Mavzu: qurilishining moddiy-texnik ba’zasi va uning taraqqiyot istiqbollari. Kirish


Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari


Download 21.96 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1531347
1   2   3   4   5
Bog'liq
gg4

Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari

Mustaqillik yillari davrida mamlakat jamiyati va iqtisodiyoti sezilarli darajada sifat va miqdor o‘zgarishlarga erishdi. Erishilgan natijalar bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zbek modeli naqadar oqilona va puxtalik bilan ishlab chiqilganligini yaqqol tasdiqlamoqda. SHunindek, mazkur model orqali jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari ta’siriga qarama-qarshi tura oladigan O‘zbekistonning barcha ijtmoiy-iqtisodiy tizimi barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashga erishish imkoniyatlari yaratildi.
SHuni ta’kidlash kerakki, 1991 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog‘ida ham boshqa tarmoqlar qatori keng va chuqur miqyosdagi islohotlar olib borildi. O‘tkazilgan tahlillar asosida o‘tgan davr mobaynida qurilish tarmog‘i rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
1991-1996 yillarda, mamlakatda investitsion faollikning pasayishi qurilish ishlari hajmi va pudrat shartnomalarining kamayishiga olib keldi. Bu davrlarda aksariyat qurilish tashkilotlari rahbar xodimlarining qo‘yilgan vazifalarni hal etishda etarli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega emasliklari hamda bozor sharoitiga moslasha olmaganliklari sababli kadrlar va ishlab chiqarish salohiyati borasida ko‘p yo‘qotishlarga uchradi.
1996-2002 yillar, qurilish tarmog‘ining sezilarli darajada yuksalishi va bozor xo‘jaligi sharoitiga moslashishi, bozor infratuzilmasi elementlarining paydo bo‘lishi va ularning faollashuvi, chet el kapitallari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar bilan birgalikda tadbirkorlik va kichik korxonalar, ayniqsa ularning qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ommaviy ravishda rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
2002-2005 yillardan boshlab hozirga davrga qadar, qurilish tarmog‘i miqdor va sifat jihatdan milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini to‘liq qondira boshladi. Mahalliy qurilish tashkilotlari raqobatbardoshligining o‘sishi sababli aksariyat murakkab va nufuzli ob’ektlar chet el qurilish firmalari ishtirokisiz qurila boshlandi hamda ularning muxandislik va ishlab chiqarish salohiyatlari yuksaldi.
Kapital qurilish sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar mo‘ljallangan:
- qurilishda narx shakllantirishni takomillashtirish bazasida bozor islohotlarini chuqurlashtirishning yangi sifat bosqichiga hamda shartnomaviy, joriy narxlarga o‘tish;
- investitsion jarayon qatnashuvchilari o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarini o‘zgartirish;
- dinamik, zamon talablariga javob beruvchi hududiy-tarmoq tuzilmalari, korxonalarni oqilona joylashtirish va yangi boshqaruv mexanizmlariga o‘tish.
- pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlash va monopoliyadan chiqarish;
- xususiy qurilish firmalarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, qurilish sohasida o‘rta va kichik korxona va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
- kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish, barcha joylarda buyurtmalarni joylashtirishda tenderlarni joriy qilish, qurilishni asosan foydalanishga tayyor holda (“qulf-kalit” bilan) topshirish shartlari asosida amalga oshirish;
- investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini oshirish, ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning moddiy-texnik bazasini yangilash;
- tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, bir-ikki bo‘g‘inli boshqaruv tizimlariga o‘tish;
- qurilish pudrat tashkilotlarida brigada pudratini joriy qilish, to‘lovni ishlarning tugallangan bosqichlarida amalga oshirish asosida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning me’yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish;
- qurilish-montaj ishlarining tannarxini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish va sifatini oshirish.
Bu choralar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga mo‘ljallangan muayyan Dasturi bilan mustahkamlangan bo‘lib, shu maqsadlarda uni amalga oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar tashkil qilingan.


Xulosa
Qurilish ob’ektlarini foydalanishga tayyor holda pudrat usulida qurilish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarining taxminan 80 foizi shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun “Kapital qurilish pudrat shartnomasi” asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shartnomada quyidagi tariflar qo‘llaniladi:
ijro hujjatlari - naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o‘zgarishlarning ushbu ishchi chizmalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi yozuvlar bilan birgalikda ob’ekt qurilishiga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va o‘rnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qo‘llanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ayrim mas’uliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
qurilish maydoni - mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma bo‘yicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan er uchastkasi. Ob’ektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo‘yiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo‘yiladi;
vaqtinchalik inshootlar - Pudratchi tomonidan qurilish maydonida o‘rnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan har qanday tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar;
berkitiladigan ishlar - sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin bo‘lmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar;
shartnoma narxini bo‘lib chiqish - ishlarning har bir bosqichi va (yoki) turlari qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma bo‘yicha ob’ektning umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash.
Pudratchi shartnoma shartlariga ko‘ra loyihada ko‘zda tutilgan ob’ektni foydalanishga tayyor holda qurish bo‘yicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.


Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling