Mavzu: qo`shilgan qiymat solig`ini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari
Qo`shilgan qiymat solig`ining O’zbekiston soliq tizimida tutgan
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
qoshilgan qiymat soligini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yollari
1.2. Qo`shilgan qiymat solig`ining O’zbekiston soliq tizimida tutgan
o`rni.
Respublikamiz mustaqillikga erishgandan so’ng dastlabki yillik (1992 yil) Davlat budjetiga tashqaridan dotatsiya va subvensiya olmasdan tuzilishi bo’yicha talablar qo’yildi. Shundan kelib chiqib, boshlang’ich bosqichda soliq siyosati ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishga ega bo’lgan budjet daromad va xarajatlarining tengligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan muammolarni xal 14
qilishga qaratilgan edi. Uni respublikada ishlab chiqarish hajmi tushib ketgan bir sharoitda, yuqori inflatsiya paytida va davlat moliya sohasidagi o’ta og’ir bir vaziyatda amalga oshirishga to’g’ri keldi. Yuzaga kelgan vaziyat, bilvosita soliqlar (asosan QQS)ga asoslangan soliq tizimini fiskal vazifani bajarishi zarurligini taqozo qildi. Soliqlarni joriy etilishining bosh maqsadi bo’lib davlat taqdi etayotgan xizmatlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu sababli bu davrda soliq isloxotida sezilarli muhim o’zgarishlar bo’lib o’tdi, bunda ayniqsa, aylanmaga soliq va sotishdan soliq o’rniga qo’shilgan qiymat solig’i joriy qilinishining asosiy sabablaridan bo’lib birinchi navbatda u yordamida davlat budjetiga daromadlar tushumining tengligini ta’minlash va bozor munosabatlarini shakllantirish vaqtida katta ahamiyatga ega bo’lgan davlat budjetini tuzishning barqaror bazasini yaratish hisoblanadi. Olimlarnng fikricha qo’shilgan qiymat solig’i kabi nazariya sohasidan amaliyot sohasiga juda tez o’tgan va dunyoning bir necha mamlakatlari budjetining bilvosita soliqlari ichida yuqori mavqeni egallagan soliqni soliqlar rivojlanish tarixi bilmaydi. Iqtisodiyotning har xil sohalaridagi tuzilishi, o’zgartir-masdan, soliq stavkalarini uncha kata bo’lmagan miqdorda oshirilishi, budjetga soliq tushumini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Bu qo’shilgan qiymat solig’i G’arbiy Yevropadagi xorijiy davlatlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida sinab ko’rilgan, natijada u budjet daromadlarini shakllantirishning ishonchli manbai sifatida o’zining qulay va samarali vosita ekanligini isbotlagan .Lekin shunga qaramay mamlakatimizda QQSning dastlab joriy etilishidagi yuqori stavkani (30%) shu paytda faoliyat ko’rsatgan korxonalarning moliyaviy natijalariga egri soliq sifatida bo’lmagan bo’lsada , Tovar va xizmatlar bahosining oshishiga va buning natijasida inflatsiya darajasining yanada yuqori (646% 6 ) bo’lishiga o’z «ulishini qo’shadi», desak mubolag’a bo’lmasa kerak (to’g’ri, bunda boshqa
6 Ачилов М., Тен В. Банковская система Республики Узбекистан. Журнал «Ринок, денги и кредит», №9, 2001, С. 7 15
omillarning ham ta’siri katta bo’lgan). Shu tufayli keying yillarda QQS sta vkalari tushirib borildi. QQSning mamlakatimizda rivojlanish tarixi qisqa davrni o’z ichiga olgani bilan ancha samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda va budjet daromadlarini shakllantirishda mustahkam o’rin egallagan. Buning asosiy sabablaridan biri QQSning ilgari amalda bo’lgan soliqlardan bir necha afzalliklarga egaligidir. Endi bu afzalliklar xaqida to’xtalsak. QQS umuman bilvosita soliqlarning kelib chiqish tarixi shuni ko’rsatdiki, ularga soliq yukini mahsulot ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga o’tkazish vazifasi qo’yilgan. Mohiyati jihatidan QQS bilvosita soliq bo’lganligi uchun korxonaning moliyaviy yakuniga betaraf bo’ladi 7 . Buni bevosita soliq misolida yaqqol ko’rish mumkin, masalan foyda solig’i yuki bevosita ishlab chiqaruvchining zimmasiga tushib, QQSda esa soliq yuki (ayrim xolatlardan tashqari) istemolchiga o’tib ketadi. QQS solig’ining, bizningcha eng muhim afzalliklaridan biri bu mahsulot sotuvchi korxona faoliyatiga nisbatan, ya’ni korxonaga nisbatan betarafligidir. Qo’shilgan qiymat solig’ining bunchalik tez va keng tarqalishi zamonaviy texnika va yo’lga qo’yilgan xujjatlar aylanishida soliq operatsiyalarini tez va aniq amalga oshirish imkonini berishi muayyan tovarlar va xizmatlarga soliq solishning imtiyozli shartlari borasida chakana savdodagi sotuvlardan olinadigan soliqqa nisbatan samaraliroq ekanligi bilan izohlanadi. Demak, respublikamizda QQSning joriy etilishi bir tomondan soliq tizimida keng qo’llanib kelinayotgan dunyo andozalariga o’tish uchun bir qadam bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomonidan davlat budjeti daromadlarini uzluksiz ta’minlash ko’zda tutilgan edi. Budjet daromadlarini shakllantirishda QQS qanday mavqeini egallab kelmoqda va uning soliq tizimida tutgan o’rnini baholash uchun biz keyingi yillardagi soliq tushumlari tuzilishini keltirib o’tmoqchimiz (1-jadval).
7 Yahyoyev.Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. –T.: 2000. 59-b. |
ma'muriyatiga murojaat qiling