Mavzu: raqobat va uni turlari
Download 83.84 Kb.
|
Raqobat va uni turlari
MAVZU: RAQOBAT VA UNI TURLARI. Reja: KIRISH ASOSIY QISM 1.1 Raqobatning mohiyati va raqobatlashuv usullari. 1.2 Mukammal va nomukammal raqobat. 1.3 Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH O‘zbekiston Respublikasida 1992-yil avgust oyida ”Monopol faoliyatni cheklash tog‘risida”1gi qonun kuchga kirdi. Bu qonunga ko‘ra quyidagilar taqiqlanadi: Bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, Raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash taqiqlanadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev aytganidek: “Raqobat bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lsa, sifatga intilish bo‘ladi, davolash, xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi”2. Bizxmonopoliyaning mohiyati turlari va shakllari haqida o‘rganishimizdan maqsad, mamlakatimizda monopol tizimini va monopollarni kamaytirish hamda raqobatchilik muhitini yanada kengaytirishdan iborat. Sababi agarda monopol tizimi rivojlangan va monopollar ko‘p bo‘lsa, bu biror mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga katta to ‘siq bo ‘la olishi mumkin, sababi monopol bozor tizimiga kirib borar ekan, bozorda undan boshqa ishlab chiqaruvchi yoki tadbirkor bo‘lmaganligi sababli, u o‘z xohlagan narxlarini ishlab chiqarayotkan tovariga qo‘yishi mumkin.xBunda albatta bozordagi mahsulotlarning keskin oshishiga yo‘l qoyib beradi, bozor mehanizimi buzulishiga ham olib keladi va talab va takliflarning tafovudini oshiradi. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarixkuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Buxdavlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya`ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkinxraqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi. Dunyo mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hisoblanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Shuxqonunlarga ko‘ra, hech bir korxona (korporatsiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig‘ini nazorat qilishga haqli bo‘lmaydi; 2) barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma`lum cheklangan miqdordan ortig‘iga ega bo‘la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatningxmonopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo‘lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishgaxqaratiladi. Monopoliyaga xqarshi muhim choralarni amalga oshirish uchun 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi.3 Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo ‘yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma negizidaxMoliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-son farmoniga binoan bu Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xdavlat qo‘mitasiga aylantirildi4 (mazkur farmon 2010-yil 26-fevralda o‘z kuchini yo‘qotgan). O ‘zbekiston Respublikasida raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga va rivojlanishiga xizmat qiladi. Shuni alohida ta`kidlash joizki Respublikamiz Prezidntining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-sondagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-sondagi “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo ‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoniga5 asosan yurtimizdagi bir qator yirik tijoriy banklar, katta aksiyadorlik jamiyati, davlat tasaruffidagi korxonalar bosqichma-bosqich xususiylashtirish ya`ni davlat ulushini kamaytirish olib borilmoqda. Download 83.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling