mavzu. Rejalashtirish turlari va usullari reja: Rejalashtirish turlari
Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish usullari
Download 297.72 Kb. Pdf ko'rish
|
3 ma
3.2. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish usullari Ichki rejalashtirishning metodologiyasi (uslubiyati) rejalashtirish qonuniyatlari, prinsiplari, unga qo‘yilayotgan talablar, iqtisodiy ko‘rsatma qoidalarni mujassamlashtiradi. Rejalashtirish usuli (metodikasi) aniq reja ko‘rsatkichlarining asoslashning yo‘llari, uslublarining tarkibini xarakterlaydi, ichki rejalarni ishlab chiqarish tartibi, strukturasi, shakli va mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy rivojlanish kompleks rejasini ishlab chikish jarayoni murakkab va ko‘p mexnat talab etadigan jarayon рisoblanib, ma’lum bir reja tuzish texnologiyasiga asoslanishi lozim. Ushbu texnologiya umumiy tartibni belgilangan muddat, talab etilgan mazmun, rejaning turli bo‘limlarini ishlab chiqarish ketma-ketligi, har bir ko‘rsatkichning asoslanganligini tartibga soladi, shuningdek ishlab chiqarish bo‘linmalari, funksional organlar va rejali bo‘limlarining o‘z aro ta’sirini tartibga soladi. Rejalashtirish faoliyatining metodologiyasi, metodikasi va texnologiyasi birgalikda ichki rejalashtirishning predmetini belgilaydi. Rejalashtirish uslubiyati – iqtisodiyotni boshqarishning turli bo‘g‘inlarida, jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u avvalo reja idoralarining, ham sobiq ittifoq miqyosida ham alohida Respublikalar miqyosida amal qilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarining ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish ushbu ko‘rsatmalar asosida amalga oshiriladi. Rejalashtirish faoliyatining uslubiyoti, usuli va texnologiyasi birgalikda rejalashtirish predmetini belgilaydi. Rejaviy faoliyatning umumiy natijasi bo‘lib, reja loyihalari hisoblanadi. Ular turli nom bilan ataladi: - ijtimoiy- iqtisodiy rejalashtirishning kompleks rejasi, zakaz naryad, biznes reja, standart - reja. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda yakuniy rejalashtirish faoliyatining aniq (konkret) predmeti sifatida marketing, loyihalashtirish, sotib olish, ishlab chiqarish, mehnat, sotish, moliya kabi asosiy funktsiyalar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni mujassamlashtirgan turli rejalardan foydalaniladi. Rejalashtirishning yakuniy natijasi bo‘lib belgilangan reja ko‘rsatkichlariga erishish darajasini belgilovchi iqtisodiy samara hisoblanadi. rejalashtirilayotgan haqiqiy samarani solishtirish nafaqat yakuniy amaliy natijalarining ishonchliligini baholash uchun asos, balki qo‘llaniladigan rejalashtirish usullarining ilmiy asoslanganligi, shuningdek ichki rejalashtirishning rivojlanish darajasini baholashga ham asos bo‘ladi. Ichki rejalashtirishda qabul qilinayotgan yechimlarning asoslanganligi va kutilayotgan natijalari, prognozlashtirish nazariy qoidalar va printsiplarga hamda amaliy ma’lumot va faktlarga tayanadi. Ulardan kuzatilayotgan iqtisodiy holatlarni ilmiy talablar nuqtai nazaridan tushuntirish uchun foydalaniladi. Masalan, firmaning iqtisodiy faoliyatini tahlil etish yakuniy foydani oshirishga intiladi degan oddiy taxmindan boshlanadi. Rejalashtirish nazariyasi ushbu tahlildan korxonaning ishlab chiqarilgan mahsulot turini tanlash, zaruriy ishchi kuchini yig‘ish, material resurslarini sotib olish bo‘yicha rejalarini asoslashda foydalaniladi. Ichki rejalashtirish firmalar asosiy iqtisodiy resurslarning amaldagi narxlaridan kelib chiqqan holda o‘z ishlab chiqarish rejalarini qanday asoslashlarini tushuntiradi. Rejalashtirishning eng ko‘p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo‘yicha, ko‘p variantli hisob-kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek, tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul hisoblanadi. Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu usulning mohiyati, o‘z aro aloqada bo‘lgan ko‘rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalaniladi. Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish quvvatiga bo‘lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan holda moddiy balans, ishldab chiqarish quvvatlari balansi, ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko‘rsatish mumkin. Balanslar, qoidaga ko‘ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o‘z ichiga oluvchi, o‘z aro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi. Balans usuli me’yoriy usuli bilan birgalikda qo‘llaniladi. Me’yoriy usulida resurslarni sarflashning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda me’yor va me’yoriy kabi tushunchalardan foydalaniladi. Me’yor (norma) – belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom-ashyo, material, yoqilg‘i, energiya va boshqa resursladan foydalanishning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish me’yorlarini kamaytirish mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining buzilishiga olib keladigan bo‘lsa, u holda bu me’yorlarni kamaytirish mumkin emas. Me’yoriy – nisbiy kattalik bo‘lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon birligi, og‘irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi. Download 297.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling