Mavzu: Qoniqarsiz tugʼruq faoliyati. Tasnifi. Turli tugʼruq faoliyati nuksonlari etiologiyasi, klinikasi va tashxislash. Аkusherlik taktikasi va oldini olish


Download 227.74 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi227.74 Kb.
#1180648
Bog'liq
12 - Nazariy materiallar (1)



Mavzu: Qoniqarsiz tugʼruq faoliyati.Tasnifi. Turli tugʼruq faoliyati nuksonlari etiologiyasi, 
klinikasi va tashxislash. Аkusherlik taktikasi va oldini olish. 
 
 
 NАZАRIY QISM 
Odatda homilador ayollar tugʼishiga 10-15 kun kolganda vaqti-vaqti bilan qorin pastida va belda 
biroz ogʼriq sezadilar. Bu ogʼriq homilador ayolni uncha bezovta qilmaydi. Tugʼish vaqti-soati 
yetganda bu ogʼriq tugʼruq dardiga oʼtib, avvaliga har 8-10 minutiga 20-25 sekund davomida 
tutadi, homila tugʼilishiga yaqinlashgan sari dard tutishi davomli boʼlib, 50-60 sekundgacha, 
dardlar orasi qisqarib, xar 3-4 minutdan 2-3 minutgacha yetishi mumkin. Bunda shuni hisobga 
olish kerakki, birinchi tugʼayotgan ayollarda bachadon ogʼzi ochilishi 1 soat davomida 1 sm.ni 
tashkil qilsa, qayta tugʼayotganlarda 1,5-2 sm ni tashkil qiladi. Shuning uchun birinchi 
tugʼayotganlarda 15-18 soat, qayta tugʼayotgan ayollar 6-12 soat ichida tugʼadilar. 
Tugʼruqning normal oʼtishi, koʼpincha yuqorida aytilganidek, dard tutishning toʼgʼri, muntazam 
va sekin-asta kuchayib borishiga bogʼliqdir. Dardning sustligi tugʼruq vaqtidagi ogʼriqli 
patologiya xisoblanib, 8-10% holatlarda uchraydi. Dard tutishning sustligi birlamchi va 
ikkilamchi boʼladi. 
Dard tutishning birlamchi sustligiga sabab nima? Koʼpincha bunga jinsiy organlarning, ayniqsa 
bachadonning yetilmaganligi (infantilizm va anomaliyasi), yaʼni bachadonning ikki va bir shoxli 
boʼlishi, bachadon muskullarida chandiqlar boʼlishi va boshqalar sababchidir. Bunday ayollarda 
bachadon muskullari yaxshi rivojlanmaganligidan u yetarli darajada qisqara olmaydi va dard 
susayishiga sabab boʼladi.
Bunday holat koʼpincha egiz homilali ( ikki-uch va undan koʼp) ayollarda yoki qogʼanoq suvi 
koʼp boʼlgan holatlarda tez-tez bachadon devorining xaddan tashqari choʼzilishi natijasida 
hamda koʼp tuqqan ayollarda bachadon mushaklarining choʼziluvchanligi pasayishi oqibatida 
roʼy berishi mumkin. Bu asorat yoshi 30 dan oshgan, birinchi marta tugʼayotgan ayollarda 
bachadon muskul qavatida choʼzilmaydigan biriktiruvchi toʼqima koʼpayganligi natijasida 
muskullarining qisqarish qobiliyati susayishi sababli koʼp kuzatiladi. 
Dardning birlamchi sustligida dard tugʼruq boshlanishidayoq sust boʼlib, u bir necha soatdan bir 
necha kungacha davom etishi mumkin. Bunda dard boshlanishidayoq sust boʼlib, noritmik, qisqa 
( 15-25 sekund), pauzasi uzoq ( 12-15 minut) boʼladi. Аyrim vaqtlarda dard uzoqroq tutsa ham 
natijasiz va kuchsiz boʼladi.
Dardning ikkilamchi sustligi dard boshlanishidan boshlab biroz vaqt yaxshi, muntazam, 
yetarlicha davomli boʼlib turib, soʼng sust, natijasiz boʼlib qoladi. Dard sustligini aniqlashda 
akusherka hamshiraning kuzatuvchanligi katta ahamiyatga ega.
Dard tutish davri borgan sari uzayib, ular orasidagi vaqt kamayishi oʼrniga uzayadi yoki bir 
necha soat oʼtgandan soʼng ham dard tutishi birday boʼlib qolaveradi hamda dard qisqa tutib, 
samarasiz boʼladi, yaʼni bachadon ogʼzining ochilishi juda sust boʼladi yoki birday qoladi. 
Homilaning chanoqqa yaqin turgan qismi (boshi yoki dumbasi) oldinga qarab siljimaydi. 
Kam uchraydigan dard qoniqarsiz tugʼruq faoliyati turlaridan biri bachadon muskullaring 
inertligidir. Bunda tugʼruq protsessining boshlanishida har zamonda tutadigan sust dard 


keyinchalik butunlay yoʼqolib ketadi. Bu bilan bachadon ogʼzi ochilishi ham toʼxtaydi. Bu 
akusherlikda eng ogʼir asorat hisoblanib, baʼzan bachadonning qisqarishini kuchaytiradigan har 
qanday doriga ham bachadon muskullari qisqarish bilan javob bermaydi, bunday asoratlarda 
tugʼruqni operatsiya yoʼli bilan tugatishga toʼgʼri keladi. 
Dardning sustligi natijasida tugʼruq protsessi uzayishi hamda homila suvining barvaqt ketib 
qolishi ( odatda bachadon ogʼzi toʼla ochilgandan soʼng ketishi kerak), tugʼruq yoʼllarida 
koʼpgina jaroxatlar boʼlishi, homila gipoksiyasi hamda uning shikastlanishi tugʼruqning uchinchi 
va ilk chilla davrlarida qon ketib qolishi kabi asoratlarga olib kelishi mumkin. Dardning 
sustligini davolashda nerv sistemasini tinchlantiradigan dorilar: 1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal 
trioksozin, kuniga 2-3 mahal 3% li natriy brom suyuqligidan 2 qoshiq berish lozim. Аyolga tez 
xazm boʼladigan yuqori kaloriyali ovqatlarni oz-ozdan 4-5 mahal berish kerak. Ovqat ratsioniga 
kefir, suzma, qaymoq va boshqalar, shuningdek servitamin ovqatlar kiritish tavsiya qilinadi. 
Аyolning siydik va axlat chiqarish funktsiyalariga ahamiyat berish lozim. Bunda ayol shaxsiy 
gigienaga qatʼiy rioya qilishi lozim. Аyolning ichi bir sutka davomida kelmagan boʼlsa 
tozalovchi xoʼqna qilish lozim. 
Аyol yaxshi uxlamay charchagan boʼlsa, uyqu dorilar yordamida uxlatish dardning sustligini 
davolashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun hozirgi davrda elektroson apparati yordamida 
keltirish hamda gamma oksimoy kislotasi ( GOMK) va steroid narkotik modda viadril G dan 
keng foydanilmokda. Bu dorilarni bachadon ogʼzi 2-3 sm ochiqligida beriladi. 20% li GOMK 
dan 20 ml ni 40% li glyukoza (20 ml) eritmasi bilan asta-sekin qon tomiriga yoki qon bosimi 
yuqori bulsa 2,5 % li viadril G dan 40 ml ( 1g) ni 5% glyukozaning 200 ml eritmasiga 
aralashtirilib qon tomiriga tomchillatib yuboriladi. Uyqu vaqtida (2-2,5 soat davom etadi) 
dardning tutishi normallashib qolishi mumkin. Shuni ham aytib oʼtish kerakki, bu dorilarni vrach 
anesteziolog bergani maʼqul. 
Аgar dard tutishi yaxshilanib ketmasa, uni tezlatuvchi usullarni qoʼllagan maʼqul. 
Biron-bir operatsiyadan soʼng chandiq mavjudligi, ilgari jinsiy organlarda kuzatilgan ogʼir septik 
kasalliklar, bachadonning oʼz-oʼzidan yirtilishi xavfi, koʼp homilalik, homila suvining koʼpligi 
kabilar kiradi) boʼlmasa, dardni toʼgʼridan-toʼgʼri tezlatuvchi usullardan biri qoʼllaniladi. Shular 
bilan bir qatorda homila gipoksiyasiga qarshi dorilar: nam dokadan oʼtkazilgan kislorod 
xidlatish, kokorboksilazani 40% li glyukoza bilan birga tomirga yuborish kerak. Homila suvi 
ketgan boʼlsa endometritning oldini olish uchun sulьfanilamid va antibiotiklardan berish kerak.
Oksitotsinning tomchi miqdori koʼpaytirilganda ayolning umumiy ahvoliga, bachadonning 
qisqarishiga eʼtibor berib borish lozim. Oksitotsinni spazmolitik va ogʼriq qoldiruvchi dorilar ( 
no-shpa 2 ml, yoki 0.5 % li 2 ml dibazol, yoki 2% li 2 ml papaverin gidroxlorid va boshqalar) 
bilan birga berish lozim. 
Oksitotsin qoʼllanib, dard zuraytirilayotgan vrach yoki akusherka ayolning yonida boʼlishi kerak. 
Soʼnggi vaqtlarda dardni zuraytiruvchi dorilar prostaglandin F2 (2.5 mg va 2.5 birlik oksitotsin 
500 ml 5% li glyukoza eritmasiga aralashtirilib) qon tomiriga tomchilatib yuboriladi. Tugʼruq 
vaqtida har 3 soatda asfiksiyaga qarshi profilaktik choralar koʼrish lozim. 
Dard tutishning nuqsonlari.
Tugʼruqda dard tutishning nuqsonlari deyarli tez uchrab turadi. Tugʼishning normal oʼtishi, 
koʼpincha dard tutishning toʼgʼri, muntazam va kuchli boʼlishiga bogʼlikdir. Аgar dard tutish 
zaif, siyrak boʼlsa, tugʼish uzokka choʼzilib, baʼzan tuxtab qoladi. Dard tutish pauzasi 


choʼzilganda bola koʼpincha bugʼilib qolishi va baʼzan oʼlib qolishi mumkin. Bundan tashqari 
tugʼish yullariga mikroblar kirib, (ayniqsa homila suvi ketib qolganda) bachadonning shilliq 
pardasini yalligʼlanishi (endometrit) vujudga kelishi hamda homilani ham zararlashi mumkin. 
Bunday ayollarda chilla davrida ham har xil jinsiy organ kasalliklari koʼp uchraydi. 
Dard tutish nuqsonlari asosan 2 turga boʼlinadi: 
1. 
Dard tutishning sustligi 
2. 
Xaddan tashqari kuchli boʼlishi 
Dard tutishning sustligi 
Dard tutish sustlashib qolganda bachadon muskullari yetarli darajada qisqara olmaydi. Dard 
tutish sustligi ikki asosiy turga birlamchi va ikkilamchi turlarga boʼlinadi. 
Dard tutishning birlamchi sustligi 
Bunga sabab, bachadonning jinsiy organlarning oʼsib yetishmaganligi (infantilizm) va notoʼgʼri 
taraqqiy etganligi (bachadonning ikki va bir shoxli boʼlishi) dir. 
Bunday ayollarda bachadon muskullari yaxshi taraqqiy etmaganligi sababli u yetarli darajada 
qisqara olmaydi, natijada dard tutishi sust boʼladi. Bachadon muskullari juda ham choʼzilib 
kengayib, yupqalashib qolgan holatlarda esa, uning qisqarish qobiliyati pasayadi va bu dard 
tutishning sust boʼlishiga sabab boʼladi. Bunday holat koʼpincha egiz homilali ayollarda homila 
oldi suvi koʼp boʼlgan holatlarda roʼy beradi. Bachadonda mioma oʼsmalarini boʼlishi birinchi 
marta tugʼuvchi katta yoshdagi yoki balogʼatga yetmagan ayollarda bachadon muskullari yetarli 
darajada qisqara olmasligi dard tutishning birlamchi sustligi paydo boʼlishiga sabab boʼladi. 
Katta yoshdagi ayollarda bachadon muskul qavatida biriktiruvchi toʼqima koʼpayadi, balogʼatga 
yetmaganlarda esa bachadon muskullari yetarli taraqqiy etmagan boʼladi. Shu sabablarga koʼra 
bachadon muskullarida qisqarish qobiliyati sust boʼladi. Jinsiy organlarda boʼlganyalligʼlanish 
protsessii taʼsirida bachadon devoriga joylashgan nerv oxirlarining refleks patologik boʼlishi 
natijasida ham sust boʼladi. 
Homila koʼndalang yotganda, dumbasi bilan kelganda va platsenta oldin kelganda ham dard 
tutishning birlamchi sustligi roʼy beradi. Chunki homilaning oldin keluvchi qismi chanoq 
teshigiga suqilmaydi, buning natijasida bachadon boʼynidaginerv chigallari yaxshi qitiqlanmaydi 
va bachadonning qisqarishi sust boʼladi. Dardning sust bulishiga nerv-psixik holat ham sabab 
boʼlishi mumkin. Baʼzan birinchi tugʼish ogʼir tuqqan ayollarning ikkinchi va soʼnggi 
tugʼishlarida tashvishlanishi, buning natijasida ham dard tutishi sust boʼlishi mumkin. Bulardan 
tashqari umumiy kasalliklar (yurak-qon tomir, oʼpka sili, jigar, buyrak va boshqa kasalliklar) 
ham dardni susaytirishi mumkin. Dardning birlamchi sustligi agar oʼz vaqtida yordam 
koʼrsatilmasa bir necha soatdan, bir necha kungacha davom etishi mumkin. 
Dardning birlamchi sustligi asosan tugʼruqning birinchi davrida,yaʼni bachadon boʼyni ochilishi 
davrida uchraydi bunda asosan bachadon qisqarishi sust boʼlib, ritm va davomiyligi sustlashadi, 
qisqarish oraligʼi uzoqlashadi. Baʼzan dard tutishi birmuncha choʼzilsa ham, dard juda kalta va 
kuchsiz boʼladi. Bachadonga qisqarayotgan vaqtda qoʼl bilan tegilsa uning qattiqlanishi 
sezilmaydi. Bachadon boʼynining ochilishi va homilaning oldin keluvchi qismining tugʼilishiga 
imkoniyat ham boʼladi. 
Qogʼanoq yorilmay turib tugʼruqning uzoqqa choʼzilishi unchalik xavfli yemas. Bu holat onaga 
ham, homilaga ham unchalik zarar yetkazmaydi. Аmmo qogʼanoq yorilgandan keyin ahvol 


oʼzgaradi tugʼruq choʼzilishi natijasida homila boʼgʼilib qolishi va tugʼruq yullaridan 
bachadonga infektsiya oʼtish xavfi tugʼiladi. 
Аgar homila boshi chanoqqa nisbatan katta notoʼgʼri joylashgan boʼlsa bachadon boʼyni 
chandiqli yoki kam choʼziluvchan boʼlsa ham homila boshining tugʼruq kanali boʼyicha 
surilishiga xalaqit berishi natijasida birlamchi sustlik vujudga keladi.
Bachadon muskullarining qisqarish xususiyatini buzilish sabablari koʼp boʼlib hozirgacha ayrim 
bir sababni keltirish qiyin. 
Silliq muskullardagi qisqarish xususiyati koʼndalang muskullarga oʼxshab ketadi. Аmmo tugʼish 
protsessini boshqaruvchi faktor bir muncha farqqiladi. 
Bachadon qisqartiruvchi oqsillarni qontsentratsiyasi estrogenlarning taʼsiriga bogʼliqdir. Аgar 
estrogenlar yetishmasa bu xildagi oqsil ham yetarli boʼlmaydi. Shunga koʼra bachadonning 
qisqarishi ham sust boʼladi. 
Bachadonning motorli xususiyati energetik holatiga ham bogʼliq. Maʼlumki muskullarni 
qisqarish xususiyati 70-80 % oksidlanish darajasiga bogʼliq. 
Uglekislota parchalanishini, glikoliz va achimlanish natijasida vujudga keladi. Uglekislota 
glikolizi kislorodni ishlatmasdan suv va sut kislotaga parchalanadi. Glikoliz protsessini 
homiladorlikda koʼpayadi. Boshlab bachadon sust, biroz vaqti-vaqti bilan qisqarish natija 
bermaydi ammo uglekislota qontsentratsiyasi yetarli. Tugʼish boshlanishi bilan bachadondagi 
energiya almashinuvi oksidlanish protsessii bilan almashadi. Bu holat energiya nuqtai nazaridan 
ancha foydalidir. Uglekislotaning glikolizi adenozintrifosfat kislotasi 2 ta molekulasini beradi. 
Bu asosiy energetik birikma boʼlib glyukoza malekulasiga aylangan boʼladi. Bu oksidlanish 
protsessii N.S.Baksheevning koʼrsatishicha 36 ta АTF ga teng energiyani beradi. Tugʼish 
protsessi boshlanishi va uning fiziologik kechishida bachadon muskullarida oksidlanish protsessi 
yanada kuchayadi. 
Аgar tugʼish protsessi choʼzilib ketsa unda bachadon muskullarida kislorodni kamligi vujudga 
kelib, uglekislota parchalanishi reaktsiyasi izdan chiqadi. 
Dard tutishning ikkilamchi sustligi 
Bu holat tugʼishning yarmida yuz beradi. Bunday sustlashish tugʼish protsessi choʼzilib 
ketganda, homila boshi bilan chanoq oʼlchamlari bir-biriga mos kelmaganda ( homila boshi katta 
yoki tor chanoq boʼlganda), shuningdek homila boshi chanoq kirishiga notoʼgʼri joylashganda 
vujudga keladi. Homila boshi suyaklari qattiq, bachadon boʼynini ochilishi qiyin va qogʼanoq 
pardalari qalin boʼlishi ham dardning avval kuchli boʼlib soʼng asta-sekin sustlashishiga sabab 
boʼladi. Tugʼish protsessining ikkilamchi sustligida homilaning tugʼish kanali boʼyicha surilib 
sekinlashishi, tugʼruq yullarining jaroxatlanishiga olib keladi. Homila esa asfiksiya, tugʼruq 
jaroxati, tugʼruqni uchinchi davrida va erta chilla davrida esa koʼpincha qon ketish holati 
kuzatiladi. 
Tugʼish dardi sustligini diagnoz qoʼyish asosan tugʼayotgan ayolni bir necha soat davomida 
sinchiklab kuzatish natijasida aniqlash mumkin. 
Oksitotsin bilan tugruk stimulyatsiyasi 
Oksitotsinning aktivligi va spetsifik xususiyatlari XX asr boshlaridan maʼlum bulsa xam 
uterotonik preparat sifatida 1953 yildan boshlab kullanilgan. U tulgok ritmi va avtomatizmini 
kullab kuvvatlashda muxim rol uynaydi. Xomilador ayol konida oksitotsinning eng kup 


kontsentratsiyasi tugrukning ikkinchi va uchinchi davriga tugi keladi. Isbotlanishicha, oksitotsin 
fakatgina miometriyga emas, balki PGF2 alьfa ishlab chikarilishini stimullash orkali detsidual 
tukimaga xam taʼsir kursatadi. 
Oksitotsin qonda qisqa muddat aylanib yurib, tezda oksitotsinazaga parchalanadi. Ona va 
homila gipofizining orqa boʼlagidan bir xilda ajraladi. Oksitotsinning kimyoviy formulasi va 
taʼsiri ham ona va bolada bir xil.
Oksitotsin xususiy retseptorlari orqali taʼsir etib, boshqaruvchi oqsillarni faollashtiradi, oʼz 
navbatida fosfolipaza Sni stimullaydi, inozitoltrifosfatni sintezlaydi va nihoyat xujayra ichida 
kalьtsiy miqdorini oshiradi. 
Zamonaviy akusherlikda oksitotsin faqat tomir ichiga qoʼllaniladi. Har qanday boshqa usul – 
mushak orasiga, intranazal, sublingval, transbukkal (dezaminooksitotsin tabl 50 birl.) hozirgi 
vaktda amaliyotda anik dozalash mumkin emasligi va bachadon qisqarish aktivligining 
rivojlanish xavfi borligi uchun qoʼllanilmaydi. 
Oksitotsin yordamida tugrukni stimullash preparatni tomir ichiga tomchilab kiritish yuli bilan 
utkaziladi. 
Xar kanday uterotonik preparatni kullaganda tulgok chastotasini 3-5 min oraligida 10 min dan 
ushlab turish kerak, aynan ushbu tulgok ritmi ona va bola uchun fiziologik xisoblanadi. 
Tulgok spastik xarakterga yunalganda (ogrikli, tulgoklar orasidagi pauzada bachadonning tulik 
bushashmasligi, miometriy gipertonusi, juda yukori chastotali tulgok) spazmolitiklar kiritish 
kerak (no-shpa, baralgin v.b) 
Oksitotsinni tomir ichiga kiritish – eng keng tarkalgan va kullaniladigan tugruk 
stimulyatsiyasining usullaridan biri xisoblanadi. U miometriyning sillik mushak xujayralariga 
kuchli uterotonik taʼsirga kiladi, bachadon tonusini oshiradi, aloxida muskul tolalarining 
xarakatini birlashtiradi, miometriy va detsidual tukimada PGF2 alьfa sintezini kuchaytiradi. 
PGF2 alьfa bilan bir xil taʼsir etadi.
Oksitotsinga bachadonning javob reaktsiyasi tugruk boshlanishi va tugruk jarayonida bir xil 
emas, retseptorlarning oksitotsinga nisbatan zichligi tugruk yakunlanishiga kadar oshib boradi 
(tugrukning 1 davri oxiri, 2 - va 3 – davrlar) 
Аynan xomilaning tugilish davriga kelib oksitotsin PGF2 alьfa sinteziga kuchli stimulyator 
buladi. 
Ular birgalikda xomila tugilishining sunggi boskichlari: kichik chanokning tor kismidan utishi 
va vulьvar xalkani yorib chikishni taʼminlaydi. Bunday birgalikdagi faoliyat yuldoshning 
ajralishi va chikishiga, bachadon kiskarishi va tugrukdan keyingi kon yukotishni tuxtatishga 
yordam beradi. 
Oksitotsin tugruk aktiv fazasining preparati xisoblanib, bachadon buyni 6 sm va undan kuprok 
ochilganda samarasi kuprok. 
Uning chikarilishi tugrukning 2- va 3- davrida maksima loshadi, 1- davr PGE2 va PGF2 alьfa 
faoliyati orkali taʼminlanadi 
Oksitotsinni fakat xomila kobigi butun boʼlganda qoʼllash mumkin! 
Oksitotsinning taʼsiri organizmning estrogenga tulik tuyinganligi, bchadonning oksitotsik 
moddalarga sezuvchanligi, yaʼni oksitotsin retseptorlarining yetarli zichligiga boglik. Miometriy 


sillik mushak xujayralarining spetsifik alьfa adrenoretseptori zichligi yetishmaganda (notulik 
estrogenga tuyinganlik) oksitotsin bilan tugrukni stimullash samarasiz. 
Tugruk stimulyatsiyasining aynan ushbu metodini tanlashdan avval uning zararli xususiyatlarini 
bilish kerak 
1. 
Ekzogen kiritilgan oksitotsin xususiy endogen oksitotsin ishlab chikarilishini 
kamaytiradi. Uni tomir ichiga kiritilish tuxtatilsa tugruk faoliyatining ikkilamchi sustligi kelib 
chikishi mumkin. 
2. 
Uzok muddat oksitotsinni kiritish gipertenziv va antidiuretik taʼsir kursatishi mumkin. 
Oksitotsin bilan tugruk stimulyatsiyasi va tugrukni kuzgatish ogir gestoz, anik ifodalangan 
arterial gipertenziya, buyrak yetishmovchiligida mumkin emas. 
3. 
Oksitotsin xolinesterazalar taʼsirini sundiradi, natijada parasimpatik nerv sistemasining 
mediatori – atsetilxolinning faoliyati oshadi. Simpatikoadrenal stimulyatsiya oshmasdan, 
xolinergik (parasimpatik) kuchayishi mumkin. Tugruk jarayonining sustligi disoordinatsiyaga 
utishi mumkin. (pastki segment gipertonusi, bachadon buyni diston iyasi) 
4. 
Oksitotsin soglom xomilaga nojuya taʼsir kursatmaydi. Surunkali gipoksiyada 
(fetoplatsentar yetishmovchilik) xomilada endorfinlar ishlab chikarilishini kamaytirib, ogrikka 
sezuvchanlikni oshiradi, upkada surfaktant sistemasini bostiradi, bu esa uz navbatida tugrukda 
xomila atrofi suyukligining aspiratsiyasini chakiradi, xomilada kon aylanish buziladi, MNS ning 
gipoksik zararlanishi, ona xomilada stressga karshi turgunlikning kamayishi kuzatiladi. 
5. 
Oksitotsinni kata dozada kiritish gipokoagulyatsiya va gemostaz sistemasida 
uzgarishlarni keltirib chikaradi. 
Oksitotsinni tomir ichiga kiritish xavfsizligi va samarasi kupincha bachadonning oksitotsinga 
individual sezgirligi va uni tugri dozalashga boglik. Tugruk stimulyatsiyasi jarayonida xar 10 
minutdagi tuloklar mikdori va tomchilar soniga karab oksitotsinni kichik dozalardan boshlash 
kerak.
Kullash usuli: 5 birl. oksitotsin 5% 500 ml glyukoza(dekstroza) eritmasida yoki natriy 
xloridning izotonik eritmasida eritiladi. Infuziyani tomir ichiga 1min.da 1 ml kiritishdan 
boshlanadi (10 tomchi/min). Xar 15-20 minutda dozani 10 tomchidan kupaytirib boriladi. 
Maksimal doza 8 ml/min ni tashkil etadi (40 tomchi/min). 
Oksitotsin dozasini oshirish xomilaning intranatal asfiksiyasi xavfida, miometriyda 
kiskartiruvchi tulkinlar tarkalishi buzilganda, tugruk kuchlari sustligining diskoordinatsiyaga 
aylanishida tavsiya etilmaydi. 
Tugruk stimulyatsiyasining boshlanish vakti, tulgoklar mikdori, ularning chastotasi, davomiyligi 
va kuchi, bachadon tonusi, tugruk stimulyatsiyasigacha va keyin utkazilishi lozim bulgan kin 
orkali tekshiruv maʼlumotlari tugruk tarixida belgilangan bulishi kerak. 
Tugruk stimulyatsiyasi kardiomonitor nazorat ostida utkaziladi. Tashki gisterografik yoki ichki 
tokografik tekshiruv utkazish maksadga muvofik. 
Tugruk stimulyatsiyasining samaradorligi bachadon buyni ochlishining tezligi bilan bir vaktda 
xomila boshining siljishiga boglik. Bachadon ichi bosimi muvozanatlovchi terapiya davomida 
50-60 mm. sim. ust, bazal tonus 10-12 mm. sim. ustga, tulgoklar davomiyligi 40 s gacha oshadi, 
tulgoklar oraligdagi pauza 2-3 minutni tashkil etadi. 


 Аgar oksitotsinni optimal dozada 2 soat davomida kiritilganda xech kanday klinik samara 
bermasa yoki xomilaning axvoli yomonlashishi kuzatilsa tugruk stimulyatsiyasini tuxtatish 
kerak. Xomila distressida oksitotsin kiritishni tezda tuxtatish kerak! 
Oksitotsinni kiritish tuxtatilganda gipotonik kon ketishni oldini olish uchun tugrukdan sung 1-2 
soat davomida (yuldosh ajralish va tugrukdan sunggi dastlabki davr) uni kiritishni davom ettirish 
kerak 

Download 227.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling