Rezistorlarning markirovkalari simli chiqish joylari.
Rezistorlar, asosan kam quvvatli – kichik detalli, 0,125 Vtli rezistorning diametri va uzunligi kichik millimetrga teng, bunday qarshiliklaprda o‘laning o‘lchamlari keltirilgan bo‘ladi, chunki naminal harfiy belgilari beriladi va ularni o‘lcham birliklari quyidagiicha K – kiloom uchun; M – megaom uchun; E, R yoki ko‘rsatilmagan birliklar uchun Omda beriladi. Bundan tashqari har qanday naminallilarida uchta simvol bilan yoritiladi. Masalan 4K7 rezistorni bildiradi, qarshiligi 4,7 kOm, 1R0 – 1 Om, M12 – 120kOm (0,12MOm) va boshqalar. Biroq bunday ko‘rinishli kichik rezistorlarni qiymatlarini uchratish qiyin, kichiklarida rangli markirovka belbog‘lar (palasalar) bilan belgilanadi.
Rezistorlarni aniqligi 20% liklar uchun markirovkasi uchta belbog‘ligi, 5% va 10% liklar uchun aniq to‘rtta belbog‘li, aniq rezistorlar uchun beshta yoki oltita belbog‘li markirovkaliklari ishlatiladi. Birinchi ikkita belbog‘ belgisi esa naminalni anglatadi. Agarda 3 yoki 4 belbog‘ bo‘lsa, uchinchi belbog‘ o‘nli ko‘paytiruvchi, ya’ni o‘nli daraja, ular songa ko‘paytiriladi, ikkita sondan iborat, birinchi ikkita belbog‘ ko‘rsatilgan. Agar to‘rtta belbog‘ bo‘lsa, rezistorni aniqligi ko‘rsatiladi. Agarda beshta belbog‘ bo‘lsa, uchinchisi esa qarshilikni belgisi, to‘rtinchi – o‘ninchi ko‘paytirgich, beshinchisi – aniqligi. Oltinchi belbog‘, agarda u bo‘lsa, qarshilikni harorat koeffitsienti (TKS) bildiradi. Agarda bu belbog‘ boshqalardan 1,5 barobar keng bo‘lsa, unda rezistorning ishonchliligini bildiradi (1000 ishchi soatda ishdan to‘xtash %).
SHuni aytish lozimki, ba’zan aniqlik standarti bo‘yicha 5 ta belbog‘lilari uchraydi (5 yoki 10 %). Bu holda, birinchi ikkita belbog‘i naminalni belgisini, uchinchi – ko‘paytirgich, to‘rtinchi – aniqligi, beshinchisi esa harorat koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |