individual sifati hisoblanuvchi qobiliyat shaxsning boshqa individual sifatlari bilan bog‘liq holda xilma-xil bo‘ladi. Psixolog nuqtayi nazarida qobiliyatlilik sifat jihatidan malakalarda ajralib turadi. Qobiliyat orqali odamlar o‘yinda, ishda, mehnatda ham bir-birlaridan keskin farq qiladilar. Qobiliyat o‘zi nima, u insonlarda qay tarzda namoyon bo‘ladi degan savolga, u insonlarning bosh miya faoliyatining ishlashi bilan bog‘liq degan javobni olamiz. Masalan: ba’zi bir insonlarda miyaning chap qismi ko‘proq rivojlangan, boshqalarda esa o‘ng qismi rivojlangan degan g‘oyasini keltirishdi. Yuqorida yozganimizdek tajribalar ko‘rsatadiki, miyaning har bir qismi o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Miyaning chap qismi mantiqiy jihatdan narsalarga baho beradi. O‘ng miya - hissiyot bilan intuitsiya orqali bo‘lib, narsalami qabul qilishga yordam beradi. “Dihotomiya” -o‘ng va chap miya qismlari bu fikr sizni osonlik bilan fikrdan chalg‘itishi mumkin deb ogohlantirgan edi (Sperri 1982). Hatto biz hikoya iyotganimizda miyaning ikkala qismi ishlaydi - chap qism so‘zlar va uning ma’nosini topadi, o‘ng qismi hazil, hissiyot va tasavvumi baholaydi (Hellige,1993).


Britaniyaning Kolumbiya universitetidagi psixolog Stenli Koren, “Chapaqay sindromi” asarida jumalistika qanday qilib ko‘pincha ilm fanni soddalashtirishi va bezaklikni ko‘rsatadi. U majlislarning birida psixolog Dorin Kimuraning nutqini eshitganini esladi, unda aytilishicha, chap quloq bilan musiqani eshitgan insonlar, o‘ng quloq bilan musiqani eshitgan insonlardan ko‘ra tezroq eslashdi. O‘quvchilami ustidan tajriba o‘tkazib shuni bildikki, chap quloq o‘ng miyadagi hujayraga ko‘proq ma’lumotlar o‘tkazib beradi va o‘ng hujayra tashqarisidagi musiqalarni yaxshiroq o‘zlashtiradi. Bir necha kundan keyin, New York Times jumali yozdiki, London psixologi (Ontario viloyati) Dorin Kumura shuni aniqladiki, musiqiy qobiliyatlar miyadagi o‘ng hujayra bilan boshqariladi.
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ulami egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyat to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalami egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatiga qobiliyat deyiladi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyat imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyat bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyat faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatsiz amalga oshirilishi amri mahol, faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Faoliyat uchun zamr bo‘lgan bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, mulohaza yuritish imkonini beradi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillami tahlil qilish maqsadga muvofiq: a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyat mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir.



Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling