Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma (2a- shakl)
Ushbu ma’lumotnomaning asosiy maqsadi – qurilish tashkilotining hisobot davri oxiriga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlab ko‘rsatish.
Ma’lumotnoma 12 ta ustunchadan iborot. Uning 2- ustunida debitorlar va kreditorlarning nomi, 3-ustunchada jami umumiy qarzlar, 4-ustunchada jami qarzlardan muddati o‘tgani ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning 5-12 –ustunchalari qurilish tashkilotiga taalluqli bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar to‘g‘risida axborotlarni berishga mo‘ljallangan, jumladan:

5- va 6- ustunchalarda bunday qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi;
7- va 8- ustunchalarda xukumat qaroriga asosan oldindan xaq to‘lamay bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi;
9-va 10- ustunchalarda davlat resurslari va jamg‘armalaridan ko‘zga tutilgan xom-ashyo va materiallar bo‘yicha o‘tqazilgan bank to‘lovlarining mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi;
11- ustunchada xukumat qarori bo‘yicha kechiktirilgan qarzlar;
12-ustunchada qonun hujjatlariga muvofiq bildirilgan da’volar bo‘yicha sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan yoki xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlardan undirish to‘g‘risida qaror chiqqan qarzlar summasi ko‘rsatiladi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |