Mavzu. Respublika,viloyat,va qishloq tumanlarning tabiiy resurslardan foydalanish


Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J. A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga


Download 110.59 Kb.
bet8/9
Sana24.10.2023
Hajmi110.59 Kb.
#1718603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Respublika,viloyat,va qishloq tumanlarning tabiiy resurslar

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J. A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini taʼminlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. R. Xamrayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Farmonning 4-ilovasidagi prognoz koʻrsatkichlari ijrosini taʼminlash, foydalanishga kiritilgan maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash, irrigatsiya tarmoqlarida suv yoʻqotilishini kamaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qoʻshimcha suv omborlarini qurish;
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri S. Oʻ. Umurzoqov zimmasiga — Farmonning 3 va 4-ilovalaridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha javobgarlik yuklansin.
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.


Xulosa
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan hamda suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarining maksimal mahsuldorlik salohiyatiga erishish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini tiklash, davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish, ilg‘or dehqonchilik tizimlarini va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning yuqori va intensiv agrotexnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha agrotexnik, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya texnologiyalari hamda yerlarni sug‘orish usullarini keng joriy etish, ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish maqsadida quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:


Download 110.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling