Mavzu: r e j a : Kutubxona ishini tashkil etish va uning faoliyat dasturi
Download 37.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Ta\'limdagi global jarayonlar.
MAVZU: R E J A : 1. Kutubxona ishini tashkil etish va uning faoliyat dasturi. 2. Kutubxonaning vazifalari va unga qo’yilgan talablar. 3. O’quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishda multimedia, elektron materiallar va elektron resurslardan foydalanish. Ma’lumki, an’anaviy umumta’lim maktablari kutubxonalari o‘z faoliyati bilan o‘quvchilarning tarbiyasi va umumiy rivojlanishlariga yordam berish uchun xizmat qiladi, shu maqsadda turli ommaviy tadbirlar ishlab chiqiladi va o‘tkaziladi. Keyingi yillarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari mazkur yo‘nalishdagi ishlarni nafaqat yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga, balki yangi shakllarni joriy etishga ham imkon yaratib bermoqda. Kutubxonachilar oldida turgan jiddiy muammolardan biri bu — ayrim zamonaviy o‘quvchi bolalar va o‘smirlar kitob o‘qishni xohlamasliklari va qiziqmasliklaridir. Interaktiv xizmatlar foydalanuvchilarga axborotlarni yaratish va taqdim qilishda faol ishtirok etishni ta’minlaydi. Interaktivlik axborotlarni foydalanuvchilarga qiziqarli tarzda yetkazilishiga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, interaktiv xizmatlar bolalarni, o‘smir va yoshlarni veb saytlar, bloglar orqali o‘qishga va bilimlarni egallashga chorlaydi, qiziqtiradi. Bu holat yoshlarni o‘zlari ustida ishlash, mustaqil ta’lim olishlarida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali interaktiv xizmatlarga murojaat qilishlari ularni bilim olishga, bilimli bo‘lishga, elektron resurslardan foydalanishga qiziqtiradi. Keyingi paytlarda ommaviy ishlarda interaktiv xizmatlar ko‘paymoqda. Kutubxonalarda interaktiv xizmatlarning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin. Mazkur interaktiv xizmatlar orqali quyidagilar taqdim etiladi: Elektron katalog orqali adabiyotlarni qidirish va buyurtmalar berish; maxsus buyurtmalarni shakllantirish orqali elektron katalogga kiritilmagan, biroq ARMda mavjud adabiyotlarga buyurtmalar berish; «Maxsus buyurtma» orqali berilgan buyurtmalar ARM fondida bo‘lmagan holda «Rad etilgan buyurtmalar» bazasini shakllantirish. buyurtmalarning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot olish; ARMdan olingan adabiyotlar muddatini avtomatik tarzda uzaytirish; foydalanuvchi tomonidan ARM fondida mavjud adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish to‘g‘risida taklif berish va taklifning bajarilganligi to‘g‘risida ma’lumot olish; Virtual qabulxona xizmatidan foydalanish. Ushbu muammoning mazmun-mohiyati shundaki, axborot texnologiyalari an’anaviy axborot manbalarining raqobatchisiga aylandi. Biroq haqiqiy hayotda zamonaviy axborot texnologiyalari kitob va axborotlarni o‘qishga qiziqishni kuchaytirishning muhim omiliga aylanishi ham mumkin. Ulardan o‘quvchilar bilan ommaviy holda ham, individual ishlashda ham samarali foydalanish mumkin. O‘quvchilar bilan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni olib borishda eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri tarmoq interaktiv texnologiyalaridan foydalanish bo‘lib hisoblanadi, axborot resurslarini, badiiy va ilmiy o‘quv adabiyotlarga qiziqishlarini oshirishda, jumladan Web servislaridan foydalanish o‘quvchilarda qiziqishlarini faollashtirish, axborot savodxonliklarini rivojlantirish, kitob o‘qishga qiziqtirish, guruhli va hamkorlikdagi ishlar malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Download 37.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling