Mavzu: Rossiya bosqiniga qadar O‟rta Osiyoda arxiv ishi. Reja
Download 496.84 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ish arxivshunoslik
Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti. . Mavzu: Rossiya bosqiniga qadar O‟rta Osiyoda arxiv ishi. Reja. 1. O‟rta Osiyoda arxivlarni paydo bo‟lishi. 2. IX-XIV asr boshlarida arxiv ishi. 3. Amir Temur va temuriylar davrida arxiv ishi. 4. O‟rta Osiyo xonliklar davrida arxiv ishi. 5. Xulosa. O‟rta Osiyo hududida ilk arxivlar yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‟lgan. Bu arxivlarga Nisodagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal‟a arxivi, Mug‟ qal‟asi xarobalaridan topilgan arxivlar kiradi. Yozuv ilk sivilizatsiyaning asosiy belgisi hisoblanadi. O‟rta Osiyoda ham arab yozuvi kirib kelgunicha oromiy yozuvi asosida paydo bo‟lgan qadimgi baqtriya, xorazmiy, sog‟diy yozuvlaridan foydalanib kelinganligi arxeologik topilmalarda o‟z isbotini topmoqda. O‟rta Osiyoda oromiy yozuvining eng qadimgi namunasi milloddan avvalgi V-IV asr oid spool idish xum sirtiga bitilgan. Bu yozuv arxeolog olim M.Mambetullaev tomonidan Katta Oybuyirqal‟a shahrini o‟rganish davomida topilgan. O‟rta Osiyoda oromiy yozuvi namunasida vujudga kelgan yozuvlardan biri baqtriya yozuvidir. Baqtriya yozuv va tilining tarixi tilshunoslik va sharqshunoslik fanlariga kiritilishi bevosita mashhur olim V.Xenning nomi bilan bog‟liq. 1957-yilda shimoliy Afg‟onistoning Bog‟lon hududidagi Surxko‟tal deb nomlangan Kushon podshohlari sharafiga bitilgan mahobatli xatning topilishi fanda baqtriya yozuvini o‟rganilish tarixini boshlab bergan. O‟zbekisaton hududidagi dastlabki baqtriya yozuvi 1962-yilda arxeolog B.Ya.Stavskiy rahbarligida Eski Termizning Qoratepa manzilgohidan topilgan. Eng qadimgi baqtriya yozuvlari qayd etilgan yodgorliklar tarkibiga Mirzaqultepa, Fayoztepa, Kampirtepa, Qoratepa, Ayritom, Zartepa, Dalvarzintepa, Xotinrabot, Xayitobodtepalar kiradi. Bu arxiv hujjatlari devorga, toshga, qayin po‟stlog‟iga, sopolga, yog‟ochga, haykallarga va boshqa narsalarga yozilgan. O‟rta Osiyoda mavjud bo‟lgan qadimgi yozuvlardan yana biri xorazm yozuvidir. Xorazm hududlari (quyi Amudaryo havzasi)da 1937-yildan boshlangan arxeologik qazishmalar davomida ko‟plab moddiy manaviyat yodgorliklari topilgan bo‟lsada biroq xorazm tili va yozuvini o‟zida aks ettiruvchi topilmalar milloddan avvalgi I mingyillikning o‟rtalarigacha bo‟lgan madaniy qatlamlarda hanuzgacha arxeologlar tomonidan qayd qilinmagan. Qadimgi Xorazm yozuvi yodgorliklari bizning davrimizga qadar numizmatik materiallarda qadimgi xo‟jalik buyumlarida saqlanib kelgan. Shunungdek arxeologik izlanishlar jarayonida Tuproqqal‟a, To‟qqala‟a va Misdaxkon shaharqal‟alaridan ham juda ko‟plab yozuv namunalari topilgan Sug‟d yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan harf tovush yozuvi bo‟lib, hozirgi O‟zbekiston va qisman Tojikiston yerlarida joylashgan Sog‟diyonada qo‟llanilgan. Sug‟d yozuvining milodiy asr boshlariga oid eng qadimgi namunasi Samarqand yaqinidagi Taliborzu tepaligidan topilgan. O‟rta Osiyo xalqlari to‟g‟risidagi ilk yozma hujjatli malumotlar arxiv hujjatlariga: Nisodagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal‟a arxivi, Mug‟ qal‟asi xarobalaridan topilgan Mug‟ arxivi kiradi. Eski Niso – Ashxabod yaqinidagi Bagir tepaligidan topib o„rganilgan. Janubiy Turkmaniston arxeologik ekspeditsiyasi vakillari Eski Nisodan bir necha oramiy yozuvli sopol bo„laklarini topishgan. Eski Nisodan topilgan Parfiya ish yuritish hujjatlari podshohning sharob saqlanuvchi omborxonasidan topilgan 2700dan ortiq ostrakon (spool taxtacha) lardan iborat bo‟lib, u oromiy alifbosiga asoslangan parfiya tilida yozilgan. Bu hujjatlar milloddan avvalgi I asr va milodiy II – III asrlarni o‟z ichiga oladi. Bu hujjatlar bizga Parfiya podsholigini ma‟muriy huquqiy tuzilishi, boshqaruv tizimi, ijtimoiy qatlami tog‟risida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 1945-1950 – yillarda S.P.Tolstov tomonidan Qoraqalpog‟istonnig Ellikqal‟a tumanida joylashgan Tuproqqal‟a xarobalaridan Xorazm hujjatlari bo‟lgan ulkan arxivni topdi. Bu arxiv joy nomi bilan Tuproqqal‟a arxivi deb yuritiladi. Hujjatlardan ma‟lum bo‟ladiki Xorazmda devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari juda yaxshi rivojlangan. Qadimgi Xorazm poytaxti Tuproqqal‟ada podsho qarorgohi bo‟lib xizmat qilgan saroy majmuasini o‟rganish jarayonida III asrga oid Xorazm podsholari arxivi topilgan. Bu arxivda 1947-1949 – yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a‟zolari qadimgi xorazmliklarning teri va yog‟ochga yozilgan 140ta hujjatni topishdi. Shundan 122 tasi teriga yozilgan bo‟lib, ularning ko‟pi chirib ketgan. Hujjatlarning teriga yozilganlaridan 18 tasi taxtaga yozilganlaridan esa 8 tasi yaxshi saqlangan hujjatlarning asosiy qismi ma‟muriy xo‟jalik masalalariga oid bo‟lib, uni A.A.Freyman va boshqa tilshunoslar tekshirib Xorazmning XIII-XIV asrlardagi o‟ziga xos eroniy tiliga o‟xshatishdi. S.P.Talstov vafotidan so‟ng 1965-yilda E.Nerezkin rahbarligidagi ekspeditsiya shahar mavzelarida qazish ishlarini qayta boshlagan. 1984-yilda 1945-1950-hamda 1965-1972-yillarda Tuproqqal‟adagi arxeologik tadqiqot ishlari natijalari sifatida “Топраккала Дворец” kitobi nashr qilinadi. Sug‟d yozuvi milloddan avvalgi III-II asrda shakllangan bo‟lib, bu yozuv o‟lkamiz madaniyati tarixida muhim ro‟l o‟ynaydi. Sug‟d yozuvi orqali bizgacha eramiz boshlaridan to X-XI asrlarga qadar yozilgan ko‟plab yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida turli davr va hududlarga oid ko‟plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari), metal, spool, yog‟och, charm, qog‟oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, diniy, axloqiy-falsafiy matnlarning parchalari, xo‟jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar bor. Ana shunday yodgorliklarning katta guruhi 1932- 1933 yillarda Tojikistonning Panjikent shahri yaqinidagi Mug„ tog„i tepasidagi qadimgi qasr xarobasidan topilgan sug„d hujjatlaridir. Keyinchalik “Mug„ arxivi hujjatlari” deb atalgan bu manbaning topilishi VII asr oxiri - VIII asr birinchi choragi Markaziy Osiyo mintaqasida ro„y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar masalasiga bir qadar oydinlik kiritdi. Yillar davomida o„rganilib kelinayotgan mazkur arxiv hujjatlari sobiq sovet va hozirgi o„zbek sug„dshunosligi taraqqiyoti uchun muhim rol o„ynadi. Xususan, XX asr ikkinchi choragidan boshlab sobiq Ittifoqda sug„dshunoslikning fan sohasi sifatida rivojlanishida Mug„ arxivi hujjatlarini katta o„rni bor. Sovet davri tadqiqotchilari hujjatlarni o„rganish ishiga salmoqli ulush qo„shdilar. Dastlab hujjatlar ekspeditsiya rahbari A.A. Freyman tomonidan moddiy ashyo sifatida izchil o„rganildi. Aniqlanishicha, bu hujjatlar teri, qog„oz va yog„och parchalariga yozilgan bo„lib, shaxsiy va diplomatik xatlar, bitimlar, taqvimlar, xo„jalik va hisob qaytlaridan iborat bo„lgan. Ulardan ikkitasi arabcha, uchtasi xitoycha va bittasi runiy yozuvida bitilgan. Qolganlari esa sug„diy til va yozuvida bo„lib, barcha hujjatlar. Panch viloyati va uning markazi Panjikent shahri hokimi Devashtich saroyida saqlangan, ya‟ni saroy devonxonasining arxivi hisoblangan. A.A. Freyman o„z ekspeditsiyasi aniqlagan 74 ta hujjatning barchasini tavsifladi, yirik va ahamiyatlilarini esa tarjima qilib, ularning ayrimlariga sharhlar berdi. Avvaliga, ya‟ni 1934 yildan “Согдийский сборник” da nashr etila boshlangan ma‟lumotlar, so„ngra 1962 yilda yaxlit to„plam holida nashrdan chiqdi. Ayni vaqtda arabshunos mutaxassis I.Yu. Krachkovkiy Mug„ arxividagi ayrim arab tilli hujjatlarning tarjimasini va talqinini e‟lon qildi. Mug„ arxivi hujjatlarining katta kompleksi - yuridik hujjatlar va maktublar yirik sug„dshunos olim V.A. Livshits tomonidan ilmiy jihatdan chuqur o„rganilib, lingvistik va tarixiy izohlari bilan nashr etildi. Mug„ tog„i sug‟d hujjatlarining foto nusxalari Rossiya FA Sharqshunoslik Instituti Leningrad bo„limida saqlanmoqda. Rasmlar alohida albom holatida, “Eroniy tillar yozuvlari korpusi” (“Corpus inscrip- torum iranicarum”) seriyasida nashr qilingan. Mug„ tog„i sug„d hujjatlari taxminan 20 xil husnixatda yozilganligi aniqlangan. Mug„ tog„i Sug„d hujjatlari M.N.Bogolyubov, V.A.Livshits, O.I.Smirnova, M.Is‟hoqovlar tomonidan o„rganilgan. Hujjatchilik an‟anasi o„rta asrlarda yanada takomillashib borgan. Mahkamalarda ish yuritish bilan bog„liq ishlar qonuniy tus ola boshlagan. Hujjatlarni saqlashga alohida e‟tibor berila boshlangan. Ayniqsa, vaqf mulklari bilan bog„liq vaqfnomalarni yozish va uni saqlash an‟anasi rivojlanib borgan. Afsuski, somoniylar, o„rta asrlar davlat mahkamachiligi bilan bog„liq arxiv hujjatlari bugungi kungacha hali aniqlangani yo„q. Ammo mulklarni vaqfga o„tkazish bilan bog„liq hujjatlarning ko`p qismi bizgacha yetib kelgan. Vaqf mulklari rasmiylashtirilgan hujjat vaqfnoma deb atalgan hamda qozining muhrlari bilan bu hujjat qonuniylashtirilgan. Vaqf hujjatlarida mulklarni biror tashkilotga xayriya qilishgina emas, balki tarixiy jarayonlar, ijtimoiyiqtisodiy hayot, somoniylarning kelib chiqishi, somoniylar tarixi kabi masalalar ham o„z ifodasini topgan. Ismoil Somoniy vaqfnomasi Markaziy Osiyoda o„rta asrlarda huquqiy hujjat yuritish ishlari qay tartibda amalga oshirilganligini bilish uchun ham asos bo„ladi.Vaqfnoma asosan Ollohga hamd va payg„ambar Muhammad (s.a.v) salovat so„zlari bilan boshlanadi. Shundan so„ng vaqf ta‟sis etilishi sabablari bayon etiladi; vaqfdan keladigan daromad kimlarga va qanchadan taqsimlanishi bildiriladi. Vaqfnomada vaqf yeri kim uchun yoki qaysi muassasa foydasiga joriy etilayotgani aytiladi. Vaqf yeri chegaralari, uning qaysi yerlar bilan chegaradosh ekanligi ham hujjatda qayd etiladi. Vaqf hujjatlarini dastlab 1950- yilda taniqli sharqshunos olima O.D. Chexovich ilmiy muomalaga olib kirgan. 1951-yilda u O„zRFA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 527 “a” raqamli hujjat bo„yicha maqola e‟lon qiladi. O„zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan hujjat bir-biriga yopishtirilgan 8 ta qog„oz bo„laklarining o„ramidan iborat, uning uzunligi 6 m 60 sm, eni 19-20 sm, bu hujjatda Ismoil Somoniy o„z avlodlariga vaqf qilib qoldirgan Buxoro viloyati atrofidagi qishloqlar hamda somoniylar sulolasining shajaraviy tarixi haqida so„z yuritiladi. Hujjatda Ismoil Somoniy vaqf yerlari birma-bir sanab keltirish bilan kifoyalangan. Bundan tashqari ko„pgina manbalardan bizga malumki, toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g„aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona- arxivlari mavjud bo„lgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o„nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Ularda ko„p minglab Arastu, Aflotun, Iqlidus, Batlimus, Suqrot, Arximedlarning nodir qo„lyozmalari, shuningdek, qadimgi hind, pahlaviy, yunon, arab, fors va turkiy tillarda yozilgan olim, mutafakkirlar asarlarining asl nusxalari, tarjimalari saqlangan. Kutubxonalar shaxsiy, vaqf (masjid va madrasalarda) va saroyda tashkil etilgan. Ularning ko„pchiligida kitoblar o„z sohalari bo„yicha kataloglashtirilgan, tartibga solingan, maxsus va malakali xodimlar biriktirilgan. Shuningdek, kutubxonalar farroshlar, qorovullar va boshqa xodimlarga ega bo„lib, to„la moliyaviy ta‟minlangan. O„rta Osiyo kutubxonalari Hindiston, Eron, Istambul, Qohira shaharlarida Sharq tili va uslublarida bitilgan, shuningdek, O„rta Osiyoning yirik shaharlarida yashab ijod etgan adib va xottotlar tomonidan tayyorlangan kitoblar hisobiga kengayib, boyib bordi. Mo„g„ullar istilosiga qadar (XI - XII aslar) Marvda saqlangan Saljuqiylar va Gurgunchdagi Xorazmshoxlar kutubxonalari juda mashxur bo„lgan. O„rta Osiyo Amir Temur davriga kelib iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy tomondan rivojlana boshlaydi. Bu davrga kelib ko„plab kalligraflar, rassomlar, san‟at ustalari, xattotlar etishib chiqdi, kitobchilik sohasida yangi burulish yuz berdi. Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo„lgan. Ayniqsa Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko„pgina nodir qo„lyozma asarlarini Movarounnahrga olib keldi. Amir Temurning o„g„li Shoxruh hukumronligi vaqtida Hirotda kutubxona tashkilib qilinib, unda qirqqa yaqin yetuk rassom, kalligraf va muqavasoz ustalar ishlagani, XV asrning ikkinchi yarmida Hirot yirik ilmiy va madaniy markaz bo„lganligini, ajoyib saroy kutubxonasi o„ziga xos ilmiy muassasaga aylanganligini, kitoblar kalligraflar yordamida ko„chirilganligi va bezaklar berilganligi haqida keltirib o„tadi. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi o„zbek davlatchiligi taraqqiyotida alohida o„rin egallaydi.Bu davrda davlat boshqaruvi tizimi va ish yuritish jarayoniga ham katta e‟tibor qaratilgan. O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan hujjatlar to„plamini arxiv ishi yuritilishining bir ko„rinishi deyish mumkin. Masalan Amir Temur va temuriy hukmdorlarning qo„shni davlat hukmdorlari bilan yozishmalari jamlanib to„plam holiga keltirilgan va u “Maktuboti Temuriya” deb nomlanadi.“Maktuboti Temuriya” hozirgi kunda mazkur institut qo„lyozmalar fondida 2278 raqam ostida saqlanayotgan maktublar majmuasining nomidir. Majmua 191 varaqdan iborat bo„lib, XVI asrda kitobat qilingan. Amir Temur va temuriylar davrida hujjatchilik va ish yuritish tizimiga oid yana bir hujjatlar. O„zbekiston Respublikasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti (hozirgi Sharq qo„lyozmalari markazi) olimlari 1992-yilda Yaponiyaning Kioto Universitetining professori Toru Xorikava boshchiligidagi delegatsiyaning O„zbekistonga qilgan safarlarining birida xivalik Aliya Aliakbarovadan 1713 ta asl nusxa Xiva qozilik hujjatlarini sotib olishdi va institutga taqdim etildi. Bu hujjatlar ichida temuriylar davriga oid bo„lganlari ham tadqiqotchilar tomonidan aniqlandi. “Yorliqlar” ichida eng nodir hujjat 1378- yilda Amir Temur tomonidan Xorazmdagi Darxonota mavzesida istiqomat qiluvchi Abu Muslim avlodlariga berilgan imtiyozlar haqidagi “Inoyatnoma” yorlig„idir. Bu hujjatda o„sha avlodga berilgan imtiyozlar haqida farmon berilgan. Yana shunday to„plamlardan biri “Muraqqayi Mir Alisher” yoki “Majmua‟yi murosilot (“Maktublar to„plami”)” bo„lib, u o„z davrining nufuzli ruhoniylari - Abdurahmon Jomiy, xo„ja Ubaydulla Axror, xo‟ja Axrorning o„g„li xo‟ja Muhammad Yaxyo, xo„ja Axrorning safdoshi va kuyovi Mir Abdulavval Nishopuriy va boshqalarning Sulton Abu Said Mirzo, Sulton Husayn Mirzo va Alisher Navoiyga yo„llagan maktublarini o„z ichiga oladi. Mazkur to„plam Alisher Navoiy tomonidan tuzilgani uchun “Muraqqayi Mir Alisher” yoki “Navoiy albomi” nomi bilan ham ataladi. To„plam XIX asrning yirik ziyolilaridan biri Buxoro qozi kaloni Sharifjon Mahdum sadri Ziyo kutubxonasida saqlangan va undan Alisher Navoiy nomidagi Xalq kutubxonasining Sharq qo„lyozmalari bo„limiga va undan keyin 1943-yili O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo„lyozmalar fondiga o„tkazilgan. U 2178 tartib raqami bilan saqlanmoqda. “Maktuboti Allomiy” - “Maktuboti Abulfazl”, “Inshoyi Abul- fazl” (“Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan va (ko„chirilgan) mak- tublar”) deb ham ataladi. Maktublarning asosiy qismi Boburiylar saltanatining atoqli podshohlaridan Jaloliddin Akbar nomidan, bir qismi vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan iborat. To„plam uch qismga bo„lingan. Undan bizga uchdan ikki qismi, ya‟ni ikkita daftar yetib kelgan, xolos. U Allomiyning qarindoshi Abdusamad ibn Afzal Muhammad tomonidan tuzilgan. “Maktuboti Allomiy”da 1586-1596-yillarda Buxoro va Balx xonliklari bilan Boburiylar davlati (Hindiston) o„rtasidagi siyosiy munosabatlar haqida o„ta qimmatli ma‟lumotlarni uchratamiz. “Maktuboti Allomiy” majmuasining yaxshi bir qo„lyozma nusxasi O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo„lyozmalar fondida № 290 raqam bilan saqlanmoqda. Majmua 154 varaqdan iborat. O„rta Osiyo mintaqasida mavjud bo„lgan Qo„qon va Xiva xonliklari va Buxoro amirligida o„ziga xos tarzda ish yuritish, hujjatchilik shu bilan birgalikda arxiv tizimi xususida XX asrning birinchi choragiga qadar aniq ma‟lumotlar yo„q edi. XX asrning 30-yillarida O„rta Osiyo xonliklarida arxivlar bo„lganligi o„z tasdig„ini topdi. Bular Qo„qon va Xiva xonlari, Buxoro amirligi Qo„shbegi arxivlari bo„lib, ularda XVIII- XIX asrga oid hujjatlarning ma‟lum qismi saqlanib qolgan. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi I-126-jamg„armada saqlanayotgan Buxoro amirligiga qarashli bo‟lgan “Qo‟shbegi arxivi” XIX - XX asr boshlarigacha bo‟lgan davrni qamrab oladi va ulardagi ma‟lumotlar, asosan, Buxoro amirligiga oiddir. Qo‟shbegi arxivining mavjudligi Xiva va Qo‟qon xonligi arxivi ochilgunga qadar, “O'rta Osiyo xonliklarida hech qanday arxiv bo‟lmagan” kabi e‟tirozlarga o'rin qoldirmaydi. Bu arxivlarning 1930-yildan keyin ochilishi natijasida, nafaqat Buxoro amirlgida, balki O'rta Osiyo mintaqasida xonliklarda XIX - XX asr boshlaridagi davlatchilik tarixiga oid qimmatli yozma manbalar vujudga keldi.Natijada, ushbu yozma manbalar orqali hujjatlardagi ma‟lumotlarni to'ldirish, ayrim sohalarni qayta ko'rib chiqish imkoniyatlari ham tug'ildi. 1931-yilda Buxoro muzeyi xodimlari tomonidan Ark yerto'lasidan topilgan Qo'shbegi arxivi 1933-yilda Toshkentga - Markaziy davlat arxiviga olib kelingan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ma‟naviy ishlar noziri Musojon Saidjonov tomonidan berilgan ma‟lumotlarga ko'ra Buxoro amirligida ikki turdagi arxiv hujjatlari mavjud bo'lib, ular: 1) amirlik devonxonasi arxiv hujjatlari; 2) Buxoro amirligi qo'shbegisi arxividan iborat bo'lgan. Amirlik devonxonasi arxiv hujjatlarini hukmdorlar o„z qarorgohlarida saqlagan. Masalan, amir Muzaffar ularni Shirbudunda saqlangan bo'lsa, uning o„g„li Abdulahad arxiv hujjatlarini o„zi bilan Karmanadagi qarorgohiga olib ketgan edi. Amir Olimxon davrida esa hujjatlar Buxoro shahriga olib kelingan. 1933- yilda Buxoroda qo„shbegi arxivni guruhlash maqsadida maxsus komissiya tuziladi. Uning tarkibiga Buxoro Davlat muzeyi direktori vazifasini bajaruvchi A.S. Amirov, Buxkomstaris vakili V.A. Shishkin, muzey konsultanti, buxoro Davlat muzeyi ilmiy kengashining kotibi N.E. Shmidt hamda qo‟shbegi arxivini tekshirayotgan M.R. Hakimovlar kirgan. Hujjatlarni tartibga keltirish 1934- yilning 14-mayida yakunlanib, hammasi bo'lib ro'yxatga kiritilgan 77 764 ta hujjat 54 mavzuga va 268 ta bog'lamga ajratilgan. Mazkur qushbegi arxivi hozirda O„zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining tarixiy fondida (№ I-126) saqlanadi. Fondning 2 ta ro„yxati bo„lib, 1- ro„yxatda 2008 ta, 2- ro„yxatda 7437 ta saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. Ushbu arxiv xonlikning ijtimoiy-siyosiy tarixi, iqtisodiyoti va boshqa masalalarni o„rganishda muhim manba ro‟lini o„ynaydi. Lekin bu fond hali yaxshi o„rganilmagan. 1873-yil 29-mayda ruslar Xiva xonligining poytaxti Xiva shahrini bosib olgandan so„ng, xon saroyini talan-taroj qildilar. Moddiy boyliklar bilan bir qatorda qo‟lyozma asarlar va arxiv hujjatlari Turkiston general - gubernatori K.P. Kaufmanning topshirig„iga asosan sharqshunos olim Aleksandr Kun tomonidan Toshkentga olib kelindi. Aleksandr Kun Xiva xoni saroyidan Sharq qo„lyozmalaridan iborat 300 ga yaqin kitob, 129 nomda 140 jild tarixiy asarlar, 20 nafar shoirlarning 30 jildli asarlari, 50 jildli 40 ta huquqiy-diniy asar, bundan tashqari 18 ta Qur‟on va 50 ta darslik kitoblari to„planganini ma‟lum qiladi. Mazkur noyob hujjatlarning bir qismi fon Kaufman tomonidan 1874-yil 28- martda Peterburg Fanlar Akademiyasi Osiyo muzeyi (hozirgi Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi)ga, qolgani esa Peterburgdagi Imperator xalq kutubxonasi (Sankt- Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasi)ga yuborilgan. Xiva xonlari arxivini birinchi bo‟lib, 1936-yili sharqshunos olim P.P.Ivanov tomonidan tasodifan topib olinishi va o‟rganib chiqilishi tarix fani sohasida katta yutuq bo‟ldi. 1948-yilda Xiva arxivining hech kimga ma‟lum bo„lmagan yana bir qancha noyob daftarlari topildi. Bular xalq kutubxonasida P.P.Ivanov tomonidan topilgan kolleksiyani ancha to„ldiradi va uni yanada qimmatliroq qiladi.Shunday qilib, biz umumiy hajmi 333 daftar, 11.000 varaqdan ortiq bo„lgan qimmatli arxivga ega bo„ldik. O„zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi 125-raqam tarix fondi “Xiva xonlari devonxonasi” va “Xiva xonlari arxivi” deb atalgan birinchi va ikkinchi tavsiflari “Iqtisod” va “Qozi vasiqlari” bo„limida, hamda 323-fond birinchi tavsifida saqlanayotgan vaqfnomalarda Xiva madrasalari va ularning iqtisodiy manbalari to„g„risida noyob hujjatlar mavjud.“Xiva xonlari arxivi” fondida “Yasovulboshining vaqf masalalari bo„yicha xon saroyiga chaqirilishi” deb nomlangan hujjatlar jamg„armasi saqlanadi. Mazkur hujjatlarni tadqiq etilishi ikki jihati bilan muhim bo„lib, birinchidan, sud-huquq tizimida yasovulboshi institutining tutgan o„rni, uning funksiyalari haqida, ikkinchidan, vaqf ma‟muriyati faoliyatiga oid qimmatli ma‟lumotlarni beradi. Yasovulboshining davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimida tutgan o„rni masalasi atroflicha o„rganilgan bo„lib, mazkur tadqiqotda asosiy e‟tibor Xiva xonligida vaqf ma‟muriyatining amaliy faoliyatiga qaratiladi. Xiva xonligi arxivi hozirgi kunda O„zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining I-125 fondida saqlanmoqda. 1939-yilda Sankt Peterburgdagi Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat xalq kutubxonasi yerto„lasidan Qo„qon xonlari arxivi hujjatlari topilgan. Bu hujjatlar Qo„qon xonlarining XIX asr tarixiga taalluqli bo„lgan. Mazkur hujjatlar1876-yil noyabr oyida general-gubernator K.P. Kaufman buyrug'i bilan sharqshunos A. Kun tomonidan Peterburg shahridagi Imperator kutubxonasiga jo'natilgan. Arxivdagi hujjatlarning asosiy qismi 1866 - 1875 yillarga oid bo'lib, umumiy hajmi 5026 varaq va 151 daftardan iborat qo'lyozma hujjatlar topilgan. Ularda xonlikning inoyatnomalari - soliqlardan ozod qilish yoki imtiyoz berish; muboraknomalari - xon xizmatchilarini tayinlash, aholini hashar ishlariga jalb qilish va bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy ma‟lumotlar mavjud. Saqlanib qolgan 151 ta daftarda soliq yig'uvchilarning yozuvlari, hisobotlari, xon saroyidagi sarf-xarajatlar va boshqa yozuvlar o„z aksini topgan bo‟lib, xonlikning iqtisodiy tarixini yoritishda muhim manba hisoblanadi. Arxivda yana harbiy ishlar to„g„risida (qo„shin yig„ish, harbiylarni taqdirlash, qurol ishlab chiqarish) ko„pgina hujjatlar mavjud. Hujjatlar orasida Xudoyorxonning xususiy xo„jaligi va xon o„rdasi to„g„risida, qo„rg„oshin buloqlar, neft ishlab chiqarish va undan kerosin tayyorlash, xonning g„isht zavodlari va gugurt ishlab chiqarish to„g„risida materiallar bor.Marg„ilon beki Sulton Murod to„g„risida ham ko„pgina hujjatlar saqlangan. Masalan, uning xo„jaligi, uning qasri va qasrni qurish usuli, xizmat qiluvchi odamlari, O„rda aholisi va bekning shaxsiy hayoti. Qo'qon xonlari arxivi ham 1962-yilda 3800 yig'majild tartibida mamlakatimizga olib kelingan va hozirda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanmoqda. Arxiv hujjatlarining mikrofilmlari Leningradda M.E.Saltikov-Shedrin nomli davlat kutubxonasida va SSSR FA Osiyo xalqlari instituti qo„lyozmalar fondida saqlanmoqda. Xulosa o`rnida shuni takidlash joizki bizning boy va qadimiy tariximiz hozirgi kundagi eng rivojlangan davlatlar tarixidan ham qadimiyroqdir. Bunday qadimiy tarix juda oz davlatlarda bor. Biz esa bu tariximizni chuqurroq o`rganishimiz uni xalqimizga yekazib berishimiz kerak. Hozirgi kunda chet el muzeylarida saqlanayotgan tarixiy boyligimiz bo`lgan qo`lyozmalar, tarixiy hujjatlarni va boshqa tarixiy yodgorliklarimizni yurtimizga qaytarishimiz kerak. O`rganilmagan hujjatlarni o`rganishimiz va tariximizni o`zimiz yozishimiz lozim. Bunda bizga hozirga qadar saqlanib qolgan hujjatlar katta yordam beradi. Tarixiy hujjatlardan o`sha davrdagi ijtimoiy siyosiy madaniy va manaviy hayot o`sha davr insonlarining turmushi yashash tarzi va shu kabi boshqa ko`plab savollarga javob topamiz. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Oybek Rashidov – O`zbekistonda arxiv ishi tarixi. Toshkent-2019 2. Is„hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, Alimova Rahima Riskulovna – Arxivshunoslik.( O`quv qo`llanma ) Toshkent-2017 Download 496.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling