Mavzu: Registorlar flaglar tezkor xotira va xotira turlari Tezkor xotira
Download 25.63 Kb.
|
tezkor xotira
MAVZU:Registorlar flaglar tezkor xotira va xotira turlari Tezkor xotira Kompyuterlarda tezkor xotira sifatida foydalaniladigan xotira modullari dizaynining evolyutsion rivojlanishi. Yuqoridan pastga: DIP, SIPP, SIMM 30 pin, SIMM 72 pin, DIMM, DDR DIMM Shaxsiy kompyuterning sxemasi:
Biror dasturni ishga tushirib (dastlab tezkor xotiraga xotiraga yuklab), soʻng bu dasturdan chiqib ketib, ya’na shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga oshiriladi. Chunki kompyuter dastlab tezkor xotiraga murojaat qiladi, agar yuklangan dastur u yerda mavjud bo’lsa, o’sha yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi. Tezkor xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda uning hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori inobatga olinadi. Tezkor xotira chastotasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers chastotali tezkor xotira 100 MB ma’lumotni 10 sekunda yuklasa, 1000 megagersli tezkor xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi. Tezkor xotira koʻrinishi va ona plata (материнская плата, motherboard)ga oʻrnatilishi boʻyicha bir necha turlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon tezkor xotiralariga DDR1, DDR2, DDR3, DDR4 kiradi: DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha; DDR2 — maksimal chastotasi 800 megagersgacha; DDR3 — maksimal ishlash chastotasi 1800 megagersgacha. Har bir tezkor xotira turi o’zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi tezkor xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo’ljallangan plataga DDR2 ni o’rnatib bo’lmaydi. Chunki har bir tezkor xotira turi oʻzgacha ulanish tishlariga ega. Oʻlchami bir xil boʻlishi mumkin lekin tishlari oʻrtasida farq bor. Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham tezkor xotirani oʻrnatishda e’tiborga olish, uning chastotasini ham bilib qoʻyish zarur. Bu ma’lumotni kompyuter platasi hujjatidan topishingiz mumkin. Misol uchun, 800 MGʼda ishlaydigan DDR2 tezkor xotirasini 533 MG shinada ishlaydigan plataga qoʻyilsa, tezkor xotira ham 533 MGʼda ishlaydi yaʼni shu chastotaga moslashadi. Agar har xil chastotada ishlaydigan 2 ta tezkor xotirani bir plataga oʻrnatilganda, umumiy ishlash chastotasi kichik bo’lgan chastota bilan bog’liq bo’ladi. Misol tariqasida 1000 MG va 600 MG chastotada ishlaydigan tezkor xotirani bitta plataga oʻrnatilsa, shunda tezkor xotira 600 MGЦ chastota bilan ishlaydi. Tezkor xotira koʻplab oʻyin va dasturlar uchun javobgardir. Download 25.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling