Ichki xotiralar.Kompyuterni oʻchirilsa, bunday xotiralardagi maʻlumotlar xam (doimiy xotiradagidan tashqari) oʻchib ketadi.Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi boʻlib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida tahkidlash lozimki, kompyuter oʻchirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yoʻq boʻlib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.
Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy tizimi) mavjud. Bunday xotiradan faqat oʻqish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat oʻqish uchun) deb ataladi. IBM C kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, amaliyot tizimini boshlangʻich yuklanishini tahminlash qurilmalarga xizmat koʻrsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan boʻlib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining koʻproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam boʻlgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam boʻladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 Kb ni
tashkil qiladi.
Videoxotira.Videoxotira monitor ekraniga video maʻlumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida koʻp joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta boʻlsa, shuncha yaxshi albatta. Videoxotiraning 1 BBaytdan kam boʻlmagani yaxshi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |