Mavzu: Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fanining maqsadi va vazifalari


Download 266.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi266.73 Kb.
#1049345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- mavzu

(
rinishida ifodalanadi. 
Analog ko‘rinishdagi signallarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish 
uchun mo‘ljallangan elektron qurilmalar, analog elektron qurilmalar (AEQ) 
deb ataladi. Signalning nazariy tomondan shaklla- nishi va uzatilishi mumkin 
qadar aniqlik va tezkorlik bilan amalga oshiriladi. AEQlar nisbatan sodda 
tuzilganiga qaramasdan, signalni ixtiyoriy funksional o‘zgartirishga qodirdir. 
AEQlar quyidagi kamchiliklarga ega: 
1. 
xalaqitbardoshlikning kichikligi. Bunda signalga turli shovqinlar 
qo‘shilishi, yoki temperatura va boshqa omillar ta’sirida qurilma 
parametrlarining o‘zgarishi natijasida signal boshlig‘ich ko‘rinishidan 


farqlanadi; 
2. 
uzoq masofalarga uzatilganda signalning kuchli buzilishi; 
3. 
axborotlarni uzoq muddat saqlashning murakkabligi; 
4. 
FIK qiymatining kichikligi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kichik vaqt oraliqlarida katta 
hajmdagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash talab qilinganda AEQlardan 
foydalaniladi. Bunda AEQda axborot differensial tengla- malar tizimi bilan 
ifodalanishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 
Hozirgi kunda axborotlarni raqamli usullarda qayta ishlash muhim o‘rin 
egallamoqda. Buning uchun analog ko‘rinishdagi birlamchi axborot ustida 
ikkita muhim amal bajariladi: kvantlash va kodlash. 
Uzluksiz signal x(/)ni ma’lum nuqtalardagi qiymatlari bilan 
almashtirishga kvantlash deyiladi. Kvantlash vaqt yoki sathlar bo‘yicha amalga 
oshirilishi mumkin. Kvantlash natijasida elektron qurilmadagi analog 
ko‘rinishdagi birlamchi signal turli shakldagi elektr impulslar ketma-ketligi 
ko‘rinishida ifodalanadi. Kuchlanish U(t) yoki tok I(t) qiymatlarini mos 
ravishda o‘rnatilgan Uo va Io qiymatlardan qisqa vaqt- larga og‘ishi elektr 
impuls deb ataladi. Kvantlash natijasida signal ixtiyoriy emas, balki aniq
diskret deb ataluvchi qiymatlarni oladi. 
Uzluksiz kattalikdan farqli ravishda diskret kattalikning qiymati 
cheklangan bo‘lib, unda axborotning ma’lum qismi yo‘qolishi mumkin. 
Analog signallarni kvantlash natijasida hosil bo‘lgan elektr signallarni qabul 
qilish, qayta ishlash va uzatish uchun mo‘ljallangan qurilmalar - diskret 
elektron qurilmalar (DEQ) deb ataladi. Shu sababli DEQlarda kvantlangan 
signallar uchun elektron kalit sifatida tranzistorlardan (tranzistorning to‘yinish 
yoki berk rejimlari) foydalaniladi. Natijada, ularda sochiluvchi quvvat eng 
kichik bo‘ladi, issiqlik uzatilishining kichikligi sababli tranzistorlar qizishi 
kamayadi. Natijada, ular parametr- larining nobarqarorligi ham kamayadi. 
Impulslarni uzatishda signalga ta’sir ko‘rsatuvchi xalaqit yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan vaqt qisqa bo‘lganligi sababli, DEQlarning xalaqitbardoshligi 


AEQlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. 
Kvantlash turiga qarab DEQlar uch guruhga bo‘linadi: impulsli, releyli 
va raqamli. 
Impulsli elektron qurilmalar (IEQ)da birlamchi signal vaqt bo‘yicha 
kvantlanadi va odatda, o‘zgarmas chastotadagi impulslar ketma-ketligiga 
o‘zgartiriladi. Bu jarayon impulsli modulatsiyalash deb ataladi. Impulslar 
ketma-ketligi to‘rtta parametrga ega: impuls amlitudasi, impuls uzunligi, 
impuls chastotasi va impuls fazasi (impulslar vaqt momentlari taktiga nisbatan 
olinadi). Shu sababli modulatsiyaning to‘rtta turi mavjud: 
• amplituda - impulsli modulatsiya (AIM); 
• kenglik - impulsli modulatsiya (KIM); 
• chastota - impulsli modulatsiya (CHIM); 
• faza - impulsli modulatsiya (FIM). 

Download 266.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling