Mavzu: Qurilish texnikasidan optimal foydalanish
Download 97.52 Kb.
|
davron
MAVZU: Qurilish texnikasidan optimal foydalanish Reja: 1.Qurilishda mashina texnikalarining o’rni 2.Mashina mexanizmlarining ishlash jadvali 3.Mashina texnikalarini to’g’ri grafik asosida ish jadvalini ishlab chiqish 1, Qurilish tajribasidan shular maʼlumki, qurilish ishlab chiqarishini rejasiz yoki notoʼgʼri tashkil qilish koʼzda tutilmagan ortiqcha sarf-xarajatlar qilishga, qurilishning meʼyoriy muddatlarining buzilishiga, yaratilgan mahsulot sifatining pasayishiga va mahsulot tannarxining asossiz ortib ketishiga olib keladi. Аyrim xollarda bu ishchi-xodimlarning hayotiga xavf soluvchi holatlarni ham yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish” fanining predmeti ayrim obʼektlar va ularning majmualari qurilishini tashkil qilish va boshqarishning usullari va vositalarini, hamda qurilish-montaj tashkilotlarining tashkiliy strukturasi va ishlab chiqarish faoliyatini oʼrganishdan iboratdir. Shunday qilib, “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish” fani alohida olingan bino va inshootlarni yoki ularning majmuasi qurilishini oldidan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq oqilona tashkil qilish usullarini, qurilish-montaj tashkilotlarining qurilishni tashkil qilish va olib borishidagi faoliyatini oʼrganishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼyadi. Аyrim obʼektning yoki obʼektlar majmuasining barpo qilinishini tashkil etish, ayrim ishlarning bajarishlishini va shunga mos ravishda ayrim ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyatini vaqt va fazoda oʼzaro bogʼlash masalalari kursning taqvimiy rejalashtirishga bagʼishlangan boʼlimlarida koʼrib chiqiladi. Аmmo, buning uchun zarur boʼlgan ayrim ishlarning turlarini bajarish usullari va ularni bajarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning jamlanmalari haqidagi bilimlarni talaba “Qurilish jarayonlari texnologiyasi” fanini oʼrganishi davomida egallangan boʼlishi lozim. Ushbu kurs, shuningdek, qurilish materialari va buyumlari, arxitektura, qurilish mashinalari, qurilish konstruktsiyalari, qurilishda menedjment va bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi kabi fanlar bilan ham bevosita bogʼliq hisoblanadi. “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish” fanining asosiy vazifalari uning maqsadlaridan bevosita kelib chiqadi. Bu vazifalar qatoriga kapital qurilish sohasida faoliyat koʼrsatishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan boʼlajak yosh mutahassislarga qurilish ishlab chiqarishini toʼgʼri tashkil qilishni, qurilishda mehnat unumdorligini va qurilish mahsuloti sifatini oshirish yoʼllarini, qurilishdagi ishchi-xizmatchilar mehnatini muhofaza qilish talablarini chuqur va atroficha oʼrgatish vazifalari kiradi. Ushbu fan boʼyicha talabalarning olgan bilimlari ularni qurilish ishlab chiqarishining faol ishtirokchilari qatoridan oʼrin olishlariga yordam beradi. Faqat chuqur bilimga ega boʼlgan mutaxassislargina kapital qurish sohasida ishlab chiqarishni toʼgʼri tashkil etish bilan birga ishlab chiqarishni rivojlantirish, kapital qoʼyilmalar samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan umumli foydalana oladilar.Ishlarni kompleks mexanizatsiyalashtirishda ishlab chiqarish jarayonining ham asosiy, ham yordamchi operatsiyalari mexanizatsiyalashtiriladi. Ishlar kompleksini bajarishda qoʼllaniladigan uskunalarni tanlashda yuksak mehnat unumdorligiga erishish, ish tannarxi eng kam boʼlgan holda zarur qurilish surʼatini taʼminlash va barcha mashinalarning ish unumdorligini uygʼunlashtirgan holda asosiy mashinaning ish unumdorligidan maksimal foydalanish koʼzda tutiladi. Qurilishni tashkil qilish loyihasini tuzish uchun quyidagi boshlangʼich maʼlumotlar va materiallar zarur boʼladi: • loyihaning texnik - iqtisodiy asoslari; • muhandislik - qidiruv ishlarining hisoboti; • qurilish materiallari, konstruktsiyalari, mashina va mexanizmlarni ishlatish (qoʼllash) toʼgʼrisida qabul qilingan va pudratchi bilan kelishilgan qarorlar; • qurilish materiallari, konstruktsiyalari va jihozlarini yetkazib berish va tashib keltirish shartlari; • qurilishni energiya va suv bilan taʼminlash manbalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar; • buyurtmachi va pudratchining boshqa talablari (masalan, vaqtinchalik turar-joy binolariga, yordamchi ishlab chiqarish binolariga zaruriyat va boshqalar); • qurilishning umumiy va aloxida qismlari boʼyicha muddatlari Taqvimiy rejalarni tuzish uchun asosan ishchi loyihasining qurilish-meʼmorchilik qismi va smeta hujjatlari, taqvimiy reja tuzgunga qadar ishlab chiqilgan QTELning alohida qismlari, qurilish- montaj ishlari hajmlari qaydnomasi, zaruriy moddiy-texnik resurslar hisobi, qurilishning tashkiliy-texnologik sxemalari va alohida olingan qurilish- montaj ishlarini bajarish usullari tarhi, binolar majmuasi qurilishining meʼyoriy va rejaviy davomiyligi kabi boshlangʼich maʼlumot va hujjatlar zarur boʼladi. Pudratchi tashkilotning moddiy-texnik bazasi va imkoniyati (quvvati) toʼgʼrisidagi maʼlumotlar ham taqvimiy rejalarni tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi. Obʼekt qurilishida ishlarni bajarishning taqvimiy rejasi ikki qismdan iborat boʼladi: chapda - hisoblash qismi va oʼngda-grafik qismi. Shuning uchun bunday rejalar grafiklar deb ataladi. Grafik qismi yuqorida koʼrsatib oʼtilgandek 3 xil koʼrinishda boʼlishi mumkin: chiziqli, toʼrsimon grafik yoki siklogramma koʼrinishda. Oʼzi yurar kranlarni kotlovanlar va transheyalar oldiga oʼrnatish yuqoridagi mulohazalarni eʼtiborga olib bajariladi, biroq eng kichik masofa QMQ 3.01.02-00. “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” ga asosan qabul qilinadi. Ushbu talablarga rioya qilish qurilish mashinalarini oʼpirilish prizmasi chegarasidan tashqarida joylashtirilishini taʼminlaydi. Buning asosida QBTda kran harakatlashining oʼqi belgilanadi. Qurilish mashinalari joylashtirishi bilan birga QBTda xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsirida boʼlgan odamlar uchun xavfli zonalarni koʼrsatish lozim. Montaj va yuk koʼtarish mashinalarining ishlashi bilan bogʼliq boʼlgan doimiy xavfli ishlab chiqarish zonalar qatoriga yuqorisida (ustida) kranlarda koʼtarilgan yuklarning harakatlanishi sodir boʼlaetgan joylar kiradi. Bu zona GOST 23407-78 talablariga javob beruvchi ximoyalovchi toʼsiqlar bilan toʼsib qoʼyiladi. Potentsial xavfli ishlab chiqarish zonalar qatoriga qurilayotgan bino (inshoot) oldidagi hududning uchastkalari va yuqorisida (ustida) konstruktsiya va asbob-uskunalarning montaji (demontaji) sodir boʼlayotgan bitta qamrovdagi bino va inshootlarning qavatlari (yaruslari) kiradi. Bu zona GOST 23407-78 ga muvofiq ogohlantiruvchi toʼsiqlar bilan toʼsiladi. Ushbu zonalarda ishlarni bajarishni ishchilarning xavfsizligini taʼminlovchi maxsus tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Аmaldagi meʼyoriy hujjatlar qurilish ishlarini bajarishning xavfsiz sharoitlarni yaratish maqsadida qurilish maydonida quyidagi zonalarni farq qilishni koʼzda tutadi: montaj qilish, kranning xizmat koʼrsatish, yuklarning koʼchirilishi, zonalar, kranning ishlashdagi xavfli zona, relьsli yoʼllar xavfli zonasi, yuk koʼtargichning ishlash zonasi, yoʼllarning xavfli zonasi, konstruktsiyalarni montaj qilish xavfli zonasi. Ushbu zonalar haqidagi batafsil maʼlumotlar [21] adabiyotda keltirilgan. QBTda yuqorida sanab oʼtilgan zonalarning chegaralari tegishli shartli belgilalar yordamida koʼrsatilishi lozim. Minorali kranlarning tor va tiqilinch sharoitlarda joylashtirishda ularning u yoki bu harakatlarini cheklab koʼyish zaruriyati tugʼiladi. Masalan, strelasining burilishiga, strelasi qulochining oʼzgartirilishiga, kranning yoki yukli aravachasining harakatlanishiga. Majburiy cheklashlar datchiklarni yoki ishdan toʼxtatgichlarni oʼrnatish yordamida amalga oshiriladi va u kran haydovchisining harakatlariga bogʼliq boʼlmaydi. Qurilishda oʼn minglarcha turli-tuman mashinalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish (texnologik) alomatlariga qarab, ularni quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: yuk koʼtarish, tashish, yuk ortish-tushirish, yer qazish, burgʼilash, ustun qoziq qoqish, maydalash, saralash va aralashtirish mashinalari; armatura ishlari uchun stanoklar, beton aralashma va qorishmalarini quvurlar orqali tashish mashinalari, beton aralashmasini yotqizish va zichlash, pardozlash uskunalari, mexanikaviy qurilish qurollari.Har qaysi mashinalarning guruhlarini guruhchalarga bulish mumkin. Masalan, yer qazish mashinalari gruppasiga: a) ekskavatorlar (bir choʼmichli va koʼp choʼmichli); b) yer qazish-tashish mashinalari (bulьdozerlar, skreperlar va avtogreyderlar); v) gidromexanizatsiya uskunalari (gidromonitorlar, zemlesoslar va zemlesos snaryadlari) kiradi.Qurilish mashinalarining statsionar va koʼchma, oʼziyurar va tirkama xillari bor.Kuch uskunalari jihatdan qurilish mashinalari elektr yuritmali, ichki yonuv dvigatelli, pnevmatik yuritmali, aralash yuritmali, dizelь-elektrik, elektr-gidravlik, dizelь-gidravlik xillarga boʼlinadi. Qurilish mashinalari konstruktiv xususiyatlari, yurish jihozlari, boshqarish tizimlari va boshqa alomatlari boʼyicha ham klassifikatsiyalanadi.Bir necha ming mashina indeksini tartibga solish uchun yagona tizim kiritilgan. Unga koʼra, vazifasiga va muhim konstruktiv xususiyatlariga qarab, barcha mashina va uskunalar guruhlarga boʼlingan. Indeks harf va raqamlardan iborat. Download 97.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling