Mavzu: Relyef shakllari va tushunchasi


Download 15.02 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi15.02 Kb.
#1697794
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


Mavzu: Relyef shakllari va tushunchasi.

Relyef (fransuzcha: relief, lotincha: relevo — koʻtaraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi koʻrinishi, oʻlchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga koʻra turlituman notekisliklar: togʻ, tekislik, payettekislik, adir, yassitogʻ, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa pastbalandliklar majmui. R. kattaligiga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi: megarelyef (materik doʻngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq boʻlgan shakllar (togʻ sistemalari, tekisliklar); makrorelyef (togʻ tizmalari, togʻlar oraligʻidagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelyef (jarliklar, suv osti kanʼonlari, tepaliklar); mikrorelyef (karst chuqurliklari, jarlar, doʻng tepa, dasht tepaliklari va boshqalar); n a n o relyef (juda kichik chuqurchalar, doʻngchalar va boshqalar). Bu boʻlinish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi R.ning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari R.ni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos boʻla olmaydi, chunki bir xil tashqi koʻrinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha boʻlishi mumkin.


R. endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali R. shakllari hosil boʻladi. Yirik R. shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va boshqa bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va h.k.) odatda, nisbatan maydaroq R. shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli R.larni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan R. shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. R.dagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. R.ning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va boshqalar) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi.


R.ning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani oʻrganadi. R.ni oʻrganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va h.k.da foydalaniladi. Quruklik va okeanlar tubi R. saqida Yer maqolasiga q.[1] bu ham toʻgʻri.




EOL RELEF SHAKLLARI shamol ta’sirida yuzaga keluvchi relef shakllari, asosan, arid iqlimli zonalar (cho’l va chala cho’llar)da kuzatiladi. Dengiz, ko’l va daryolarning bo’sh va substrat jinslarini siyrak o’simlik qoplami shamol ta’siridan himoya qila olmaydigan sohillarida ham uchraydi. Nuragan tog’ jinslarining shamol ta’sirida ko’chirilishi va boshqalar joyga to’planishi natijasida yuzaga keluvchi akkumulyativ va akkumulyativ-deflyasiya shakllari ayniqsa keng tarqalgan. Ular nafaqat shamol, balki shamol uchirib keltiradigan mayda jinslarning urilishi, ya’ni qumli shamollar ta’sirida ham vujudga keladi. Eol relef shakllarining o’lchami va shakllari shamol rejimi (kuchi, tezligi, yo’nalishi, shamol oqimi strukturasi)ga, relef, o’simlik qoplami, namlik va boshqalar omillarga bog’liq. Qumli joylardagi Eol relef shakllari shamolning mavsumiy yo’nalishiga muvofiq tarzda ko’chib yuradi. Eol relef shakllari mo’tadil mintaqa cho’llarida o’simlik qoplami nisbatan zichroq bo’lganligi uchun unchalik katta bo’lmaydi va sekin-astalik bilan rivojlanadi. Shamollar rejimi va bo’sh jinslarning jipsliligi, asosan, zonal geografik omillarga bog’liq, shu sababli Eol relef shakllari ham umuman zonal joylashadi. Rus geograf olimi B.A.Fedorovich tasnifiga ko’ra, yengil harakat qiluvchi qumli relef shakllari, asosan, tropiklarning arid cho’llariga (Sahroi Kabir, Arabiston yarim oroli, Eron va Afgonistondagi cho’llar). sust harakatlanuvchi relef shakllari tropik mintaqalardan boshqa siyrak chakalakzorli cho’llarga (O’rta Osiyo va Qozog’iston, Jung’ariya, Mongoliya va Avstraliya cho’llari); dyunalar cho’l bo’lmagan hududlarga (Yevropa, G’arbiy Sibir, shimoliy Amerika) xos. Eol relef shakllarining morfologiyasi, kelib chiqishi, harakatlarini har taraflama o’rganish cho’llarni
Download 15.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling