Psixodiagnostikaning turli usullarigaqo’yiladigan me todologik talablar nimalardan iborat?
Amaliy psixodiagnostika, jumladan, tashxis jarayon-larini amalga oshirish sha-roitlariga qo’yiladigan ta-lablar, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish usullarining ishonchlilik darajasini asosiyligini qanday?
|
|
Psixodagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish va ularni yaratish jarayonlari qanday amalga oshadi?
Ikkinchisi, “Psixodiagnostika” – psixologik tashxisning amaliy jihati bilan bog’liq bo’lgan psixologning maxsus faoliyat doirasini o’z ichiga qamrab oladi.
Bunda, nafaqat ilmiy, nazariy balki, psixodiagnostikani tashkillashtirish va uni amalga oshirish jarayoniga aloqador amaliy masalalar yoritiladi. Uning tarkibini:
Psixodiagnost sifatida psixolog uchun qo’yiladigan maxsus talablarni aniqlash;
O’z faoliyatini malakali tashkil etishda kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalar tartibini joriy qilish;
|
|
Psixologning psixodiagnostik metodlarni muvaffaqiyatli va malakali o’zlashtirilishidagi ayrim amaliy shart-sharoitlarni yaratish hamda ularga rioya qilish zarurati;
Psixodiagnostik doirada faoliyat ko’rsatadigan psixologni amaliy jihatdan tayyorlash hamda uning kompetentligini baholashda dastur, metod va usullarni ishlab chiqish masalalari tashkil etadi.
Yuqoridagi nazariy va amaliy masalalar bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, ushbu sohadi yetuk mutaxassis bo’lish uchun psixolog, psixodiagnostikaning har ikkala asoslari bilan yaxshi qurollangan bo’lishi kerak. Faqatgina nazariy, amaliy yoki barcha metodlarni ilmiy asoslarini tushuna bilmasdan mutaxassis sifatida ushbu sohada professionalizmga erishib bo’lmaydi.\
Yuqorida qayd etilganlarning har biri amaliy psixologiya sohasini amaliyotga bog’liq jabhalari bo’lib, ularni amalga oshirilish jarayoni ishlab chiqarishni yaxshi tushunadigan mutaxassislarning bo’lishini talab qiladi. Bundan tashqari, amaliy psixologiyaning nazariy sohalari ham mavjud bhlib, ularga siyosiy psixologiya, etnopsixologiya, tashkiliy psixologiya, iqtisodiy psixologiya kabilar kiradi. Bu yo’nalishlar G’arbda ayniqsa, o’tgan asrning 60-yillarini oxiri va 70-yillarining boshida shu darajada rivojlandiki, mutaxassislar, hattoki, psixologiyaning haddan ziyod “nazariylashib ketganligini” tanqid qila boshladilar. Masalan, amerikalik va yevropalik G.Ollport, R.Terner, M.Rozenberg kabi ko’zga ko’ringan psixolog olimlarning fikricha, psixologiya tor tadqiqot laboratoriyalaridan keng amaliyotga, hayotga chiqishi va jamiyatdagi insoniy munosabatlarni takomillashtirishga o’z hissasini qo’shishi lozim bo’lib qoldi. Aynan, shu tariqa psixologik bilimlarning aslida mohiyatan ijtimoiy ekanlik g’oyasi paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |