Mavzu: Rang psixofiziologiyasi va psixodiagnostika yo’nalishi sifatida


Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari


Download 48.35 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi48.35 Kb.
#1531755
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nilufar psixologiya referat

Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari:

  • Sanoat va ishlab chiqarish sohasi. Sanoat va mahsulot ishlab chiqarish sohasidagi tadbiqiy ishlar mavjud tashkilotda xodimlar zahirasini to’g’ri va oqilona tashkillashtirishdan tortib, xodimlar ish sharoitlari hamda mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy ravishda o’rganishga qaratilgan harakatlar majmuidan iboratdir.

  • Xodimlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi. Bu a’zolarni ishga jalb etish jarayonida bilish zarur bo’lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to’g’ri yo’naltirish, o’z joyiga qo’yish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazish bilan bog’liq xodimlar siyosatini olib borishga aloqador xizmatdir. Psixolog bu o’rinda, asosan, maslahatchi – konsultant va ekspert sifatida rol o’ynaydi.

  • Maorif sohasidagi amaliy ishlar boshqalariga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari – akademik liseylar va kasb-hunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati joriy etilgan. Shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining buyrug’iga asosan, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini, ma’naviy muhitni ilmiy-amaliy tadqiq qilish, yoshlar ijtimoiy faolligini sosiologik, psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash, muammolarni o’z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-metodik yordam ko’rsatuvchi “Ta’lim-tarbiya jarayonini sosiologik, psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash xizmati” tashkil etildi. Ular aynan tadbiqiy muammolarni, ya’ni talabaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga “aralashadi”.


  • Shuning uchun ham gap o’qitish yoki o’zlashtirishning samaradorligi ustida ketganda, eng avvalo ta’lim-tarbiya jarayonidagi psixologik omillar va ularning ijtimoiy xarakteriga e’tibor qaratilishi kerak. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish borasida Prezident I.A. Karimovning har bir nutq va chiqishiga e’tibor bersak, unda ushbu tarixiy hujjatda bayon etilgan vazifalarni bajarish inson omili va uning tafakkur yuritish tarziga bog’lanayotganligini o’zi psixologik muammolarni kun tartibiga dolzarb etib qo’yayotganligidan darak beradi.



Yuqoridagi e’tirof etilgan amaliy psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiylik shundan iboratki, ularda faoliyat yuritganlar-ning, avvalo, yaxshi psixodiagnost, ya’ni psixologiya metodlarini o’z o’rnida samarali ishlatishni bilishi, yaxshigina psixoterapevt va psixo-korrektor, aniqlangan muammo yoki “kasallikni” tuzatuvchi mohir professional bo’lishi kerakligini taqozo etadi.
Darhaqiqat, agar xolis baho beriladigan bo’lsa, alohida shaxs yoki u mansub bo’lgan har qanday ijtimoiy guruh – oiladan tortib, mehnat jamoasigacha ro’y beradigan barcha hodisalarda ijtimoiylik elementlari mavjud.

Misol uchun “ijtimoiy emas” deb qaralgan birgina psixik jarayon – xotira yoki diqqatni olaylik. Biror materialni samarali esda saqlab qolish uchun eng avvalo, unga diqqatni yaxshilab yo’naltirish kerak bo’ladi.Agar bu holat auditoriyada ro’y berayotgan bo’lsa, diqqatning xususiyati nafaqat materialning qiziqarliligiga, balki uni kim va qanday uslubda onga yetkazayotganligiga, qolaversa, auditoriyaning yaxlit guruh sifatida darsga bo’lgan munosabatiga bog’liq bo’ladi. Shuningdek, agar menga o’sha o’qituvchi – voiz va shaxs sifatida yoqsa, uning gapirgan har bir so’zi beixtiyor yodimda qoladi. Tinglayotgan paytimda yonimda o’tirgan kursdoshim yoki do’stim ham ko’nglimga ma’qul bo’lsa, bu darsni o’zlashtirish mendan hyech qanday ma’naviy zo’riqishni talab etmaydi. Aksincha, bu holat meni yana va yana shu o’qituvchining darslariga, aynan shu sherigim bilan, aynan shu auditoriyaga kelishimga undaydi. Shu bois, psixologiyada alohida shaxsning faoliyatiga aloqador, deb e’tirof etilib kelgan motivasiya masalasi aslida tom ma’noda ijtimoiy motivasiyadir va u psixik jarayonlarning kechishi hamda samaradorligiga aloqadordir.


Download 48.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling