Mavzu: Sabzavot va ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
Download 92.32 Kb.
|
Sabzavot va ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
Mavzu: Sabzavot va ekinlarni yetishtirish texnologiyasiReja:
Sabzavotchilik 1) dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. S. dehqonchilikning boshqa tarmoklaridan kup jihatdan farq qiladi, jumladan, S.da ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Dala va himoya langan yerdagi (qarang Parnik, Issiqxona ekinlari) Ska boʻlinadi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda (bahoryoz va kuz davrlarida) sabzavot hamda urugʻ, yopiq yerlarda (mavsumdan qatʼi nazar) sabzavot olish uchun yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun (mas, issiqxonalarda) jami omillar sunʼiy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. S.da yetishtiriladigan ekinlar turining koʻpligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. Oʻzbekistonda 70 ga yaqin turdagi S. ekinlari yetishtiriladi va qishloq xoʻjaligida salmokli oʻrinni egallaydi. Oʻrta Osiyoda qovunning 2000-yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, kalampir, turp va boshqalarning undan ham ilgari ekilgani maʼlum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi oʻzgarib bordi. Mas, 19-asrning 2-yarmidan Rossiya orkali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va boshqa kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.
Download 92.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling