Mavzu: Rasmiy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi reja
Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi
Download 49.4 Kb.
|
14-mavzu
2. Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi
ARIZAMuayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, korxona rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy qismlari: Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi. Hujjatning nomi (Ariza). Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat). Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa). Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismini bosh harflari, familiyasi. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va hokazo) va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi. Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat peda- gogika universiteti kasaba uyushmasi hay’atiga Kasb ta’limi fakultetining 2-kurs talabasi Qobil Rahimovdan ARIZA Stipendiya miqdorining kamligi va xususiy xonadonda ijarada yashayotganligimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko‘rsatishingizni iltimos qilaman. 2012.16.01. (imzo) K. Rahimov Download 49.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling