Mavzu: qoraxoniylar davlati


Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi


Download 21.09 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi21.09 Kb.
#1231124
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-referat Qoraxoniylar

Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi
Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o'rtasidagi chegara deb belgilangan bo'lsa-da, ammo Qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi xisoblab, uni o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar va G’aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006-va 1008-yillarda Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Balx, Tus va Nishopur shaharlari zabt etiladi. Ularning harbiy yurishini Sulton Mahmudga qarshi bo'lgan Xurosonning mulkdor feodallari qo'llab-quwatlaydilar. Lekin Mahmud G'aznaviy Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. 1017-yilda Mahmud Xorazm ustiga qo'shin tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barham topadi.
Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi o'g'uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan Xurosonga borib o'rnashgan turkman qabilalari kuchayib, o'z vaqtida ularga yer berib homiylik qilgan G’aznaviylarga qarshi tazyiq ko'rsatadilar. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritakin 1038-yilda Amudaryo bo'yi. viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni G’aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay u Movarounnahrni va Farg'onani o'ziga bo'ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolosog'unda bo'lgan Sharqiy Qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo'lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g'alabalarda so'ng Ibrohim Tamg'ach "Bug'roxon" unvoniga sazovor bo'ladi, Saljuqiylar bilan Qoraxoniylar o'rtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bo'lsa-da, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Bu ikki turk davlatlari o'rtasida shiddatli janglar bo'lib o'tadi. Hatto, 1130-yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahrga qo'shin tortib, Qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishg'ol etadi. Natijada Qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar.



Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling