Mavzu: Qoniqarsiz tugʼruq faoliyati. Tasnifi. Turli tugʼruq faoliyati nuksonlari etiologiyasi, klinikasi va tashxislash. Аkusherlik taktikasi va oldini olish
Download 227.74 Kb. Pdf ko'rish
|
12 - Nazariy materiallar (1)
Mavzu: Qoniqarsiz tugʼruq faoliyati.Tasnifi. Turli tugʼruq faoliyati nuksonlari etiologiyasi, klinikasi va tashxislash. Аkusherlik taktikasi va oldini olish. NАZАRIY QISM Odatda homilador ayollar tugʼishiga 10-15 kun kolganda vaqti-vaqti bilan qorin pastida va belda biroz ogʼriq sezadilar. Bu ogʼriq homilador ayolni uncha bezovta qilmaydi. Tugʼish vaqti-soati yetganda bu ogʼriq tugʼruq dardiga oʼtib, avvaliga har 8-10 minutiga 20-25 sekund davomida tutadi, homila tugʼilishiga yaqinlashgan sari dard tutishi davomli boʼlib, 50-60 sekundgacha, dardlar orasi qisqarib, xar 3-4 minutdan 2-3 minutgacha yetishi mumkin. Bunda shuni hisobga olish kerakki, birinchi tugʼayotgan ayollarda bachadon ogʼzi ochilishi 1 soat davomida 1 sm.ni tashkil qilsa, qayta tugʼayotganlarda 1,5-2 sm ni tashkil qiladi. Shuning uchun birinchi tugʼayotganlarda 15-18 soat, qayta tugʼayotgan ayollar 6-12 soat ichida tugʼadilar. Tugʼruqning normal oʼtishi, koʼpincha yuqorida aytilganidek, dard tutishning toʼgʼri, muntazam va sekin-asta kuchayib borishiga bogʼliqdir. Dardning sustligi tugʼruq vaqtidagi ogʼriqli patologiya xisoblanib, 8-10% holatlarda uchraydi. Dard tutishning sustligi birlamchi va ikkilamchi boʼladi. Dard tutishning birlamchi sustligiga sabab nima? Koʼpincha bunga jinsiy organlarning, ayniqsa bachadonning yetilmaganligi (infantilizm va anomaliyasi), yaʼni bachadonning ikki va bir shoxli boʼlishi, bachadon muskullarida chandiqlar boʼlishi va boshqalar sababchidir. Bunday ayollarda bachadon muskullari yaxshi rivojlanmaganligidan u yetarli darajada qisqara olmaydi va dard susayishiga sabab boʼladi. Bunday holat koʼpincha egiz homilali ( ikki-uch va undan koʼp) ayollarda yoki qogʼanoq suvi koʼp boʼlgan holatlarda tez-tez bachadon devorining xaddan tashqari choʼzilishi natijasida hamda koʼp tuqqan ayollarda bachadon mushaklarining choʼziluvchanligi pasayishi oqibatida roʼy berishi mumkin. Bu asorat yoshi 30 dan oshgan, birinchi marta tugʼayotgan ayollarda bachadon muskul qavatida choʼzilmaydigan biriktiruvchi toʼqima koʼpayganligi natijasida muskullarining qisqarish qobiliyati susayishi sababli koʼp kuzatiladi. Dardning birlamchi sustligida dard tugʼruq boshlanishidayoq sust boʼlib, u bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Bunda dard boshlanishidayoq sust boʼlib, noritmik, qisqa ( 15-25 sekund), pauzasi uzoq ( 12-15 minut) boʼladi. Аyrim vaqtlarda dard uzoqroq tutsa ham natijasiz va kuchsiz boʼladi. Dardning ikkilamchi sustligi dard boshlanishidan boshlab biroz vaqt yaxshi, muntazam, yetarlicha davomli boʼlib turib, soʼng sust, natijasiz boʼlib qoladi. Dard sustligini aniqlashda akusherka hamshiraning kuzatuvchanligi katta ahamiyatga ega. Dard tutish davri borgan sari uzayib, ular orasidagi vaqt kamayishi oʼrniga uzayadi yoki bir necha soat oʼtgandan soʼng ham dard tutishi birday boʼlib qolaveradi hamda dard qisqa tutib, samarasiz boʼladi, yaʼni bachadon ogʼzining ochilishi juda sust boʼladi yoki birday qoladi. Homilaning chanoqqa yaqin turgan qismi (boshi yoki dumbasi) oldinga qarab siljimaydi. Kam uchraydigan dard qoniqarsiz tugʼruq faoliyati turlaridan biri bachadon muskullaring inertligidir. Bunda tugʼruq protsessining boshlanishida har zamonda tutadigan sust dard keyinchalik butunlay yoʼqolib ketadi. Bu bilan bachadon ogʼzi ochilishi ham toʼxtaydi. Bu akusherlikda eng ogʼir asorat hisoblanib, baʼzan bachadonning qisqarishini kuchaytiradigan har qanday doriga ham bachadon muskullari qisqarish bilan javob bermaydi, bunday asoratlarda tugʼruqni operatsiya yoʼli bilan tugatishga toʼgʼri keladi. Dardning sustligi natijasida tugʼruq protsessi uzayishi hamda homila suvining barvaqt ketib qolishi ( odatda bachadon ogʼzi toʼla ochilgandan soʼng ketishi kerak), tugʼruq yoʼllarida koʼpgina jaroxatlar boʼlishi, homila gipoksiyasi hamda uning shikastlanishi tugʼruqning uchinchi va ilk chilla davrlarida qon ketib qolishi kabi asoratlarga olib kelishi mumkin. Dardning sustligini davolashda nerv sistemasini tinchlantiradigan dorilar: 1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal trioksozin, kuniga 2-3 mahal 3% li natriy brom suyuqligidan 2 qoshiq berish lozim. Аyolga tez xazm boʼladigan yuqori kaloriyali ovqatlarni oz-ozdan 4-5 mahal berish kerak. Ovqat ratsioniga kefir, suzma, qaymoq va boshqalar, shuningdek servitamin ovqatlar kiritish tavsiya qilinadi. Аyolning siydik va axlat chiqarish funktsiyalariga ahamiyat berish lozim. Bunda ayol shaxsiy gigienaga qatʼiy rioya qilishi lozim. Аyolning ichi bir sutka davomida kelmagan boʼlsa tozalovchi xoʼqna qilish lozim. Аyol yaxshi uxlamay charchagan boʼlsa, uyqu dorilar yordamida uxlatish dardning sustligini davolashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun hozirgi davrda elektroson apparati yordamida keltirish hamda gamma oksimoy kislotasi ( GOMK) va steroid narkotik modda viadril G dan keng foydanilmokda. Bu dorilarni bachadon ogʼzi 2-3 sm ochiqligida beriladi. 20% li GOMK dan 20 ml ni 40% li glyukoza (20 ml) eritmasi bilan asta-sekin qon tomiriga yoki qon bosimi yuqori bulsa 2,5 % li viadril G dan 40 ml ( 1g) ni 5% glyukozaning 200 ml eritmasiga aralashtirilib qon tomiriga tomchillatib yuboriladi. Uyqu vaqtida (2-2,5 soat davom etadi) dardning tutishi normallashib qolishi mumkin. Shuni ham aytib oʼtish kerakki, bu dorilarni vrach anesteziolog bergani maʼqul. Аgar dard tutishi yaxshilanib ketmasa, uni tezlatuvchi usullarni qoʼllagan maʼqul. Biron-bir operatsiyadan soʼng chandiq mavjudligi, ilgari jinsiy organlarda kuzatilgan ogʼir septik kasalliklar, bachadonning oʼz-oʼzidan yirtilishi xavfi, koʼp homilalik, homila suvining koʼpligi kabilar kiradi) boʼlmasa, dardni toʼgʼridan-toʼgʼri tezlatuvchi usullardan biri qoʼllaniladi. Shular bilan bir qatorda homila gipoksiyasiga qarshi dorilar: nam dokadan oʼtkazilgan kislorod xidlatish, kokorboksilazani 40% li glyukoza bilan birga tomirga yuborish kerak. Homila suvi ketgan boʼlsa endometritning oldini olish uchun sulьfanilamid va antibiotiklardan berish kerak. Oksitotsinning tomchi miqdori koʼpaytirilganda ayolning umumiy ahvoliga, bachadonning qisqarishiga eʼtibor berib borish lozim. Oksitotsinni spazmolitik va ogʼriq qoldiruvchi dorilar ( no-shpa 2 ml, yoki 0.5 % li 2 ml dibazol, yoki 2% li 2 ml papaverin gidroxlorid va boshqalar) bilan birga berish lozim. Oksitotsin qoʼllanib, dard zuraytirilayotgan vrach yoki akusherka ayolning yonida boʼlishi kerak. Soʼnggi vaqtlarda dardni zuraytiruvchi dorilar prostaglandin F2 (2.5 mg va 2.5 birlik oksitotsin 500 ml 5% li glyukoza eritmasiga aralashtirilib) qon tomiriga tomchilatib yuboriladi. Tugʼruq vaqtida har 3 soatda asfiksiyaga qarshi profilaktik choralar koʼrish lozim. Dard tutishning nuqsonlari. Tugʼruqda dard tutishning nuqsonlari deyarli tez uchrab turadi. Tugʼishning normal oʼtishi, koʼpincha dard tutishning toʼgʼri, muntazam va kuchli boʼlishiga bogʼlikdir. Аgar dard tutish zaif, siyrak boʼlsa, tugʼish uzokka choʼzilib, baʼzan tuxtab qoladi. Dard tutish pauzasi choʼzilganda bola koʼpincha bugʼilib qolishi va baʼzan oʼlib qolishi mumkin. Bundan tashqari tugʼish yullariga mikroblar kirib, (ayniqsa homila suvi ketib qolganda) bachadonning shilliq pardasini yalligʼlanishi (endometrit) vujudga kelishi hamda homilani ham zararlashi mumkin. Bunday ayollarda chilla davrida ham har xil jinsiy organ kasalliklari koʼp uchraydi. Dard tutish nuqsonlari asosan 2 turga boʼlinadi: 1. Dard tutishning sustligi 2. Xaddan tashqari kuchli boʼlishi Dard tutishning sustligi Dard tutish sustlashib qolganda bachadon muskullari yetarli darajada qisqara olmaydi. Dard tutish sustligi ikki asosiy turga birlamchi va ikkilamchi turlarga boʼlinadi. Dard tutishning birlamchi sustligi Bunga sabab, bachadonning jinsiy organlarning oʼsib yetishmaganligi (infantilizm) va notoʼgʼri taraqqiy etganligi (bachadonning ikki va bir shoxli boʼlishi) dir. Bunday ayollarda bachadon muskullari yaxshi taraqqiy etmaganligi sababli u yetarli darajada qisqara olmaydi, natijada dard tutishi sust boʼladi. Bachadon muskullari juda ham choʼzilib kengayib, yupqalashib qolgan holatlarda esa, uning qisqarish qobiliyati pasayadi va bu dard tutishning sust boʼlishiga sabab boʼladi. Bunday holat koʼpincha egiz homilali ayollarda homila oldi suvi koʼp boʼlgan holatlarda roʼy beradi. Bachadonda mioma oʼsmalarini boʼlishi birinchi marta tugʼuvchi katta yoshdagi yoki balogʼatga yetmagan ayollarda bachadon muskullari yetarli darajada qisqara olmasligi dard tutishning birlamchi sustligi paydo boʼlishiga sabab boʼladi. Katta yoshdagi ayollarda bachadon muskul qavatida biriktiruvchi toʼqima koʼpayadi, balogʼatga yetmaganlarda esa bachadon muskullari yetarli taraqqiy etmagan boʼladi. Shu sabablarga koʼra bachadon muskullarida qisqarish qobiliyati sust boʼladi. Jinsiy organlarda boʼlganyalligʼlanish protsessii taʼsirida bachadon devoriga joylashgan nerv oxirlarining refleks patologik boʼlishi natijasida ham sust boʼladi. Homila koʼndalang yotganda, dumbasi bilan kelganda va platsenta oldin kelganda ham dard tutishning birlamchi sustligi roʼy beradi. Chunki homilaning oldin keluvchi qismi chanoq teshigiga suqilmaydi, buning natijasida bachadon boʼynidaginerv chigallari yaxshi qitiqlanmaydi va bachadonning qisqarishi sust boʼladi. Dardning sust bulishiga nerv-psixik holat ham sabab boʼlishi mumkin. Baʼzan birinchi tugʼish ogʼir tuqqan ayollarning ikkinchi va soʼnggi tugʼishlarida tashvishlanishi, buning natijasida ham dard tutishi sust boʼlishi mumkin. Bulardan tashqari umumiy kasalliklar (yurak-qon tomir, oʼpka sili, jigar, buyrak va boshqa kasalliklar) ham dardni susaytirishi mumkin. Dardning birlamchi sustligi agar oʼz vaqtida yordam koʼrsatilmasa bir necha soatdan, bir necha kungacha davom etishi mumkin. Dardning birlamchi sustligi asosan tugʼruqning birinchi davrida,yaʼni bachadon boʼyni ochilishi davrida uchraydi bunda asosan bachadon qisqarishi sust boʼlib, ritm va davomiyligi sustlashadi, qisqarish oraligʼi uzoqlashadi. Baʼzan dard tutishi birmuncha choʼzilsa ham, dard juda kalta va kuchsiz boʼladi. Bachadonga qisqarayotgan vaqtda qoʼl bilan tegilsa uning qattiqlanishi sezilmaydi. Bachadon boʼynining ochilishi va homilaning oldin keluvchi qismining tugʼilishiga imkoniyat ham boʼladi. Qogʼanoq yorilmay turib tugʼruqning uzoqqa choʼzilishi unchalik xavfli yemas. Bu holat onaga ham, homilaga ham unchalik zarar yetkazmaydi. Аmmo qogʼanoq yorilgandan keyin ahvol oʼzgaradi tugʼruq choʼzilishi natijasida homila boʼgʼilib qolishi va tugʼruq yullaridan bachadonga infektsiya oʼtish xavfi tugʼiladi. Аgar homila boshi chanoqqa nisbatan katta notoʼgʼri joylashgan boʼlsa bachadon boʼyni chandiqli yoki kam choʼziluvchan boʼlsa ham homila boshining tugʼruq kanali boʼyicha surilishiga xalaqit berishi natijasida birlamchi sustlik vujudga keladi. Bachadon muskullarining qisqarish xususiyatini buzilish sabablari koʼp boʼlib hozirgacha ayrim bir sababni keltirish qiyin. Silliq muskullardagi qisqarish xususiyati koʼndalang muskullarga oʼxshab ketadi. Аmmo tugʼish protsessini boshqaruvchi faktor bir muncha farqqiladi. Bachadon qisqartiruvchi oqsillarni qontsentratsiyasi estrogenlarning taʼsiriga bogʼliqdir. Аgar estrogenlar yetishmasa bu xildagi oqsil ham yetarli boʼlmaydi. Shunga koʼra bachadonning qisqarishi ham sust boʼladi. Bachadonning motorli xususiyati energetik holatiga ham bogʼliq. Maʼlumki muskullarni qisqarish xususiyati 70-80 % oksidlanish darajasiga bogʼliq. Uglekislota parchalanishini, glikoliz va achimlanish natijasida vujudga keladi. Uglekislota glikolizi kislorodni ishlatmasdan suv va sut kislotaga parchalanadi. Glikoliz protsessini homiladorlikda koʼpayadi. Boshlab bachadon sust, biroz vaqti-vaqti bilan qisqarish natija bermaydi ammo uglekislota qontsentratsiyasi yetarli. Tugʼish boshlanishi bilan bachadondagi energiya almashinuvi oksidlanish protsessii bilan almashadi. Bu holat energiya nuqtai nazaridan ancha foydalidir. Uglekislotaning glikolizi adenozintrifosfat kislotasi 2 ta molekulasini beradi. Bu asosiy energetik birikma boʼlib glyukoza malekulasiga aylangan boʼladi. Bu oksidlanish protsessii N.S.Baksheevning koʼrsatishicha 36 ta АTF ga teng energiyani beradi. Tugʼish protsessi boshlanishi va uning fiziologik kechishida bachadon muskullarida oksidlanish protsessi yanada kuchayadi. Аgar tugʼish protsessi choʼzilib ketsa unda bachadon muskullarida kislorodni kamligi vujudga kelib, uglekislota parchalanishi reaktsiyasi izdan chiqadi. Dard tutishning ikkilamchi sustligi Bu holat tugʼishning yarmida yuz beradi. Bunday sustlashish tugʼish protsessi choʼzilib ketganda, homila boshi bilan chanoq oʼlchamlari bir-biriga mos kelmaganda ( homila boshi katta yoki tor chanoq boʼlganda), shuningdek homila boshi chanoq kirishiga notoʼgʼri joylashganda vujudga keladi. Homila boshi suyaklari qattiq, bachadon boʼynini ochilishi qiyin va qogʼanoq pardalari qalin boʼlishi ham dardning avval kuchli boʼlib soʼng asta-sekin sustlashishiga sabab boʼladi. Tugʼish protsessining ikkilamchi sustligida homilaning tugʼish kanali boʼyicha surilib sekinlashishi, tugʼruq yullarining jaroxatlanishiga olib keladi. Homila esa asfiksiya, tugʼruq jaroxati, tugʼruqni uchinchi davrida va erta chilla davrida esa koʼpincha qon ketish holati kuzatiladi. Tugʼish dardi sustligini diagnoz qoʼyish asosan tugʼayotgan ayolni bir necha soat davomida sinchiklab kuzatish natijasida aniqlash mumkin. Oksitotsin bilan tugruk stimulyatsiyasi Oksitotsinning aktivligi va spetsifik xususiyatlari XX asr boshlaridan maʼlum bulsa xam uterotonik preparat sifatida 1953 yildan boshlab kullanilgan. U tulgok ritmi va avtomatizmini kullab kuvvatlashda muxim rol uynaydi. Xomilador ayol konida oksitotsinning eng kup kontsentratsiyasi tugrukning ikkinchi va uchinchi davriga tugi keladi. Isbotlanishicha, oksitotsin fakatgina miometriyga emas, balki PGF2 alьfa ishlab chikarilishini stimullash orkali detsidual tukimaga xam taʼsir kursatadi. Oksitotsin qonda qisqa muddat aylanib yurib, tezda oksitotsinazaga parchalanadi. Ona va homila gipofizining orqa boʼlagidan bir xilda ajraladi. Oksitotsinning kimyoviy formulasi va taʼsiri ham ona va bolada bir xil. Oksitotsin xususiy retseptorlari orqali taʼsir etib, boshqaruvchi oqsillarni faollashtiradi, oʼz navbatida fosfolipaza Sni stimullaydi, inozitoltrifosfatni sintezlaydi va nihoyat xujayra ichida kalьtsiy miqdorini oshiradi. Zamonaviy akusherlikda oksitotsin faqat tomir ichiga qoʼllaniladi. Har qanday boshqa usul – mushak orasiga, intranazal, sublingval, transbukkal (dezaminooksitotsin tabl 50 birl.) hozirgi vaktda amaliyotda anik dozalash mumkin emasligi va bachadon qisqarish aktivligining rivojlanish xavfi borligi uchun qoʼllanilmaydi. Oksitotsin yordamida tugrukni stimullash preparatni tomir ichiga tomchilab kiritish yuli bilan utkaziladi. Xar kanday uterotonik preparatni kullaganda tulgok chastotasini 3-5 min oraligida 10 min dan ushlab turish kerak, aynan ushbu tulgok ritmi ona va bola uchun fiziologik xisoblanadi. Tulgok spastik xarakterga yunalganda (ogrikli, tulgoklar orasidagi pauzada bachadonning tulik bushashmasligi, miometriy gipertonusi, juda yukori chastotali tulgok) spazmolitiklar kiritish kerak (no-shpa, baralgin v.b) Oksitotsinni tomir ichiga kiritish – eng keng tarkalgan va kullaniladigan tugruk stimulyatsiyasining usullaridan biri xisoblanadi. U miometriyning sillik mushak xujayralariga kuchli uterotonik taʼsirga kiladi, bachadon tonusini oshiradi, aloxida muskul tolalarining xarakatini birlashtiradi, miometriy va detsidual tukimada PGF2 alьfa sintezini kuchaytiradi. PGF2 alьfa bilan bir xil taʼsir etadi. Oksitotsinga bachadonning javob reaktsiyasi tugruk boshlanishi va tugruk jarayonida bir xil emas, retseptorlarning oksitotsinga nisbatan zichligi tugruk yakunlanishiga kadar oshib boradi (tugrukning 1 davri oxiri, 2 - va 3 – davrlar) Аynan xomilaning tugilish davriga kelib oksitotsin PGF2 alьfa sinteziga kuchli stimulyator buladi. Ular birgalikda xomila tugilishining sunggi boskichlari: kichik chanokning tor kismidan utishi va vulьvar xalkani yorib chikishni taʼminlaydi. Bunday birgalikdagi faoliyat yuldoshning ajralishi va chikishiga, bachadon kiskarishi va tugrukdan keyingi kon yukotishni tuxtatishga yordam beradi. Oksitotsin tugruk aktiv fazasining preparati xisoblanib, bachadon buyni 6 sm va undan kuprok ochilganda samarasi kuprok. Uning chikarilishi tugrukning 2- va 3- davrida maksima loshadi, 1- davr PGE2 va PGF2 alьfa faoliyati orkali taʼminlanadi Oksitotsinni fakat xomila kobigi butun boʼlganda qoʼllash mumkin! Oksitotsinning taʼsiri organizmning estrogenga tulik tuyinganligi, bchadonning oksitotsik moddalarga sezuvchanligi, yaʼni oksitotsin retseptorlarining yetarli zichligiga boglik. Miometriy sillik mushak xujayralarining spetsifik alьfa adrenoretseptori zichligi yetishmaganda (notulik estrogenga tuyinganlik) oksitotsin bilan tugrukni stimullash samarasiz. Tugruk stimulyatsiyasining aynan ushbu metodini tanlashdan avval uning zararli xususiyatlarini bilish kerak 1. Ekzogen kiritilgan oksitotsin xususiy endogen oksitotsin ishlab chikarilishini kamaytiradi. Uni tomir ichiga kiritilish tuxtatilsa tugruk faoliyatining ikkilamchi sustligi kelib chikishi mumkin. 2. Uzok muddat oksitotsinni kiritish gipertenziv va antidiuretik taʼsir kursatishi mumkin. Oksitotsin bilan tugruk stimulyatsiyasi va tugrukni kuzgatish ogir gestoz, anik ifodalangan arterial gipertenziya, buyrak yetishmovchiligida mumkin emas. 3. Oksitotsin xolinesterazalar taʼsirini sundiradi, natijada parasimpatik nerv sistemasining mediatori – atsetilxolinning faoliyati oshadi. Simpatikoadrenal stimulyatsiya oshmasdan, xolinergik (parasimpatik) kuchayishi mumkin. Tugruk jarayonining sustligi disoordinatsiyaga utishi mumkin. (pastki segment gipertonusi, bachadon buyni diston iyasi) 4. Oksitotsin soglom xomilaga nojuya taʼsir kursatmaydi. Surunkali gipoksiyada (fetoplatsentar yetishmovchilik) xomilada endorfinlar ishlab chikarilishini kamaytirib, ogrikka sezuvchanlikni oshiradi, upkada surfaktant sistemasini bostiradi, bu esa uz navbatida tugrukda xomila atrofi suyukligining aspiratsiyasini chakiradi, xomilada kon aylanish buziladi, MNS ning gipoksik zararlanishi, ona xomilada stressga karshi turgunlikning kamayishi kuzatiladi. 5. Oksitotsinni kata dozada kiritish gipokoagulyatsiya va gemostaz sistemasida uzgarishlarni keltirib chikaradi. Oksitotsinni tomir ichiga kiritish xavfsizligi va samarasi kupincha bachadonning oksitotsinga individual sezgirligi va uni tugri dozalashga boglik. Tugruk stimulyatsiyasi jarayonida xar 10 minutdagi tuloklar mikdori va tomchilar soniga karab oksitotsinni kichik dozalardan boshlash kerak. Kullash usuli: 5 birl. oksitotsin 5% 500 ml glyukoza(dekstroza) eritmasida yoki natriy xloridning izotonik eritmasida eritiladi. Infuziyani tomir ichiga 1min.da 1 ml kiritishdan boshlanadi (10 tomchi/min). Xar 15-20 minutda dozani 10 tomchidan kupaytirib boriladi. Maksimal doza 8 ml/min ni tashkil etadi (40 tomchi/min). Oksitotsin dozasini oshirish xomilaning intranatal asfiksiyasi xavfida, miometriyda kiskartiruvchi tulkinlar tarkalishi buzilganda, tugruk kuchlari sustligining diskoordinatsiyaga aylanishida tavsiya etilmaydi. Tugruk stimulyatsiyasining boshlanish vakti, tulgoklar mikdori, ularning chastotasi, davomiyligi va kuchi, bachadon tonusi, tugruk stimulyatsiyasigacha va keyin utkazilishi lozim bulgan kin orkali tekshiruv maʼlumotlari tugruk tarixida belgilangan bulishi kerak. Tugruk stimulyatsiyasi kardiomonitor nazorat ostida utkaziladi. Tashki gisterografik yoki ichki tokografik tekshiruv utkazish maksadga muvofik. Tugruk stimulyatsiyasining samaradorligi bachadon buyni ochlishining tezligi bilan bir vaktda xomila boshining siljishiga boglik. Bachadon ichi bosimi muvozanatlovchi terapiya davomida 50-60 mm. sim. ust, bazal tonus 10-12 mm. sim. ustga, tulgoklar davomiyligi 40 s gacha oshadi, tulgoklar oraligdagi pauza 2-3 minutni tashkil etadi. Аgar oksitotsinni optimal dozada 2 soat davomida kiritilganda xech kanday klinik samara bermasa yoki xomilaning axvoli yomonlashishi kuzatilsa tugruk stimulyatsiyasini tuxtatish kerak. Xomila distressida oksitotsin kiritishni tezda tuxtatish kerak! Oksitotsinni kiritish tuxtatilganda gipotonik kon ketishni oldini olish uchun tugrukdan sung 1-2 soat davomida (yuldosh ajralish va tugrukdan sunggi dastlabki davr) uni kiritishni davom ettirish kerak Download 227.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling