Mavzu: Real va nominal agregatlar


Download 42.3 Kb.
bet3/4
Sana18.07.2023
Hajmi42.3 Kb.
#1660863
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Real va nominal daromadlar nima va u qanday hisoblanadi-fayllar.org

Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987-yilda AQShda soliq tushumlari davlat byudjetining 98 % ini, Buyuk Britaniyada 96,7 % ini, Fransiyada 91,5 % ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida „da-romadlar darajasini taʼminlash“ (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40 %, milliy mudofaa harajatlari (28—30 %) eng muhim oʻrinda turadi. Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi. Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda. 1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.
YaMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baholaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Yaʼni YAMM xajmini hisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni koʻp marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.


Adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.
Hozir zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi gʻoyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari (korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqsori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YAMM hajmini toʻgʻri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi oʻz fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari oʻrtasidagi farqni qoʻshish kerak. Chet eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan koʻp, aksincha holatda kam boʻladi (qarang Milliy daromad, Yalpi ichki mahsulot).
“Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.”
Aholi turmush darajasiga ta`sir etuvchi omillar.
Turmush darajasiga ko`p sonli, xilma –xil omillarga bog`liq bo`lgan ko`p qirrali hodisadir. Istalgan odamning hayoti va faoliyati havo suv muhitining, uy-joy, maishiy hamda ishlab chiqarish sharoitlarining, iste`mol tovarlari miqdori va sifatining ahvolidan boshlab umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatlar, shuningdek, siyosiy institutlar ahvoliga qadar bo`lgan tabiiy va ijtimoiy omillarning keng va spektori bilan belginadi. Yuqoridagi omillarning ta`siri tabiiy iqlim sharoitlari va boyliklar (inson, mehnat, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot, ma`naviy) mavjudligi bilan kuchayishi yoki zaiflashishi mumkin. Lekin, bevosita bog`liqlik bu yerda yo`q.
M-n: juda taqchil boyliklarga ega bo`lgan Yaponiya va Shvetsariya boy mamlakatlar hisoblanadi. Aholinsining soni lo`p bo`lgan mamlakatlar ham ( AQSH, Germaniya, Yaponiya), kichik bo`lgan mamlakatlarda ham (Lyuksemburg, Finlandiya , Shvetsariya) yuksak darajada farovonlik qayd qilinadi:
M-n: Kanada, Norvegiya Rossiya (shimoliy mintaqalari) og`ir iqlim sharoitlariga ega, turmush darajis bo`yicha esa bu mamlakatlar bir biridan farq qiladi.
Endi aholining turmush darajasiga ta`sir etuvchi omillarga batafsil to`xtalib o`tsak.
Siyosiy omillar. Har bir mamlakatda aholi turmush darajasi jamiyat (davlat) tuzumi hususiyatiga, huquq institutlari mustahkamligiga va inson huquqlariga rioya etilishiga, hokimyatni turli tarmoqlarining o`zaro nisbatiga, uning boshqa mintalar (korxonalar) bilan o`zaro munosabatlariga, qarshi kuchlar, har xil partiyalarining mavjudligiga bog`liq.
Iqtisodiy omillar. Aholi turmush darajasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan milliy boylikning iqtisodiy imkoniyatlariga bog`liq. U moddiy boyliklar, mehnat hisobiga olingan va iqtisodiy muomalaga jalb qilingan tabiiy boyliklarning yig`indisidir.
3. O`zbekistonda yillik aholi daromadlari va inflatsiya ko`rsatkichlari.(yillar kesimida).

Bozor munosabatlarining asosiy tamoyillaridan biri respublika aholisini kuchli ijtimoiy himoyalash sanaladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor


iqtisodiyoti sharoitida rivojlanish bosqichida ham
inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash hayotiy
zaruriyatdir. Yangilanish va taraqqiyotdagi O‘zbekiston modelining bosh ustuvor yo‘nalishi zamirida
inson manfaatlari yotadi va kuchli ijtimoiy siyosat
yuritish markaziy o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga,
global moliyaviy inqiroz sharoitida respublikamizda
aholining turli qatlamlarini himoyalash ustuvor
vazifa hisoblanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Aholi
farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish
haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda
oshirildi”.
Statistik tahlillarimiz ko‘rsatishicha, so‘nggi
yillarda jon boshiga to‘g‘ri keladigan eng muhim
oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha iste’mol hajmi muttasil
o‘sib bormoqda, ayni vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish va xizmatlar uchun to‘lanadigan sarf-xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda
ko‘paymoqda.
Yurtimizdagi oilalarni uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar bilan ta’minlash borasidagi ahvol ham tubdan o‘zgardi. Xonadonlarni
muzlatkich, konditsioner, shaxsiy kompyuter, televizor, mobil telefon va boshqa zamonaviy maishiy
texnika vositalari bilan ta’minlash darajasi oshmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuv sharoitida
aholi turmush darajasini statistik usullar yordamida
baholashga zarurat tug‘ilmoqda. Ayniqsa, bugungi
kunda aholining turmush darajasini obyektiv statistik ma’lumotlar asosida iqtisodiy-statistik tahlil qilish, aholi pul daromadlarining tashkil topish manbalari va xarajatlarining tasniflanishini maxsus statistik usullarda o‘rganish, pul daromadlari va xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni statistik baholash va xarajatlar tasnifini statistik tahlil etish, iste’mol
va iste’mol talablarining qondirilish darajasini statistik ma’lumotlar asosida haqqoniy talqin etish dolzarb masala hisoblanmoqda.
Respublikamizda bugungi kunda aholining
pul daromadlari asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
  • ish haqi;


  • turli mulkchilikka asoslangan korxonalardan olinadigan ish haqi ko‘rinishidagi tushumlar (moddiy yordam, korxonadan bo‘shab ketishda


beriladigan to‘lovlar va h.k.);


  • nafaqalar, stipendiyalar;


  • mulkdan olinadigan daromadlar (turar joy, ko‘chmas mulk, yer va boshqa aktivlarni ijaraga berishdan olinadigan foiz, renta, dividend, daromadlar);


  • xorijiy mamlakatlardan olinadigan daromadlar (ish haqi, nafaqa, stipendiya, grantlarning yuborilishi, xayriya, insonparvarlik yordami va shu kabilar).





Download 42.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling