Mavzu. Quduqda ta’mirlashda koltyubing texnologiyasi jihoz va uskunalari Reja
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Колтюбинг технологияси
1 Mavzu. Quduqda ta’mirlashda koltyubing texnologiyasi jihoz va uskunalari Reja: 1. Egiluvchan quvurar kolonnasi bilan ishlash uchun jihozlar kompleksi. 2. KTOni bajarish uchun agregatlar. Egiluvchan quvurlar kolonnasi. 3. Agregatlar asosiy uzellari va ularning hisobi. Yer osti jihozlari va uskunalari. Hozirda neft va gaz qazib olish, uni qayta ishlash sohasida yangi texnologiyalar tadbiq etilishi natijasida, ushbu sohalar yildan yilga rivojlanib bormoqda. Bu rivojlanishlar asosiy zamiri esa dunyoda neft va gazga bо‘lgan ehtiyojning oshib borishi bilan belgilanadi. Hozirda burg‘ilash ishlarini olib borishdan oldin albatta hududdagi yer osti boyliklarini qay darajada joylashganligini bilish uchun geofizik tekshiruv olib boriladi. Bunda yer osti qatlamlari, ularni tuzilishi, yer osti boyliklarini joylashuv о‘rni о‘rganiladi. Koltyubing texnologiyalarini rivojlantirish orqali ular sanoatda tobora izchil qо‘llanib kelinmoqda. Mana 35 yildan buyon neft va gaz qazib olish amaliyotida ushbu texnologiyalardan neft va gaz konlarini о‘rganish va ekspluatatsiya qilish jarayonida turli operatsiyalarni bajarish, shu jumladan, burg‘ilash uchun foydalanib kelinmoqda. Neft va gaz konlarini о‘rganish va ekspluatatsiya qilishda koltyubing texnologiyalari neft va gaz quduqlarini ularning ekspluatatsiya rejimini buzmagan (tо‘xtatmagan) holda bosim ostida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish (quduqlarni berkitmagan va nasos-kompressor quvurlari kolonnalarini kо‘tarmagan holda ta’mirlash va texnologik operatsiyalarni amalga oshirish) imkonini beradi. Bundan tashqari, koltyubing texnologik operatsiyalari haydash quduqlarida, burg‘ilash ishlarida (eski quduq kolonnasidan egiluvchan quvurlar bilan qо‘shimcha gorizontal о‘zaklarni burg‘ilashdan quduqlarni qazishning tо‘liq texnologik jarayonigacha), quduqlarni о‘zlashtirishda, quduq о‘zagining geofizik kuchli qiyshaygan va gorizontal uchastkalarida hamda boshqa ishlarda qо‘llaniladi. Bunda an’anaviy quduqlarni kapital ta’mirlash (QKT) ishlaridan farqli ravishda koltyubing uskunalari bilan ishlarni olib borish 2-3 baravar kam vaqt talab etadi, buning oqibatida ta’mirlashga doir umumiy xarajatlar kamayadi, quduqlarning turib qolish vaqti qisqaradi, an’anaviy usullar orqali bajarish mumkin bо‘lmagan texnologik operatsiyalarning aksariyatini bajarish imkoni beriladi va oxir oqibatda neft va gazni qazib olish hajmi kо‘payadi.Shunga kо‘ra, Eriell group kompaniyasi «Qultak» konining 31-sonli va «Dengizkо‘l» konining 206-sonli quduqlarida «О‘zbekneftegaz» AJ bilan birgalikda koltyubing uskunalaridan foydalangan holda katta hajmli kislota bilan qayta ishlash ishlarini amalga oshirdi. Natijada keltirilgan quduqlarning sutkalik debiti 1,5-2 baravar oshdi.О‘zbekistonda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni oshirish ishlari davom etmoqda. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling