Ilmiy va amaliy psixodiagnostika yuqorida qayd etilgan barcha holatlarda ham o’ziga xos muhim vazifalarni hal etadi. Ularga quyidagilar kiradi:
Amaliy psixodiagnostikada sanab o’tilgan vazifalarning har biri alohida yoki kompleks tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi.
Demak, psixodiagnostika psixologdan professional faoliyati jarayonida maxsus tayyorgarlik talab qiluvchi murakkab sohadir. Psixolog (tashxischi) egallashi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar shunchalik keng va murakkabki, uning o’zlashtirilishi bilan psixodiagnostikani professional psixolog faoliyatining negizi sifatida e’tirof etilishiga sabab bo’ladi. Haqiqatdan ham amaliy psixologlarni malakali mutaxassis etib tayyorlash ahamiyatga molik omildir.
Psixologiya fanida “psixologik tashxis qo’yish” so’zining ikki xil tushunchasi mavjud.
Birinchisi, “Psixodiagnostika” – amaliyotda turli psixodiagnostik usullardan foydalanish mumkin bo’lgan psixologik bilimlar doirasini ifodalab, u o’z ichiga tashxis jarayonini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadigan quyidagi qator masalalarni qamrab oladi:
Psixologik xususiyatlar tabiati va ularni ilmiy baholash imkoniyatlarining mavjudligi qanday?
Psixologik xususiyatlarni aniqlash jarayonida va miqdoriy baholash vaqtdagi umumiy bo’lgan ilmiy asoslar holati qay tarzda?
Hozirgi vaqtda qo’llanila-yotgan psixodiagnostik usul-lar qabul qilingan umum-ilmiy, metodologik talab-larga qanchalik mos keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |