Mavzu rejasi: Kredit modul tizimi haqida tushuncha. Kredit- modul tizimiga oid tushunchalari ta’rifi


Download 236.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2023
Hajmi236.33 Kb.
#1142454
Bog'liq
3-mavzu. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan



3-Mavzu: Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish. 
MAVZU REJASI: 
1. Kredit modul tizimi haqida tushuncha. Kredit- modul tizimiga oid tushunchalari ta’rifi.
2. Kredit-modul tizimi tamoyillari: ta’limda shaffoflikka erishish, ta’limda talabalarning 
moslashuvchanligini va mobilligini rivojlantirish, talabaga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish.
3. Kredit-modul tizimida nazoratlarni hisoblash.
Kredit modul tizimi tarixi. Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AQSh universitetlarida joriy 
etilgan boʻlib, 1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, amerika taʼlimining taniqli arbobi Charlz Uilyam 
Eliot “kredit soati” tushunchasini isteʼmolga kiritadi. 
Shunday qilib, 1870 — 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit 
tizimi bilan oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga oʻquv jarayonini mustaqil ravishda 
rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib 
berdi. 
Modul — bu bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir 
bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir 
nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda 
audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni 
mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi. 
Kredit (credit) — 
oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining (vaqtning) oʻlchov birligidir. Kredit — 
talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda 
taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan 
topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi. 
KREDIT-MODULTIZIMINING TAMOYILLARI. 
1) Talabaga yo’naltirilgan ta’lim (student-centered learning); 
2) Ta’limda shaffoflikka erishish (transparency); 
3) Ta’limda moslashuvchanlikni kuzatish (improving flexibility) 
4) Akademik mobillikni kuchaytirish (improving student mobility). 
KREDT-MODULTIZIMIGA(ECTS) O’TISHNINGASOSIYUSTUVORLIKLARI 
Akademik mobillik 
 Talaba va professor- o’qituvchilar o’tuvchanligi 
 Talabaga yo’naltirilgan ta’limni tashkil etish Fanlarni, professor- o’qituvchilarni tanlashi 
 Ta’limda shaffoflikka erishish Sillabus orqali fan va o’qituvchilarbilan tanishish 
 Ta’lim biznesining rivojlanishi Talaba oqimining kuchayishi qayta o’tish mavjudligi 
 Ishga bo’lgan motivatsiyaning majburiy kuchayishi Fanning va professor- o’qituvchining tanlanishi 
Kreditlar fanlarga beriladigan soatlardan kelib chiqib aniqlanadi. 
Masalan:
Pedagogika nazariyasi va tarixi 360 soat – 12 k.
Psixologiya nazariyasi va tarixi 120 soat – 4 k.
Axborot texnologiyalari 120 soat – 4 k.
Jismoniy tarbiya 120 soat – 4 k. Jami: 240 k. 
QAYTA TOPSHIRISH 
Oraliq nazorat fan (kurs) bo‘yicha Ma’lum bir bob, bo‘limdan keyin olinadi. ON larni olish qayta 
topshirish ikki martadan Oshmasligi shart. Qayta topshirish muddati YN gacha bo‘lishi mumkin. 
QAYTA O‘QISH 
 Fanni o‘zlashtirmagan(60 %dan kam to‘plagan) holatda amalga oshiriladi.
 Auditoriya yuklamasining 25%ini uzrli sababsiz qoldirgan;
YN ga kiritilmagan;
 Fandan 60 ball to‘plamagan. 
 Qayta topshirishdan ham unumli foydalana olmagan 

Download 236.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling