Mavzu: Respublika bo‘yicha yong‘inlar sodir bo‘lishi va ularda ko‘riladigan zararlar to‘g‘risida statistik ma’lumotlar tahlili


Download 1.18 Mb.
bet7/7
Sana24.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1115344
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ruziyev Marufjon mustaqil ish — копия.pptx

Havo – ko`pikli o`t o`chirish asboblari ishqorli elementlar va elеktr uskunalaridan tashqari turli moddalarni o`chirishda ishlatiladi. 12.5 – rasmda OBП – 10 havo – ko`pikli o`t o`chirish asbobining sxemasi tasvirlangan. Bu asbob yong`in yuzalarini 60 karrali ko`pik bilan ta`minlashi mumkin. O`t o`chirish asbobining qobig`ida ko`pik hosil qiluvchi qorishma, stakan ichida esa bosim ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan. Bu asbobni ishga tushirish uchun dastak qattiq bosiladi, shu bilan birga karbonat kislota solingan ballonchaning membranasi teshiladi. Undan chiqayotgan karbonat kislota asbob qobig`i ichida bosim hosil qiladi. Natijada, ko`pik hosil qiluvchi modda sifon orqali karnaysimon og`izga chiqib, havo bilan aralashib ko`pik hosil qiladi.
Xladonli va aerozolli o`t o`chirish asboblariga karbonat kislotali – brom–etilli o`t o`chirish asboblari kiradi. Ularning zaryadi sifatida galloidlangan uglevodorodli birikmalar ishlatiladi (bromli etilen, bromli etil, tetraftordibrometan va boshq.). Bu asboblar transport vositalari va kuchlanishi 380 V. gacha bo`lgan elеktr uskunalaridan chiqqan yong`inlarni o`chirishda ishlatiladi.
Kukunli o`t o`chirish asboblarida o`chiruvchi modda sifatida kukunli tarkiblar ishlatiladi. Hozirgi paytda ОП – 1, ОП – 2, ОП – 2Б, ОП – 8 Бl va boshqa kukunli o`t o`chirish asboblari ishlab chiqarilmoqda.
ОП – l asbobidan tashqari barcha kukunli o`t o`chirish asboblarida kukun qisilgan havo yoki gaz (azot) yordamida purkaladi. Bu turdagi o`t o`chirish asboblari ishqoriy metallar, yengil yonuvchi suyuqliklar, kuchlanish ostidagi elеktr uskunalari yonganda o`chirish uchun ishlatiladi.
O `t o`chirishning muqim va ko`chma vositalari
O`t o`chirishning ko`chma vositalari yuqorida tavsiflangan qo`l o`t o`chirish asboblariga nisbatan quvvatli qilib tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda karbonat kislotali OУ – 25, OУ – 80, OУ – 400, havo – ko`pikli OBП – 100, kukunli OП – 100 ko`chma o`t o`chirish vositalari ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan bir qatorda qurama, ikki zaryad ko`pik hosil qiluvchi modda bilan suv qorishmasi va kukundan tashkil topgan OK – 100 rusumli ko`chma o`t o`chirish vositasi ham qo`llanadi (12.6 – rasm).

12.6 – rasm.Ko`chma o`t o`chirgichlar:
a – karbonat kislotali; b – ОП-100; d – ОК-100.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.“O’zbekiston.Milliy.Ensiklopediyasi”,O’zbekistonmilliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti,2005-yilToshkent.
2. Wikipedia.org
3. Lex.uz 4. Arxiv.uz
4.Internet malumotlari asosida tayorlandi
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling