Mavzu: ravish so‘z turkumi sifatida. Mavzu rejasi


Download 498.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi498.69 Kb.
#1758279
1   2   3   4
Bog'liq
\'RUZA. RAVISH SO‘Z TURKUMI SIFATIDA

Ravishlarning yasalishi. O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, 
affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. 
Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish 
yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan 
yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat 
nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi. 
Ravish yasovchi affikslar quyidagilar: 
-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan 
ravish yasaydi. 
-cha: o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha kabi. 
Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi. 



-incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-larcha: o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. 
Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo`lligicha kabi. Bu affiks sifat, 
ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish 
yasaydi. 
-ona: do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, 
ravish asosidan ravish yasaydi. 
-lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, 
ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga 
qo`shiladi. 
-siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-siz, be-: tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks 
sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi. 
-day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish 
yasaydi. 
Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, 
tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul 
bilan qo`shma va juft ravishlar yasaladi. 
Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi: 
1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni 
biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi; 



2) ko`rsatish olmoshlariga yon, yer, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu yer, 
shu yoqqa, shu yonda, bu yerda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u yerdan 
kabi; 
3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki 
mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, 
bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi; 
4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini 
saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, 
hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi. 
Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi. 
Juft ravish quyidagicha yasaladi: 
1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: 
asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi; 
2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: 
bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi; 
3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) 
kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-
badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi; 
4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz 
shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar-
bilinmas kabi. 
Boshimga olma o'raydigan yog'och qirindisidan yostiq qilib rohat-rohat 
uyquga ketdim. 

Download 498.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling