- 3. Akfapanellarning tayyorlanishi
- АKVАPАNEL
- Аkvapanel – bu universal ekologik toza, toʼgʼri toʼrtburchak shaklli va qalinlikdagi listli qurilish materialidir. Bunday plitalar hozirda «Knauf USG Systems» firmasining Germaniyada (Izerlon shahri) va Gretsiyada (Volos shahri) korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish Germaniyaning Knauf Gips KG firmasi bilan АQShning United States Gypsum Company (USG) firmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
- Oʼzining strukturasi boʼyicha Аkvapanelь mineral toʼldirgich va sementdan iborat oʼzak va plitaning ikki tomonini armaturalovchi shishamatoli toʼrdan iborat
- Plitalarni ishlab chiqarish konveyer yordamida amalga oshirilib, ikki tomoni shishamatoli toʼr bilan qoplangan yengil betondan butun polotno qoliplanadi. Plitaning ikki tomoniga portlandtsement xamiri suyuq qilib sepib chiqiladi. Polotnoning eni plitaning enini belgilaydi.
- Tayyor boʼlgan yengil beton tasmasidan kesib, zarur oʼlchamdagi Аkvapanelь plitalari tayyorlanadi. Bu plitalarning bet tomoni silliq, orqa tomoni gʼadir-budir qilib tayyorlanadi.
Аkvapaneldan foydalanib karkas qoplamali tashqi devor namunasi
- Gipskarton listlari
- Gipskarton pardozbop qoplama material boʼlib, oson montaj qilish ishlarida qiyinchilik boʼlmaydi. Binoning faqat ichki joylarda ishlatiladi. Namlik taʼsir kilmagan sharoitda ishlatiladi. Qiyin oʼt oluvchi material hisoblanadi. Chegaralangan vaqtgacha qarshilik koʼrsatadi.
- Gipskarton ikki tomonlama qogʼoz karton orasiga, gips boʼtqasini joylab zichlanadi, keyin quritiladi. Gipskarton tayyorlashda listga 145-155°S haroratda issiqlik ishlovi beriladi, boshlangʼich issiqlik 120-135°S boʼladi. Issiqlik ishlovi davrida 45-80 daqiqa davomida issiqlik ishlovi berilganida, gipskarton listlarining boshlangʼich namligi 34-42% dan 2% gacha kamayadi. Bu materialning egilishga boʼlgan mustahkamligining asosiy koʼrsatkichlaridan biridir. Egilishga boʼlgan mustahkamligini oshirish uchun, kichik armaturalovchi koʼshimchalar qoʼshilishi mumkin. Qorishmaga plastikligini oshiruvchi qoʼshimchalar qoʼshiladi. Gipskarton listining ikki yoni karton bilan qoplangan boʼladi. Uzunligi 2000-4000 mm, kengligi 600-1200 mm, qalinligi 6,5; 8,0; 12,5 va 24,0 mm listlar ishlab chiqariladi.
- Texnik xarakteristikalar
- Geometrik oʼlchamlari: 2500 x 1200 x 12,5 mm (3 m²). 12,5 mm qalinlikdagi listning ogʼirligi: 29 kg.
- Upakovkadagi listlar soni: 50 sht (150 m²)
- Karton rangi: kul rang (GKL), yashil (GKLV)
- Yongʼin-texnik xarakteristikalar
- Gipsokarton listlar oʼz xossalariga koʼraquyidagi guruhga boʼlinadi:
- G1 (GOST 30244 boʼyicha yonuvchanlik);
- V3 (GOST 30402 boʼyicha alangalanish);
- D1 (GOST 12.1.044 boʼyicha tutun hosil qilish qobiliyati);
- T1 (GOST 12.1.044 boʼyicha toksinlik).
Do'stlaringiz bilan baham: |