Mavzu Rux bn qoplangan qalay bn oqartirilgan temirning korroziyasi, suvdagi eritmalarini elektroliz qilish


Download 19.75 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi19.75 Kb.
#1747861
Bog'liq
Mavzu Rux bn qoplangan qalay bn oqartirilgan temirning korroziyasi

Mavzu Rux bn qoplangan qalay bn oqartirilgan temirning korroziyasi, suvdagi eritmalarini elektroliz qilish. Akumlyatrlar


NAZARIY QISM
Metallar karroziyasi – metallarning atrofdagi muxit biian kimyoviy yoki elektrokimyoviy ta’sirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat; reaksiyaga kirishuvchi moddalarninng fazalar chegarisi- reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya mahsulotlarining reaksiya chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, o’z navbatida, elemtar bosqichlardan iborat; Metallar karroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga bo’linadi. Kimyoviy metallar karroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday karroziya elektr o’tkazmaydigan agressiv muhitda sodir bo’ladi. Elektrokimyoviy metallar karroziyasi metallarning elektr toki o’tkazadigan suyuq muhitda – elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metal zarralari elektrolit eritmasidan eritmaga o’tadi.
Metallarning karroziyasi yemirilish harakteriga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi, tekis , mahalliy, kristallitlararo, korrozion. Korroziya natijasida har yili va inson ishlatadigan barcha metallarning 1-1,5 foizni yo’qoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun ba’zi tadbirlar ko’riladi. Masalan; legirlovchi elementlar; xrom,nikel,rux va boshqalar qo’shiladi.
Xalq xo’jaligada elektrokimyoviy himoya usullari suvli muhitdagi yoki tuproqdagi metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Metallar va metal konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashni quyidagi usullari keng qo’llaniladi.
Himoya qoplam hosil qilish.
Korrozion muhitning faolligini kamaytirish.
Metallarning xossalarini o’zgartirish.
Elektrokimyoviy himoyalash.
Kimyoviy barqaror materiallardan foydalanish.
Metallar xalq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazgani uchun metallarning korroziyadan saqlash muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun yuqoorida ko’rsatilgan usullardan eng muhimlarning ko’rib chiqamiz.
Himoya qavatlar. Metall sirtiga uni korroziyadan saqlash uchun metall bo’lmagan qoplamalar; lok-buyoq, emallar, smolalar, plastmassalar, oksidlar, tuzlar va boshqalar qoplanadi.
Fosfatlash – qora va rangli metallar sirtiga fosfat qoplamalar olish usullaridir. Bu usul metallarning fosfat kislota va uning tuzlari eritmalari bilan ta’sirlashib, metallar sirtiga suvda erimaydigan fosfat tuzlaridan iborat qoplamalar hosil qilishiga asoslangan. Fosfat qoplamalar olish uchun ishlatiladigan moddalar anod ingibitorlari qatoriga kiradi. Fosfat qoplamalarning elektroizolatsion xossalari yaxshi bo’lganligi sababli ulardan elektromashinalar qismlarini tayyorlashda, elektrotexnik va boshqa po’latlar sirtida elektroizolatsion qavat hosil qilishda foydalaniladi.
Har qanday o’lcham va shakldagi buyumlarni fosfatlash mumkin, bunda harorat darajasi turlicha bo’lgan buyumlarni fosfatlovchi eritmalar ishlatiladi, fosfatlash uchun ketgan vaqt esa qisqa bo’ladi. Metall buyumlarni bo’yashdan oldin fosfatlash bo’yoqlarning oldin fosfatlash bo’yoqlarning po’lat bn mustahkam birikishi hamda sirtning turli nuqsonlarida korrozion yemirilishlarning kam bo’lishini ta’minlaydi.
Fosfat qoplama hosil bo’lishi vodorod chiqishi bn boradi. Temir atomlari bosqichma- bosqich kislata tarkibidagi vodorod atomlari o’rnini oladi.
2H3PO4 + Fe = Fe(H2PO4)2 + H2
Fe(H2PO4)2 + Fe = 2FeHPO4 + H2
2FePO4 + Fe = Fe3(PO4)2 + H2
Ko’pincha metallar korroziyaga ancha chidamli boshqa metallar (nikel, xrom,alyuminiy,oltin,kumush) bn ham qoplanishi mumkin. Agar qoplama yemirilsa, ya’ni metall sirtining bir qismi ochilib qolsa, himoya qilinuvchi metall agressiv muhitga, tushib, galvanic element hosil bo’ladi va metall korroziya boshlaydi. Agar qoplama metal himoya qilinuvchi metalldan faolroq, masalan, temir ustiga rux qoplangan bo’lsa, qoplangan metal (rux) anod bo’ladi va bunda qoplama anodqoplama deyiladi. Himoya qilinayotgan metall (temir) katod bo’ladi va u qoplangan ruxning xammasi sarflanib bo’lmaguncha buzilmaydi. Himoya qiluvchi metallga qaraganda faolligi kamroq bo’lgan metallar katod qoplama hosil qiladi. Bordiyu katod qoplama buzilsa, himoya qilinuvchi metall juda tez korroziyalanadi.
Laboratoriya mashg’uloti
Ishning maqsadi: Elektroliz hodisasi bn tanishish va ularni amalda bajarish.
Kerakli asbob va jihozlar: o’zgarmas tok manbai, probirkalar, elektrod, silindr idish va boshqalar kk bo’ladi.
Elektrolitdan elektr toki o’tganda elektrolit tarkibidagi moddalarni elektrodlardan ajralib chiqish jarayoni elektroliz deb ataladi.
Faradeyning birinchi qonuniga ko’ra elektrolitdan chiqqan moddaning m massasi I tok kuchiga va tokning o’tish vaqtiga to’g’ri proparsionaldir.
m=qA/t
Elektroliz (elektro…. Va .. liz) – qizdirib suyuqlantirilgan elektrolit yoki uning suvdagi eritmasi orqali o’zgarmas elektr toki o’tganida elektrodlarda sodir bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. Elektrolizning mohiyati kimyoviy reaksiyani elektr energiyasi hisobiga amalga oshirishdan iborat.
Kislorodli kislatalar va ularning tuzlari eritmalari elektroliz qilinganda anoda OH- ionlari oksidlanadi va kislorod ajralib chiqadi.
4OH- - 4e- = 2H2O + O2
CuSO4 Eritmasing elektrolizi:
CuSO4 + H2O = Cu2+ + SO42- + H2O (H+ + OH-)
Katodda Cu2+ + 2e- = Cu0
Anodda 2OH- - 2e- = H2O + O0
Eritmada 2H+ + SO42-, Ya’ni H2SO4 Qoladi.
Nazorat savollari:

  1. Bir xil massada o’lchangan va biri kumushdan, qolganlari noma’lum metallardan yasalgan 3 ta kulometrlardan 4 A tok 965 sek davomida o’tkazildi. Buning natijasida 2-kulometr katodning massasi 1 siga nisbatan 3,02 g, 3-kulonometr katodning massasi 1 siga nisbatan 2,08 g kamayganini aniqlandi. Noma’lum metallarni toping?

A)Cu,Cd B)Zn,Fe C)Zn,Cd D)Cu,Fe
2) 50% Sulfat kislata eritmasi tok o’tkazmasligini taminlash uchun 5 A 26,8 soat davomida elektroliz qilindi. Dastlabki eritma massasini toping?
A)135 B)45 C)90 D)180
3) 18g suv to’liq parchalanishi uchun 2 A tok bn necha sekund davomida elektroliz qilish lozim?
A)96500 B)193000 C)48250 D)386000
4) Kaliy nitrat eritmasidan 2 F tok o’tkazilganda, anodda necha gram modda ajraladi?
A)16 B)71 C)32 D)35,5
5) CuSO4 Eritmasi orqali 19300 kulon elektr miqdori o’tkazilganda, katodda qancha g mis ajralib chiqadi?
A)3,2 B)6,4 C)16 D)9,6
Savol va topshiriqlar:
1)Elektrokimyoviy korroziya nima?
2)Natriy yodid suyuqlanmasi elektroliz qilinganda elektrodlarda boradigan jarayonni izohlang?
3)Katodda ro’y beradigan jarayon?
Bajardi:Norqulov.F
Download 19.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling