Переключение цветов uskunasi asosiy rang bilan fon rangining o‘rin almashtirish vazifasini bajaradi.
Стандартний цвет uskunasi kursorni, ushbu tugma ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangini standart ranglar qora va oq rangga almashtiriladi.
Ranglarni tanlashda Adobe Photoshop dasturida Цвет yoki Образцы panellaridan ham foydalanish mumkin:
4.1-rasm. Цвет va Образцы panellari.
Градиент – ikki yoki undan ortiq ranglar bilan bo‘yashda foydalaniladi va bu ranglar biridan ikkinchisiga silliq o‘tadi. Ushbu vosita tufayli ranglar orasidagi chegara ko‘rinmas holatda namoyon bo‘ladi.
Заливка – rasmni kerakli rangga, uzorli yoki geometrik shakldagi bo‘yash vazifalarini bajaradi. Shunday qilib, ushbu vositadan fonni, obyektlarni bo‘yashda, shuningdek, murakkab chizmalar yoki abstraktsiyalarni qo‘llashda foydalanish mumkin.
Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida quyidagi topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz.
1-topshiriq. Photoshop dasturining Цветовой тонь/Насыщенность oynasidan foydalanib, avtomobil rangini turli ko‘rinishlarga o‘tkazish.
1. Kompyuter xotirasida mavjud Lacetti avtomobilining rasmi loyiha oynasiga yuklanadi. Buning uchun Файл menyusining Откыть (Ctrl+O) bandi bosiladi va xotiradagi rasm tanlanib, muloqot oynasidagi Откыть tugmasi bosiladi:
4.2-rasm. Kompyuter xotirasidan yuklangan fayl.
2. Изображения menyusidan КоррекцияЦветовой тонь/Насыщенность (CTRL+U) ketma-ketligi tanlanadi:
4.3-rasm. Цветовой тонь/Насыщенность oynasi.
3. Ushbu muloqot oynasidan Насыщенность bandining qiymatini chap tomonga surish orqali kattalashtiramiz (-100 dan +100 gacha qiymatlarni qabul qiladi). Natijada rasm oq-qora holatiga keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |