Mavzu. Qoraqalpog’iston Respublikasi reja


O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan izchil islohotlar


Download 54.1 Kb.
bet7/10
Sana22.11.2023
Hajmi54.1 Kb.
#1794642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi reja

O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan izchil islohotlar.
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnik bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Unda shunday deyiladi: “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va faravonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy hulq-atvorning andozalarini o‘zgartish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir....
Ushbu qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundan o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra tubdan farq qilar edi. Jumladan, 2003-yilda mamlakatda 9702 umumta’lim maktablarida 6 mln. 272000 o‘quvchiga 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bergan bo‘lsa, 51 ta akademik litseylarda 30620 o‘quvchi 419 kasbhunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar egallaganlar. 1991-yili O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilda ularning soni 63 taga etgan. 2014-yilda esa hammasi bo‘lib 380 ta maktab, 160 tadan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilangan. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, 133 kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi –deya qayd etadi

Download 54.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling