Mavzu: Raqamli iqtisodiyotda biznes modellarining turlari
Download 1.17 Mb.
|
Raqamli iqtisodiyotda biznes modellarining turlari
Ko’p hollarda raqamli biznesim bor deb hisoblaydigan tadbirkolar veb sayt yoki platforma yaratishadi va shuning o’zi muvofaqiyat olib keladi deb o’ylashadi. Afsuski, bunday usul orqali biznes qilish aksariyat ko’rsatkichlarning o’zgarmayotganini ko’rishdan boshqa narsaga olib kelmaydi. Siz bundan tashqari mijozlar oqimini yaxshilashga, hamkorlar va foydalanuvchilar oqimini ta’minlashga hamda masshtabini kengaytirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun potensial mijoz/foydalanuvchilar uchun qaysi modellar mos kelishi mumkinligini tushunish va zarur qarorlarni qabul qilish kerak. Biznes modellarni qurishda dastavval oddiy modelardan boshlab, uni hayotga moslashtirib borish va rivojlantirish ko’p kompaniyalarning yondashuvlaridan hisoblanadi. Agar Google singari biznes modelga ega kompaniyalarga qarasak, uni boshidan murakkab platforma bo’lgan deb o’ylashingiz mumkin. Biroq, Google hozirgi biznes modelini yaratish uchun bir nechta innovatsion bloklarni yaratishi va birlashtirishi kerak bo’lgan. Misol uchun Google AdWords va Adsense ishlab chiqquniga qadar bir necha yil talab etilgan. Dastlab, Google shunchaki an'anaviy bizneslar singari sotuvchilardan foydalanadigan model asosida qidiruv sahifalarida reklama uchun shartnomalar tuzgan. Nihoyat, Google o'zining ikkita asosiy reklama platformasini ishga tushirishi ortidan (AdWords, hozirda Google Ads va AdSense), biznesining o'sishi trafik o'sishi bilan birga ko'tarildi. Yana bir misol, ko’pchilik Netflixni bilmasligi mumkin. Bu kompaniya AQSH bozorida eng mashhur video strimming(multimedia uzatish) platformasi hisoblanadi. Netflix yetakchi platformga aylanishi uchun o'nlab yillar vaqt ketdi. Netflix bundan oldin asosan DVD-ijarasi kompaniyasi edi. DVD-ijarasi, 2019 yilda, Netflix umumiy daromadlarining ikki foizidan kamini tashkil etmoqda (Qiziqarlisi shundaki, kompaniyaning 2019 yilga kelib ikki milliondan ortiq DVD xizmati foydalanuvchilari mavjudligi to’g’risida xabar qilindi). Shunga qaramay, video oqimni yo’lga qo’yish texnik jihatdan imkoni bo'lganida, Netflix o’z biznes modelini rivojlantirib, kompaniyani DVD ijaraga emas, balki boshqa bozorga (video strimminga) transformatsiya qildi.
Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling