mavzu. Rejalashtirish turlari va usullari reja: Rejalashtirish turlari


Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish usullari


Download 297.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi297.72 Kb.
#1590740
1   2   3
Bog'liq
3 ma

 
3.2. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish usullari 
Ichki 
rejalashtirishning 
metodologiyasi 
(uslubiyati) 
rejalashtirish 
qonuniyatlari, prinsiplari, unga qo‘yilayotgan talablar, iqtisodiy ko‘rsatma 
qoidalarni mujassamlashtiradi. 
Rejalashtirish usuli (metodikasi) aniq reja ko‘rsatkichlarining asoslashning 
yo‘llari, uslublarining tarkibini xarakterlaydi, ichki rejalarni ishlab chiqarish 
tartibi, strukturasi, shakli va mazmunini ifodalaydi. 
Iqtisodiy rivojlanish kompleks rejasini ishlab chikish jarayoni murakkab va 
ko‘p mexnat talab etadigan jarayon рisoblanib, ma’lum bir reja tuzish 


texnologiyasiga asoslanishi lozim. Ushbu texnologiya umumiy tartibni 
belgilangan muddat, talab etilgan mazmun, rejaning turli bo‘limlarini ishlab 
chiqarish ketma-ketligi, har bir ko‘rsatkichning asoslanganligini tartibga soladi, 
shuningdek ishlab chiqarish bo‘linmalari, funksional organlar va rejali 
bo‘limlarining o‘z aro ta’sirini tartibga soladi. Rejalashtirish faoliyatining 
metodologiyasi, metodikasi va texnologiyasi birgalikda ichki rejalashtirishning 
predmetini belgilaydi. 
Rejalashtirish uslubiyati – iqtisodiyotni boshqarishning turli bo‘g‘inlarida, 
jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari 
majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u avvalo reja idoralarining, 
ham sobiq ittifoq miqyosida ham alohida Respublikalar miqyosida amal qilgan 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarining ishlab chiqish 
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muhim soha va 
tarmoqlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish ushbu ko‘rsatmalar asosida amalga 
oshiriladi. 
Rejalashtirish faoliyatining uslubiyoti, usuli va texnologiyasi birgalikda 
rejalashtirish predmetini belgilaydi. 
Rejaviy faoliyatning umumiy natijasi bo‘lib, reja loyihalari hisoblanadi. Ular 
turli nom bilan ataladi: - ijtimoiy- iqtisodiy rejalashtirishning kompleks rejasi, 
zakaz naryad, biznes reja, standart - reja. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
korxonalarda yakuniy rejalashtirish faoliyatining aniq (konkret) predmeti sifatida 
marketing, loyihalashtirish, sotib olish, ishlab chiqarish, mehnat, sotish, moliya 
kabi asosiy funktsiyalar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni mujassamlashtirgan turli 
rejalardan foydalaniladi. 
Rejalashtirishning yakuniy natijasi bo‘lib belgilangan reja ko‘rsatkichlariga 
erishish darajasini belgilovchi iqtisodiy samara hisoblanadi. rejalashtirilayotgan 
haqiqiy samarani solishtirish nafaqat yakuniy amaliy natijalarining ishonchliligini 
baholash uchun asos, balki qo‘llaniladigan rejalashtirish usullarining ilmiy 
asoslanganligi, shuningdek ichki rejalashtirishning rivojlanish darajasini 
baholashga ham asos bo‘ladi. Ichki rejalashtirishda qabul qilinayotgan 
yechimlarning asoslanganligi va kutilayotgan natijalari, prognozlashtirish nazariy 
qoidalar va printsiplarga hamda amaliy ma’lumot va faktlarga tayanadi. 
Ulardan kuzatilayotgan iqtisodiy holatlarni ilmiy talablar nuqtai nazaridan 
tushuntirish uchun foydalaniladi. Masalan, firmaning iqtisodiy faoliyatini tahlil 
etish yakuniy foydani oshirishga intiladi degan oddiy taxmindan boshlanadi. 
Rejalashtirish nazariyasi ushbu tahlildan korxonaning ishlab chiqarilgan mahsulot 
turini tanlash, zaruriy ishchi kuchini yig‘ish, material resurslarini sotib olish 
bo‘yicha rejalarini asoslashda foydalaniladi. Ichki rejalashtirish firmalar asosiy 
iqtisodiy resurslarning amaldagi narxlaridan kelib chiqqan holda o‘z ishlab 
chiqarish rejalarini qanday asoslashlarini tushuntiradi. 
Rejalashtirishning eng ko‘p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: 
balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo‘yicha, ko‘p variantli 
hisob-kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini 
oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek, 


tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul 
eng samarali usul hisoblanadi. 
Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu 
usulning mohiyati, o‘z aro aloqada bo‘lgan ko‘rsatkichlarni solishtirish bilan 
ifodalaniladi. Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi 
kuchi, ishlab chiqarish quvvatiga bo‘lgan talablari va ularning manbalari 
aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan holda moddiy balans, ishldab chiqarish 
quvvatlari balansi, ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib 
ko‘rsatish mumkin. 
Balanslar, qoidaga ko‘ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning 
mavjudligi yoki manbalarini o‘z ichiga oluvchi, o‘z aro moslashuvchi jadval 
shaklida tuziladi. 
Balans usuli me’yoriy usuli bilan birgalikda qo‘llaniladi. Me’yoriy usulida 
resurslarni sarflashning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan eng yuqori va eng quyi 
chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda 
me’yor va me’yoriy kabi tushunchalardan foydalaniladi. 
Me’yor (norma) – belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat) 
tayyorlash uchun sarflanuvchi xom-ashyo, material, yoqilg‘i, energiya va boshqa 
resursladan foydalanishning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki 
minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish me’yorlarini kamaytirish 
mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining 
buzilishiga olib keladigan bo‘lsa, u holda bu me’yorlarni kamaytirish mumkin 
emas. 
Me’yoriy – nisbiy kattalik bo‘lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlar 
yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish 
darajasini, ularning har bir maydon birligi, og‘irlik birligi, hajm birligiga 
sarflanishini tavsiflab beradi. 

Download 297.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling