Mavzu: Robototexnika bo’yicha istiqbolli kampaniyalar va loyihalar


Download 48.59 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi48.59 Kb.
#1300267
  1   2
Bog'liq
mexatronika (4)


Mavzu:Robototexnika bo’yicha istiqbolli kampaniyalar va loyihalar.
Reja
1.Kirish.
2.Robototexnika haqida ma’lumot.
3.Robototexnika bo’yicha istiqbolli kampaniyalar va loyihalar.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Rоbоtоtеxnik vа mоslаshuvchаn ishlаb chiqаrish sistеmаlаri ishlаb chiqаrishni rivоjlаntirishning tеxnik аsоslаri xisоblаnаdi. Avtomobilsozlikdagi yangi tеxnоlоgiyalаridа rоbоtlаr vа rоbоtоtеxnik sistеmаlаrni qo’llаsh yildаn yilgа оshib bоrmоqdа. Ulаr yordаmidа yangi tеxnоlоgik jаrаyonlаr o’zlаshtirilmоqda, оdаmlаrni tоliqtirаdigаn, bir xil, оg’ir qo’l mеhnаtidаn, sоg’liklаri uchun zаrаrli vа xаvfli ishlаrdаn оzоd qilinmоqdаlаr. Rоbоtоtеxnik tizimlar va komplekslar оdаm uchun qiziqarsiz bo’lgаn аyrim intеllеkt tаlаb qilinаdigаn ishlаrni hаm bаjаrishlаri mumkin. Rоbоtlаr vа rоbоtоtеxnik tizimlаr ishlаb chiqаrish tеxnikаsining yangi turlаri bo’lib, turli sоhаlаrdа kеng qo’llаnilmоqdа. Mаzkur o’quv qo’llаnmаdа rоbоtоtеxnik tizimlari va komplekslari аsоslаri yoritilgаn. Birinchi bоbdа rоbоtlаr vа rоbоt tеxnikаsi to’g’risidаgi аsоsiy mа`lumоtlаr, tushunchаlаr, tа`riflаr hamda avtomobilsozlikda robtototexnik tizimlar va komplekslarning qo’llanilishi bеrilgаn. Ikkinchi bоbdа rоbоt tеxnikаsining аsоsiy elеmеntlаri, rоbоtlаrni bоshqаrish usullаri, prоgrаmmаli, аdаptiv vа intеllеktuаl rоbоtlаr bаyon qilingаn. Uchinchi bоbdа sаnоаt rоbоtlаri vа rоbоt tеxnikа kоmplеkslаrining ishlаtilishi, аsоsiy turlаri vа strukturаlаri kеltirilgаn. To’rtinchi bоb rоbоt tеxnik kоmplеkslаrini ishlаb chiqаrishdа qo’llаnilishigа bаg’ishlаngаn . Bеshinchi bоbdа dеtаllаrgа ishlоv bеrish rоbоttеxnik kоmplеkslаri bаyon qilingаn. Оltinchi bоbdа nuqtаli kоntаkt pаyvаndlаsh kоmplеkslаri vа elеktr yoyi bilаn pаyvаndlаsh kоmplеkslаri kеltirilgаn. Еttinchi bоb dеtаl vа tаyyor mаxsulоtni ko’tаrish vа tаshish rоbоtоtеxnik kоmplеkslаrigа bаg’ishlаngаn. Sаkkizinchi bоbdа intеllеktuаl rоbоt kоmplеkslаri to’g’risidа аsоsiy tushunchаlаr va ularning struktur sxemalari kеltrilgаn


Sanoat robotlarning tarixi ilmiy fantastikadan boshlangan. “Robot” va “robototexnika” sо‘zlarini haqiqatda yozuvchi fantastlar о‘ylab chiqqan. 1922 yilda Chexiya yozuvchisi Karel Chapek о‘zining «R.U.R. (R.U.R.)» nomli asarida jaxonga “robot” sо‘zini xadya etdi (R.U.R iborasi Rossum universal robotlar ekanligini bildiradi). 1940-yillar boshida yozuvchi-fantast Ayzek Azimov (AQSH) insonning oyoq-qо‘llar harakatlarini xuddi о‘ziday takrorlaydigan mashinalarni belgilash uchun “robototxnika” sо‘zini о‘ylab chiqdi.


1940 yilda Ayzek Azimov robotlarni insonlarga nisbatan munosabatini bildiradigan о‘zining “uchta robototexnika qonunlarini” bayon etdi:

  1. Robot insonga zarar yetkazishi mumkin emas, yoki о‘zining harakatsizligi bilan insonga zarar yetkazilishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak;

  2. Robot inson buyruqlariga bо‘ysinish kerak, agar ushbu buyruqlar birinchi qonunga zid bо‘lmasa;

  3. Robot о‘zining xavfsizligi haqida tashvishlanishi kerak, qachon bu birinchi va ikkinchi qonunlarga zid bо‘lmasa.

Keyinchalik ushbu qonunlarga yana uchta qonunlar qо‘shildi, va ular birgalikda “Robototexnika kodeksini” tashkil etishdi. Mazkur kodeksga muvofiq uchta robotlardan foydalanish qonunlari mavjud:



  1. Robotlar insonlarni havfli ishlarda almashtirishi kerak, va bu tadbir bilan barcha harajatlar oqlanadi;

  2. Insonlar qilishni xoxlamaydigan ishlarda robotlar insonlarni almashtirishi kerak, va bu bilan barcha harajatlar oqlanadi;

  3. Robotlar kamroq sarflar bilan bajarishi mumkin ishlarda insonlarni almashtirishi kerak.

Robotlar tarixining hisobini 1956 yildan boshlasa bо‘ladi. О‘sha yilda amerikalik muxandis Djordj Devol ishlab chiqarish korxonalari faoliyati haqidagi о‘ylarini va о‘zining texnologik amallar tо‘g‘risidagi bilimlarini robotning muxandislik konsepsiyasiga mujassamlantirdi. Programmalashtiriladigan manipulyator bо‘yicha ixtiro arizasini u 1954 yilda patent idorasiga topshirdi va 1961 yilda unga patent berildi. Shu va undan keyingi patentlar dastlabki sanoat robotning konstruksiyasi asosini tashkil qildi.


Boshqa muxandis olim Djordj Engelberg bilan birgalikda Devol “Yunimeyshn” (Unimation – Universal Automation) firmasiga asos soldi va 1958 yilda firma о‘zining ishlaydigan birinchi «Yunimeyt» nomli robotini ishlab chiqardi.
1960 - yillar boshida AQShda dunyodagi birinchi «Yunimeyshn» firmasining «Yunimeyt» va “Ameriken Meshin end Faundri” firmasining “Versatran” robotlari
ni ishlab chiqarilishi yо‘lga qо‘yildi. Robotlarni odam bilan о‘xshashligi uzoqdan odam qо‘li kо‘rinishiga ega bо‘lgan manipulyator mavjudligi bilan chegaralangan edi. Shu robotlarning ayrimlari xozirgi kungacha korxonalarda ishlab kelmoqda va ularning ishchi resurslari 100 ming soatdan oshib ketdi.
1967 yilda robotlarni Yevropa korxonalarida ishlashi boshlandi: dastlabki “Yunimeyt” roboti Shvetsiyada metallurgiya korxonasiga о‘rnatildi. О‘sha yili о‘zida robotlashish asriga Yaponiya ham kirib keldi: “Versatran” roboti xarid etildi va korxonalarga о‘rnatildi. Keyinchalik Yaponiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va boshqa rivojlangan davlatlari о‘zlari ishlab chiqqan robotlarni chiqara boshladilar. 1970-yillar oxiriga kelib Yaponiya robotlarni yillik ishlab chiqarish xajmi hamda korxonalarga о‘rnatilgan robotlar soni bо‘yicha dunyoda birinchi о‘ringa chiqib oldi.
Robototexnika xalqaro federatsiyasi ma’lumotlariga kо‘ra 2013 yilda sanoat robotlarini dunyo bо‘yicha sotilishi 178132 donani tashkil etdi (2012 yilga nisbatan о‘sish 12% ga teng bо‘ldi). Sanoat robotlarining eng katta bozori Xitoy bо‘ldi, mamlakat korxonalari jami 36560 dona robotlarni xarid etishdi. Keyingi о‘rinlarni Yaponiya (25110 dona), AQSH (23700 dona), Koreya Respublikasi (21307 dona), Germaniya (18297 dona) va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlar egalladi. Yangi sanoat robotlarining eng katta qismi (69400 dona) avtomobil sanoati korxonalariga о‘rnatildi, ikkinchi о‘rinni (36200 dona) elektrotexnika va elektron sanoati korxonalari egalladi va uchinchi о‘rin mashinasozlik va metallarga ishlov berish sanoati korxonalariga (16500 dona) mansub bо‘ldi.


Download 48.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling