Mavzu: Reklamaning estetik jihatlari va g’ayri estetik holatlar


Download 34.29 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi34.29 Kb.
#1620127
Bog'liq
falsafa oraliq nazorat


11-variant

  1. Mavzu:Reklamaning estetik jihatlari va g’ayri estetik holatlar.

Insert jadvali.

v

+

-

?

jamiyatning har bir fuqarosini global jarayonlarni mulohazakorlik bilan tahlil qilishga o'rgatish, ularning axloqiy mas’uliyatni
chuqur his qilishiga erishish;

shaxs erkinligi oila, mahalla, davlat va jamiyatni o‘zaro
uyg‘unligida ro‘yobga chiqqani, xorijdan eksport qilinayotgan,
razolat va tubanlikka yetaklovchi «ommaviy madaniyat» millat
axloqi, urf-odati, dinu-diyonati, imon-e’tiqodiga mutlaqo yot
ekanligini, ular ruhiyatiga muntazam singdirib borish;

ataylab qaramaqarshi xarakterdagi ma’lumotlarni ketma-ket berish orqali oxiroqibatda yoshlarning idrokini susaytirishga olib keladi.

sharq kishisiga xos fazilatlarni yuksaltirishasosida har bir
shaxsning erkinlik va mas’uliyatni chuqur anglashga safarbar
etish o‘z amaliy faoliyatida demokratik qadriyatlarga tayanish
ko‘nikmasini hosil qilish;




Internet
va uning shakllari bo‘lgan internet-televideniya, internet-radio,
elektron pochta, onlayn-video, ijtimoiy tarmoqlar kabi ko‘plab
axborot tarqatish texnologiyalari imkoniyatlaridan yoshlarning
ma’naviyati va bilim darajasini oshirishda maqsadli va oqilona
foydalanish zarur

Ayrim firma va kompaniyalar o‘zlarining
sifatsiz ayni paytda zararli mahsulotlarini reklama qilishda ustalik bilan foydalanmoqda.






  1. Mavzu:Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari

Tayanch so’zlar: Muammo, savol, javob, muaammoli vaziyat, muammoni qo‘yish, muaamoni hal etish, gipoteza, ishchi gipoteza, nazariya, formal sistemalar
Argumentlash — (lot. argumentatio — dalil, argument keltirish) ilgari surilgan fikrga nisbatan boshqa tomon (auditoriya,
yakka shaxs va b.)ning ijobiy munosabatini (ma’qullashi, qabul
qilishi) shakllantirish maqsadida dalillar, argumentlarni keltirish.
Argumentlashning maqsadi — ilgari surilgan holatlarning auditoriya tomonidan qabul qilinishiga, konstruktiv munosabatlarning
shakllanishiga erishishdir; auditoriyani uning e’tiboriga havola
qilinayotgan holatning, fikrning adolatli ekanligiga ishontirishdir,
uni shu fikrni qabul qilishiga va shunga muvofiq harakat qilishiga
erishishdir. Argumentlashda «haqiqat-yolg'on», «ezgulik-yovuzlik» dilemmalari muhim emas.

Isbotlash — bir mulohazaning chinligini u bilan bogl iq boshqa


chin mulohazalar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy
amal. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli — demonstratsiya.
Tezis — chinligi asoslanishi lozini bolgan mulohaza, u isbotlashning markaziy flgurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor
uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning
o‘zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq
faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini
ko‘rsatuvchi mulohazalardan iborat boladi.
Argumentlar (lot. argumentum — isbot asosi) — dalillanishi
(isbotlanishi) talab qilingan tezis (mulohaza, nazariya)ni asoslash uchun keltiriladigan bir yoki undan ortiq mulohazalardir. Tezisga aloqador qoidalar:
1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bolishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bolmay
qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi.
2. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida boshidan oxirigacha
o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni almashtirish» degan xato kelib chiqadi.
Argumentlarga nisbatan qoidalar:
1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bolishi va bir-biriga zid bolmasligi lozim.
2. Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bolishi kerak.
3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan
hukmlar bolishi lozim.
Isbotlash usulining qoidasi:
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bolishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur. Argumentlashning taktikasi deb, argumentlarni eng unumli qo‘llash usuli; raqibning qarshi argumentlariga munosabat
shakli; argumentlashning strategik maqsadlariga erishish uchun
qo‘llaniladigan usul va vositalar majmuyiga aytiladi.
Argumentlashning taktikasi turli usullarni o‘z ichiga oladi:
— argumentlarni tanqid qilish (opponentnig yolg‘on tezisini
ishonchli faktlar bilan rad etish);
— dushmanning qurolini o‘ziga qarshi qo‘llash prinsipi (opponentning flkrlarini o‘ziga qarshi ishlatish);
— isbotlash yukini raqibiga ag‘darish (haqiqat sukut saqlashdadir);
— pala-partish so‘zlash;
— hamma narsani rad etib, o‘zini aqlli ko‘rsatish;
— «bema’nilikka olib kelish» usuli (opponentning fikri bema’ni
ekanligini istehzo va kinoya bilan isbotlash);
— «shaxsga murojaat qilish» (tezisni almashtirish);
— bumerang usuli (qarshi tomonning argumentini o‘ziga qaytarib qo'llash);
— isbotlash usulini rad etish;
— savollar hujumini uyushtirish va boshqalar.
Bahsda qollaniladigan hiylalar:
— yolg‘on uyatga qo‘yish (opponentning atrofdagilar oldida
obro‘si to‘kilishidan xavotirlanishini bilib, undan foydalanish);
— argumentlarni «yog'lash» (opponentga oshkora xushomadgo‘ylik qilish);
— yosh, ma’lumot va mavqeni pesh qilish (masalan, avval diplom oling, keyin gapiring);
— gapni boshqa tomonga burish;
— qat’iy ohangda so‘zlash;
— ataylab bahsni to‘xtatish va boshqalar.

Sofizm so‘zi «ayyorlik», «soxta donolik» degan ma’nolarni


bildiradi. Bunday ishlar bilan shug‘ullanuvchilar, ya’ni rostni
yolg‘on, yoig‘onni rost deb tasdiqlovchi, o‘zini dono, boshqalarni
esa nodon qilib ko‘rsatuvchi kishilar sofistlar-safsatabozlar deb
ataladi. Soflstlar chin fikrni xato, xato fikrni esa chin deb isbotlovchi kishilar bo‘lib, o‘z maqsadlarini amalga oshirishda o‘ziga
xos isbotlash usullaridan foydalanadilar.
Forobiy «Falsafatu Aristutolis» nomli risolasida safsatabozlar
qo‘llaydigan quyidagi olti usulni ko'rsatadi: «1) tanbeh berish; 2)
dovdiratish; 3) tuhmat qilish; 4) nutqda duduqlanishga majbur
qilish; 5) bema’ni narsalardan foydalanish, safsata; 6) suhbatdoshga so‘z bermaslik». Soflstik muhokamalarga chalkashtirish,
yanglishtirish, aldash, noto‘g‘rini to‘g‘ri, to‘g‘rini noto‘g‘ri deb
bilish xosdir.

Muammo — javobi bevosita mavjud bilimda bolmagan va yechish usuli noma’lum bolgan savoldir.Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bolib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan hodisaning sababini


aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
Shunday qilib, gipoteza muammoning yechimini topish uchun
xizmat qiladigan fikrlarning, bilimlarning mavjud bolish va
rivojlanish shaklidir.
Download 34.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling